Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

Nazariya
  bu,  dunyoda,  biz-
ningcha,  sodir  bo‘layotgan  voqealarni  aks  ettiruvchi  timsollarning 
ko‘p  sonli  mantiqiy  bog‘lanishidir.  Nazariya  faqat  intellektual  in-
strumentdir,  holos;  huddi  bolg‘a  tayyorlashning  bir  qancha  usullari 
mavjudligi  kabi,  siyosiy  hayotni  izohlovchi  nazariyani  ishlab  chi-
qishning  ko‘pgina  yo‘llari  mavjuddir.  Siyosiy  hayotning  bizni 
qiziqtiradigan  jihatlarini  anglashga  olib  boradigan  nazariya  qanday 
yaratiladi? Javob aniq va sodda, chunki nazariya turlicha usullar or-
qali yaratiladi. Lekin biz nazariyani yaratish jarayoni asosida yotadi-
gan asosiy g‘oyalarni va bu jarayonning muhim bosqichlarini izohlab 
berishimiz mumkin. Ulardan biri muammo konseptualizatsiyasidir. 
Bir  voqeani  anglashni  istaganimizda,  biz  eng  avvalo  o‘zimizdan 
hodisa  haqidagi  qaysi  bilimlarimiz  uni  anglashga  yordam  bera  oldi, 
deb so‘rashimiz lozim. Tushinishga shaxsiy tajriba, tasodifiy kuzatuv 
va  ijodiy  mulohaza  orqali  erishiladi.  Bu  sohadagi  boshqa  yutuqlarni 
tizimli o‘rganish ham foydadan holi bo‘lmaydi. Foydali nazariyalar biz 
izohlashni istagan voqealarni batafsil o‘rganishdan yuzaga keladi. Da-
lillar  to‘g‘risidagi  nomutanosib  bilimlar  nazariyani  yaratishdagi  hara-
katlarimizni butunlay noto‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirishi mumkin. Shu 
sababli  mos  keluvchi  faktlarni  aniqlashni  maqsad  qiluvchi  qidiruv 
tadqiqotlari juda muhim hisoblanadi. Shu sababdan agar (biz ishonchli 
nazariyani  yaratishni  istasak)  tadqiq  qilinayotgan  hodisa  to‘g‘risida 
adabiyotlardan  axborot  qidirish  zarur.  Odatda  biz,  kuzatilayotgan 
voqealarni  izohlovchi  modellar  uchun  ishni  faktlarni  qidirishdan 
boshlaymiz, ularning xususiyatlari, belgilari va sabablarini birlashtiru-
vchi  umumiylikni  izlaymiz  (Masalan,  universitet  shaharchalaridagi 
talabalar chiqishlarining da’vat etuvchi motivlariga asoslanamiz). 


 
 
24 
Biz  kuzatayotgan  narsalarni  umumlashtirishdan  biz  kuzatma-
yotgan  yoki  kuzata  olmayotgan  jarayonga  o‘tish  induksiya  deyiladi. 
Induksiya  ilmiy  tadqiqotning  bazasini  tashkil  etadi.  Induksiya 
yordamida  kuzatuvga  asoslanib  yaratilgan  nazariya  empirik 
asoslanganlik  deyiladi.  Induksiya  jarayonida  bir  qator  vaziyatlar 
to‘g‘risidagi bilimlarimizdan kelib chiqib, boshqa o‘xshash holatlarda 
vaziyat qandayligi haqida xulosa qilamiz. 
Ammo nazariya yaratish uchun faqatgina induksiya yetarli emas. 
Siyosiy  xatti-harakat  to‘g‘risida  ba’zi  farazlarni  ilgari  surish  zarur 
bo‘lib qoladi. Kelajakda bu farazlar (aksioma yoki postulat deb ata-
ladi)  nazariyamiz  tarkibiga  kiradi.  Ular,  umidlarimizga  muvofiq 
dastlabki  izohlari  mavjud  ma’lumotlar  bilan  tasdiqlanadigan  shart-
sharoitlar  bilan  tavsiflanadi.  Aniq  sharoitda  siyosiy  xatti-harakat 
to‘g‘risidagi umumiy tasdiqlanadigan bu holatlar xulqning (chiqish) 
aniq usulini tushuntirib beradi. Shu usul bilan ularning mantiqiy rav-
ishda  nazariy  farazlardan  kelib  chiqishini  ko‘rsatadi.  Shunday  qilib 
biz, induktiv mulohazaga teskari harakatlarni amalga oshiramiz. Ab-
straktlik va umimiylikdan aniq va spetsifik mulohazalarga o‘tishning 
bu  jarayoni 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish