O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/342
Sana15.01.2022
Hajmi3,66 Mb.
#368132
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   342
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari 
Go’daklar  uyi  yosh  bolalarni  tarbiyalash  tizimida  alohida  o’rin  egallaydi.  Bu 
tarbiyaviy-sog’lomlashtirish  muassasalari  ota-onasi  qaramog’isiz  qolgan  bolalarga  oila 
o’rnini bosishga, ona mehridan judo bo’lgan bolaning normal rivojlanishi uchun barcha 
sharoitlarni yaratishga qaratilgan. 
Hozirgi kunda go’daklar uyining moddiy bazasi ancha kengaydi, ulardagi tarbiyaviy 
ishlar  ham  yaxshilandi.  Tarbiyaning  ilmiy  asoslangan  asosiy  qoidalarining  amalga 
oshirilishi bolalar rivojlanishida ijobiy natijalarga olib kelmoqda. 
Go’daklar  uylarida  bolalar  tarbiyasi  tizimining  effektivligini  belgilab  beruvchi 
asosiy  omil  tarbiyachilarning  insoniyligi,  o’z  ishiga  mas’uliyat  bilan  yondashishi 
hisoblanadi.  Har  bir  tarbiyalanuvchiga  mehr  bilan  munosabatda  bo’lish  bolalar  sog’ligi 
va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan asosiy shartdir. 
Go’daklar  uyi  tarbiyachisi  nafaqat  tibbiy  va  pedagogik  ma’lumotli  bo’lishi,  balki 
yuqori axloq, madaniyatga ega bo’lishi, bolalarni sevishi lozim. 
Bolalar  uylarida  bolalarning  tarbiyalanishi  va  rivojlanishi  uchun  sharoitlar 
yaratishda  bolalarning  yoshini  emas,  uning  sog’ligi,  holati  va  yetishgan  rivojlanish 
darajasini inobatga olish kerak.  
Bolalarning  bir  qismi  tarbiya  jarayoniga  yoshiga  qarab  qurilishi  mumkin,  biroq 
aksariyat tarbiyalanuvchilar o’zlaridan ancha kichik yoshli bolalarga mos keluvchi ta’lim 
tarbiyaga  ehtiyoj  seziladi.  Odatda  go’daklar  uyiga    ijtimoiy  noxush  oilalardan 
kuchsizlangan  go’daklar  kelib  tushishadi,  ularning  ba’zilari  esa  bundan  oldin  uzoq  vaqt 
shifoxonada ham davolanishgan. Ularga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Go’daklar  uyining  spetsifik  xususiyatlari  bola  organizmi  rivojlanishiga  ta’sir 
ko’rsatadigan  o’z  salbiy  jihatlariga  ham  ega.  Odatda  tarbiyachining  har  tomonlama 
rivojlanishini  ta’minlash  qiyin  bo’ladi.  Biroq  bu  go’daklar  uyining  asosiy  maqsadi 
hisoblanadi.  Tarbiyachi  va    ijtimoiy  pedagog  noxush  omillarning  bolaga  ta’sirini 
susaytirishi, bola hayotini taassurotlar bilan boyitishi lozim. 
Go’daklar  uyining  asosiy  vazifasi  bolalarning  to’liq  jismoniy  va  ruhiy 
rivojlanishlarini  ta’minlashi,  ularni  jamiyat  hayotiga  tayyorlash,  ularning  ijtimoiy 
adaptatsiyalarini yengillashtirishdir. 
Go’daklar  uyida  pedagogik  ishni  tashkil  qilayotganda  yosh  bolalarning  asab-ruhiy 
rivojlanishlari qonuniyatlariga tayanish, ularning quyidagi xususiyatlari: jadallik, bolalar 
organizmining past qarshilik ko’rsatish darajasi, jismoniy va ruhiy rivojlanishning yaqin 
o’zaro  munosabati,  bolalarda  kattalar  bilan  muomala  qilishga,  ijobiy  emotsiyalarga, 
harakat  faolligiga,  yangi  taassurotlarga  katta  ehtiyoj  borligi  kabilarni  inobatga  olish 
lozim. 


 
236 
Go’daklar  uyida  bolalar  sog’ligini  saqlashga,  xususan  ularning  asab  tizimlarini 
asrashga  katta  e’tibor  beriladi.  Bu  esa  harakat,  nutq,  xotira,  diqqat,  tafakkur,  tasviriy 
faoliyat,  estetik  va  axloqiy  rivojlanish  asosi  hisoblanadi.  Go’dak  hayotining  ilk  3  yili 
ichida kerakli ko’nikmalarni egallay olmasa keyinchalik buni o’rnini to’ydirishning iloji 
bo’lmaydi. SHuning uchun go’daklar uyining vazifasi bolaga hayotining ilk oylaridanoq 
rivojlanishdan ortda qolishga imkon bermaslik. 
Go’daklar  uyida  tarbiyalanayotgan  bolalar  kontingenti  bir  qator  xususiyatlari  bilan 
ajralib turishadi.  ijtimoiy noxush oilalardan kelib tushgan aksar bolalar noxush  ijtimoiy 
va biologik analizga egalar. Agar xizmat ko’rsatuvchi shaxslar bola qichqirig’iga vaqtida 
javob bermasalar bolada shaxsiy-emotsional muomala aloqasi o’z vaqtida shakllanmaydi. 
Natijada  hayotining  ilk  yilidayoq  uning  yurish-turishida  ikki  nuqson  paydo  bo’lishi 
mumkin. Birinchisi, bola passiv, harakat va emotsional faolligi past, bu esa salbiy odatlar 
(bammoq so’rish, boshini qimirlatib o’tirish)ning paydo bo’lishiga olib keladi.  
Ikkinchisi,  notinch  uyqu,  sababsiz  yig’i,  boshqa  bolalarga  agressiv  munosabat  va 
buning natijasi yurish-turishida salbiy streotiplar paydo bo’lishidir. 
Bu  nuqsonlari  bor  bolalarda  kattalar  bilan  kam  muomalada  bo’lish  nutq  rivojining 
ortda qolishiga sabab bo’ladi. Hayotning ilk yilida oliy nerv sistemasining shakllanishiga 
yetarli  e’tibor  bermaslik  bu  tizimning  rivojiga  keyinchalik  ham  o’z  ta’sirini  ko’rsatadi. 
Hayotining  ikkinchi  yilida  bolaning  anglash  faolligi  susayadi,  bola  xonada  maqsadsiz 
harakatlanadi,  yangi  odamlardan  qo’rqadi  yoki  aksincha  ular  bilan  ortiqcha  jismoniy 
aloqaga intiladi. Nutq rivojlanishi ortda qolaveradi, salbiy odatlar ham saqlanib qoladi. 
Hayotining  uchinchi  yilida  bolada  mavhum  anglashning  ilk  belgilari  namoyon 
bo’lishi  lozim:  bola  o’zini  shaxs  sifatida  ajrata  boshlaydi,  uning  nutqi  muomala 
vositasiga  aylanishi  mumkin  va  boshqa  go’daklar  uyida  tarbiyalanayotgan  bolalarda  bu 
borada  ortda  qolish  kuzatilishi  mumkin.asabiy  namoyon  bo’lishlar  kuchayadi  (bolaga 
biror  narsa  rad  etilganda  yig’i  bilan  o’zini  polga  tashlashi  mumkin),  boshqa  bolalarga, 
ba’zan  kattalarga  nisbatan  agressivlik  kuchayadi.  Bular  mikro  ijtimoiy  muhit 
xususiyatlari va sog’liq holati kabi ob’ektiv sabablarning natijasidir. Bunda kattalar bilan 
muomala qilishning yetishmasligi va ijobiy emotsiyalarning kamligi asosiy o’rin tutishini 
inobatga olib, bularning o’rnini bolaga tarbiyaviy ta’sir orqali to’ldirishga harakat qilish 
lozim.  ijtimoiy pedagog oliy nerv faoliyatining rivojlanishini xarakterlaydigan normativ 
ko’rsatkichlardan kelib chiqishi kerak. 

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   342




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish