399
10
-mavzu bo’yicha tarqatma material
№
Ijtimoiy tashkilotlarga quyidagi hususiyatlar xos
1
Har qanday tashkilot o'z maqsadiga ega, chunki u aniq maqsadlarni amalga oshirish uchun
tuziladi va uning faoliyati maqsadga erishganlik darajasi bilan baholanadi. Bunda tashkilot
kishilar xatti-harakatini tartibga solish va birlashtirish vazifasini bajaruvchi vosita
ekanligini anglanadi.
2
Maqsadga erishish uchun tashkilot a'zolari o'ziga xos rol va status (mavqe)lar bo'yicha
taqsimlanishga majburdirlar. Shunga muvofiq, ijtimoiy tashkilot o'zining a'zolari
tomonidan bajarilishi kerak bo'lgan ijtimoiy holat va rollarning murakkab o'zaro
bog’langan tizimini ifodalaydi. Ijtimoiy tashkilot kishiga taqdim qilingan ijtimoiy status va
ijtimoiy rol doirasida, hamda o'sha ijtimoiy tashkilot doirasida qabul qilingan me'yorlar va
qadriyatlar chegarasida o'z ehtiyoj va manfaatlarini qondirishga imkon beradi.
3
Tashkilot mehnat taqsimoti va uni ixtisoslashtirish asosida vujudga keladi. Shuning
uchun ham ijtimoiy tashkilotlarda turli gorizontal strukturalar bo'ladi. Lekin tashkilotning
muhim hususiyatlaridan biri - unda boshqaruvning vertikal (ierarxiyali, ya'ni pillapoya)
shaklda bo'lishidir. Aynan shu erda boshqaruvchilar va boshqariluvchilar harakati yaqqol
ko'zga tashlanadi. Boshqaruvning ierarxiyaga (pillapoya shaklida) asoslanganligi maqsadga
muvofiqlilikni ifoda etadi.
4
Boshqaruv tizimi tashkilot faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish uchun o'ziga xos
vositalarga ega. Bu vositalar orasida intituttsional yoki ichki tashkiliy deb ataladigan
me'yorlar ya'ni ma'lum vakolatlarga ega bo'lgan o'ziga xos institutlarning faoliyati bilan
tuziladigan me'yorlar muhim rol o'ynaydi. Mazkur institutlar me'yoriy talablarni hayotga
joriy qiladi va o'ziga xos ta'siri bilan ularni qo'llab quvvatlaydi. Yuqoridavgi to'rt omil
asosida muayyan tashkilot o'zaro aloqa va harakat munosabatlarni tartibga soladigan
maqsad, aloqa va me'yorlar tizimi sifatida paydo bo'ladi.
400
TASHKILOTLAR
Norasmiy tashkilot
Norasmiy tashkilotlarga
quyidagi klubni misol
qilishimiz mumkin.
Moskvadagi “Matiz”
avtomobili ishqibozlari
klubi uch yoshga to'ldi.
“Matiz-klubi”
qatnashchilarining
uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Mazkur klub norasmiy
tashkilot bo'lib, uning
a'zolari o'zlarining
avtomobil borasidagi
hamfikrlar jamoasining
uch yilligini
nishonlashdi
.
Rasmiy tashkilot
Rossiyalik sotsiolog A.I.
Prigojin, rasmiy tashkilot -
aloqa, status va rollarni
ijtimoiy
rasmiylashtirish
asosida
tashkil
qilish
usulidir, deb izoh beradi.
Rasmiy
tashkilotning
asosida
ixtisoslashtirish
natijasida paydo bo'ladigan
mehnat taqsimoti yotadi.
Mehnat taqsimoti status-
mansablar
tizimi
ko'rinishida
namoyon
bo'ladi. Har qanday status
va
mansablar
ma'lum
vazifalarni
bajarishga
mo'ljallanganki,
natijada
hamma vazifalar tashkilot
a'zolari
o'rtasida
taqsimlanadi.