MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1.
Ijtimoiy tizimning o’z-o’zini tashkil etish jarayonlari
2.
Ijtimoiy menejment muammolarini o’rganishdagi yondashuvlar
3.
Ijtimoiy menejment usullari
4.
Boshqaruv munosabatlari
5.
Ijtimoiy boshqaruv qonunlari
6.
Ijtimoiy menejmentning asosiy qonunlari
7.
Ijtimoiy boshqaruv funktsiyalari
KEYS STADI
1-masala.
Sut sotuvchi mahsulotni ikkita etkazib beruvchidan qabul qiladi. Har ikkisi
ham miqdoran bir xil, lekin sifati 2 xil sut olib kelishdi. Shuning uchun ham
sutning narxlari har xil, qimmat sut 1 litri 1 sh.p.b., arzoni esa 2 litri uchun
shuncha. Shunda sotuvchi ikki sutni ham aralashtirib 3 litrini 2 sh.p.b. dan sotishga
qaror qildi. Barcha sut sotib bo’linganidan so’ng sotuvchi pulni sanasa 50 sh.p.b.
etmadi.Agar sutni aralashtirmasdan sotganida bu pul qancha chiqardi?
Savol: sotuvchi aralashmani sotayotganda har bir sutdan kancha yo’kotdi va
qancha yutdi?
2-masala.
Korxona rahbari xodimlaridan biriga inflyatsiya munosabati bilan oylik
maosh oshirilishi uchun ikki variantni tavsiya etdi.
1-variant: hozirga damdan boshlab yiliga 1200 sh.p.b. bo’lgan maosh yil
bo’yi o’zgarmaydi. Keyingi yildan boshlab maosh 200 sh.p.b. oshib boradi.
2-variant: shu damdan boshlab 1200 sh.p.b.dagi yillik maosh o’zgarmaydi.
Xar yarim yillikning oxirida esa yillik maoshga 50 sh.p.b. teng mikdorda
qo’shimcha pul qo’shiladi.
Savol: variantlardan qaysi biri xodim uchun qo’layroq?
3-masala
Futbol uyinining chiptasi 2000 sum bo’lganida o’yingohga 30 mingta
ishqiboz kelgan. Chipta bahosi 4500 so’mga ko’tarilganda ishqibozlarning soni 5
mingtaga kamaygan. Agarda talab funktsiyasi to’g’ri chiziq bo’lsa, bunda chipta
bahosi 1000 sum bo’lsa, u holda o’yingohga qancha ishkibozlar kelishi mumkin
(ming kishi hisobida)?
275
4-masala
Korxonaning umumiy harajatlari(Ts, ming sum) bilan bir kunlik ishlab
chiqarish hajmi(Q,dona xisobida) o’rtasidagi aloqadorlik quyidagi jadvalda
keltirilgan:
Q
0
10
20
30
40
50
Ts
0
75
95
140
200
280
Korxona uzoq muddatli davrda tovarning bahosi qanday bo’lganida uni
ishlab chiqarishni to’xtatadi?
5-masala
Mukammal raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi firma bir yilda 1750
ming so’m o’rtacha o’zgaruvchan harajatlarda va 2500 ming so’m o’rtacha ishlab
chiqarish harajatlarida 20 mingta telefon ishlab chiqaradi. Firma bozor bahosi 25,0
ming so’mga teng bo’lgan bir dona telefon ishlab chiqarsa qancha foyda olishi
mumkin?
6-masala
Poyabzalchilik korxonasi bir oylik ishlab chiqarish hajmi 1000 juft
bo’lganda doimiy harajatlar 200 ming so’mga to’g’ri keladi. Agar mehnat yagona
o’zgaruvchan omil bo’lsa, uning bir soatlik harajati 1250 so’mni tashkil qilsa, bir
soatlik ishlab chiqarish hajmi 5 juft poyabzal bo’lsa, u holda o’rtacha ishlab
chiqarish harajatlari va o’rtacha o’zgaruvchan ishlab chiqarish harajatlari qancha
mikdorni tashkil etadi?
7-masala
Bosmaxona reklama plakatlarini ishlab chiqarish uchun uchta xodim
mehnatidan foydalanadi. O’rtacha mehnat mahsuli bir kunda 25 donaga to’g’ri
keladi. Har bir xodimning bir kunlik ish haqi 600 so’mni va bir kunga to’g’ri
keladigan doimiy harajatlar 1000 so’mni tashkil etadi. Bosmaxonaning o’rtacha
o’zgaruvchan harajatlari qanday bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |