Birinchi bosqich.
Davlat ijtimoiy standartlar va norma-tivlarni ishlab
chiqadi. Ular aholiga quyidagilarni kafolat-laydi: minimal yashash darajasi, ta’lim,
tibbiy xizmat, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash. Bular ma’lum huquqiy
normalarda mustahkamlanadi.
Ikkinchi bosqich.
Regionlarga aholining ijtimoiy manfaat-larini kafolatlash
uchun resurslar va hokimlik vakolatlari beriladi. Ular mavjud ijtimoiy-iqtisodiy
imkoniyatlardan foydalanib, ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’larni doimo oshirib
boradi, o’z a’zolari yashash sifatini yaxshilaydi, ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga
mablag’ ishlab topish uchun imkoniyat beradi.
Bu ijtimoiy siyosatni regional bosqichda ishlab chiqish zarurligini bildiradi.
Davlat organlari faoliyatini joylardagi o’z-o’ziga egalik bilan birlashtirish
markaz dasturlariga binoan quyidagicha bo’lishi mumkin:
Birichidan, respublika siyosatining umumiy tamoyillari imkoniyatlarning
to’g’ri va bevosita ishtirokida ishlab chiqilishi kerak. Ikkinchidan, umumiy
tamoyillar va chuqurlashtirilgan tadqiqotlar asosida har bir regionda o’zining
rivojlanish kontseptsiyasi tuziladi. Uchinchidan, siyosatning ikki tarmog’i
(regional va respublika) hamkorlik, hamjihatlik mexanizmiga ega bo’ladi.
Masalan, regionning ilmiy-texnik anglanishi respublika loyihasida nafaqat amalga
oshirishning asosiy yo’nalishlarini, balki amalga oshirish mexanizmni ham
ta’minlashi zarur. Bunda qo’yidagilarni hisobga olish kerak:
a) mahaliy hokimiyat organlari siyosat sub’ektlari sifatida loyihani ishlab
chiqishda faol ishtirok etadilar;
51
b) o’z-o’zini moliyalash va o’z-o’zini boshqarishga e’tibor beriladi. Bu
mahalliy organlarga katta ilm bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilishga imkon beradi;
v) regionlarda siyosatni amalga oshirish hususiyati - monopolizmni yo’qotish,
kichik va o’rta korxonalarni rivoj-lantirishga yo’naltirilgan;
g) kichik va o’rta korxonalarga suyangan holda zamonaviy tashkiliy
boshqaruv tuzilmasiga o’tish;
d) og’irlik markazi ilmiy tadqiqotlar, ahborot tizimlarini rivojlantirish, kadrlar
tayyorlashga ko’chadi;
e) paydo bo’layotgan «texnopolislar» dastlab fundamental ilm-fan bilan
aloqada bo’lib, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni tez joriy qilishga
erishadi.
Hukumat va jamoat tuzilmalari regionlarga ijtimoiy siyosatni amalga oshirish
yo’llarini ishlab chiqadi va taqdim etadi. Ular quyidagicha bo’lishi mumkin:
a) muntazam soliq tushumlari bazasini yaratish;
b) mahalliy aholi uchun istiqbolli g’oyalarni olg’a surish;
v) regionni rivojlantirish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etishning
xohlaganlar uchun tanlov shartlarini aniqlash;
g) tezlashtirilgan region rivojlanishi loyihasida ishtirok etish uchun
nomzodlarni tanlab olish tomoyillarini ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan o’rta va kichik firmalarga
maxsus moliyaviy yordam ko’rsatiladi. «Texnopolis»ni rivojlantirishda hamkorlik
qilgan korxonalar, markazlarga mahsus dastur bo’yicha markaziy bank tomonidan
imtiyozli kreditlar beriladi.
Regionning aqliy salohiyatini faol oshirayotgan, ilmiy-texnik va gumanitar
tadqiqotlar markazlarini rivojlanti-rayotgan o’z-o’zini boshqarish mahalliy
organlarini subsidiyalash hukumat tomonidan to’g’ridan-to’g’ri amalga oshiriladi.
«Texnopolislar» ni yaratish bo’yicha tashkiliy ishlar davlat tomonidan
moliyalashtiriladi. Bundan tashqari, mahsus koordi-natsiya markazi tashkil etilib,
unga mahalliy hokimiyat vakillari, hukumat organlari, biznes va ilm-fan vakillari
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |