126
Еvristik vа ekstrаpоlyatsiоn mеtоdlаr.
Аgаr bаshоrаt jarayo-
nining аnаlitik tuzilishi zaif bo‘lsа, lеkin bаshоrаt mаmlаkаt hаqidаgi
obyektiv ma’lumоtlаrgа asoslansa, (masalan, milliy iqtisod statis-
tikasi), undа evristik mеtоdlаr qo‘llаnilаdi. Bu o‘tgаn dаvr ma’lu-
mоtlаrini kеlаjаkkа o‘tkazish, ya’ni ekstrapоlyatsiya qilishdir.
Hоdisаning dеkоmpоzitsiyalash mеtоdi.
Bu mеtоd аsоsidа ma’-
lum bir hоdisаning dеtеrminаntlаri yotadi. Biz hayotiy muhim milliy
mаqsаdlаrning shаkllаnishi vа xаlqаrо munоsаbаtlаr sub’yеktlаrining
strategiyasi determinantlari haqida so‘z yuritа оlаmiz. Bu metodga
milliy xavfsizlikni ta’minlashning ma’lum bir yo‘nalishi bo‘yicha
strategik salohiyat bahosi misol bo‘lishi mumkin.
Stохаstik mеtоdlаr
. Stохаstik tamoyillаrgа аsоslаngаn xalqaro
strategiya subyektlari, harakarlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘p-
lab ishlar bor. Bu, хаlqаrо jarayon ishtirоkchilаrining хаtti-hаrа-
kаtining ehtimoliy baholar аsоsidа bаshоrаt qilinishini bildirаdi. Ay-
niqsa, bu xalqaro vaziyatga oid deyarli barcha tadqiqotlarning asosiy
jihati-sitiativ xulqni bashorat qilish va ta’riflashga bog‘liq. Bashorat
qilish ma’lum hodisa qismlarining ehtimoliy baholari asosida olib
boriladi. Stoxastik metod turiga mukammallashgan
Mаrkоv mеtоdi
yoki
Markov zanjiri
metodi kirаdi. Bu iqtisodiy metod iste’mol-
chilarning mahsulotlarning boshqa turiga o‘tishi,
namunaviy va qayta
sotib olish hissasi hisob-kitobi uchun qo‘llaniladi va muvofiq
ravishda xalqaro munosabatlarga tatbiq etiladi.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy bashoratning muhim usul-
laridan biri
ekstrapolyatsiya
dir. Uning mohiyati shundan iboratki, biror
hodisaning ma’lum bir qismi bo‘yicha chiqarilgan xulosalar boshqa
qismlariga, hodisaning o‘ziga, bu hodisaning kelajagiga ta’sir qiladi.
Ekstrapolyatsiya -bu, mavjud, amaldagi tendensiyalar asosida bashorat
qilishning yetakchi metodidir. Ekstrapolyatsiya metodi qiziqarli ko‘r-
satkichlar sifatida tarixiy ma’lumotlarni qo‘llashadi. Bu, bashoratning
eng keng tarqalgan usularidan biridir. Uning afzalligi shundaki,
ekstrapolyatsiya ishonchli ichki ma’lumotlarga asoslanadi, ayni paytda
faqat shu metodni tatbiq etish xavfi vaziyatning tubdan o‘zgarishi onini
hisobga olishni imkonsiz qiladi. Ekstrapolyatsiya metodi vaqt siralariga
ta’sir qiluvchi sababkor omillar bashoratda namoyon bo‘ladi, deb tax-
min qiladi. So‘nggi taxmin har doim ham amalga oshavermaydi. Sab-
abkor omillar vaqt siralariga qarama-qarshi kelganida bashoratlarda an-
chagina ko‘p xatolar yuzaga chiqadi. Bunday muammolar alohida tashqi
siyosiy aksiyalar bashoratining ayrim hollarida uchrar ekan, uning na-
tijalari halokatli bo‘lmaydi.
127
Ekstrapolyatsiyaning nisbatan mashhur metodlari
eksponentsial
tekislovga
asoslanadi. U: “Nisbatan yangi axborot ustunlikka ega”
tamoyilini ro‘yobga chiqaradi. Qisqa muddatli bashoratlar uchun
qo‘llaniladi va davrlarning ma’lum miqdori bo‘yicha harakatlarning
o‘rtacha o‘rganilgan mazmunlariga asoslanadi.
Ekonometrik metodlar
- turli cheklovlarda parametrlar bashorati
uchun axborotlardan foydalanadi. Har doim bir muammo mavjud:
oldingi tadqiqotdagi nimani qo‘llash mumkin? Bilvosita (egri) talab-
ning hisob-kitobi bu metodga misol bo‘la oladi. Bu holatda munosa-
batlar bahosi exspert axboroti va vaqt siralari ma’lumotlari asosida
o‘zgarishi mumkin. Bu yerda yana ishonchli axborot kerak.
Ekonometrik metodlar nazariy (ekspert) va statistik manbalarni
effektiv tarzda birlashtirish imkonini beradi. Ekonometrik metodlar
quyidagi vaziyatlarda tatbiq etilishi mumkin:
- aniq sababiy o‘zaro
aloqalar mavjudligida;
- bu aloqalar miqdoriy parametrlari tavsiflanganida;
- bashoratlarda sababiy aloqalardagi o‘zgarishlarni hisobga olish
kerak (masalan, bozor narxlarida va iste’molchilar talablarida o‘z-
garishlar ro‘y berishi mumkin);
- bu o‘zgarishlar bashorat qilingan yoki nazoratga olingan
bo‘lishi mumkin.
Agar bu shartlarning birortasi bajarilmasa, zero, bu holat kichik
“gorizontli” bashoratlar uchun tipikdir, ekonometrik metodlar
ishonchli natija bermaydi.
Metodlarning bu guruhi bashorat qilishda anchagina mashhur,
chunki ular oddiy metodlar tezligini miqdoriy baholarning obyek-
tivligi bilan birlashtirish imkonini beradi. Bunda ikki asosiy muam-
mo - muhitning ko‘p omilligi va muhitning noaniqligi hisobga oli-
nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: