Ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida qo`llaniladigan metodlar.
Ma'lumki, metod-bu grekcha so`z bo`lib, ma'lum masalalarni hal etishga
qaratilgan yo`l degan ma'noni anglatadi.
Ijtimoiy pedagogikada metod (methodos)-bu shaxsning ijtimoiylashuviga va
ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya ishlarini olib borishga, pozitiv ijtimoiy tajribalarni
o`zlashtirishga qaratilgan bola qamda ijtimoiy pedagogning hamkorlik faoliyatidir.
Ijtimoiy pedagog tomonidan qo`llaniladigan asosiy metodlar quyidagicha tasnif
etiladi:
1.Ijtimoiy ish metodlari. Bunga ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu, monitoring,
sotsiologik savol-javob ishlari, ekspertizadan o`tkazish va h.k.), ijtimoiy reabilitatsiya
metodlari (mehnat terapiyasi, guruhli terapiya va h.k) kiradi.
2.Psixologik metodlar. Bularga psixodiagnostika (intellekt va qobiliyatlarni
aniqlovchi testlar, savol-javoblar, loyiqa testlari, sotsiometriya), psixokorrektsiyalar
(psixogimnastika treninglar, psixologik konsultatsiyalar berish) kiradi.
3.Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta'lim-tarbiya berish
metodlari)
4.Ijtimoiy pedagogik metodlar (ijtimoiy tarbiya, ta'sir ko`rsatish, ijtimoiy
pedagogik hamkorlik qilish va h.k)
Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- bola
ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba
to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati
bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haaqida gapirish hali erta. Ular hozir
shakllanish bosqichidalar. SHuning uchun ijtimoiypedagog o’z amaliy faoliyatida
pedagogika, psixalogiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan metodlardan foydalanadi.
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari
qo’llaniladi. usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy,
bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan,
nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiyp edagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga,
bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq.vosita usul va metoddan ko’ra kengroq
tushuncha hisoblanadi. CHunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita
vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar-ijtimoiypedagog tomonidan oldiga qo’yilgan
maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar
majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina
biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o’yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va
boshqalar)ga yetishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga
mos qilib tasniflashadi:
-ishontirish
-talab qilish
-hikoya
207
-suhbat va bahs
-jazolash va maqtash
Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalr tasnifi quyidagi
ko’rinishga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |