muhim rol o‘ynaydi - ular ob’ektlar o‘rtasida yo‘l quyilishi mumkin bo‘lgan aloqalarni belgilab beradi.
Assotsiatsiyalarning quyidagi turlari mavjud:
-ob’ektlar holatlarining o‘zaro aloqalari,
-ob’ektlar agregatsiyalashuvi (tuzilmalashuvi),
-sinflar abstraktsiyalashuvi (tug‘ilishi).
«O‘zaro aloqa» assotsiatsiyasi, mohiyatan, bunday munosabatga kirishgan sinf ob’ektlari biron-bir
operatsiyalarning parametrlari bo‘lishi mumkinligini bildiradi. «Agregatsiyalashish» assotsiatsiyasi bunday
aloqaga kirishgan sinflardan birining ob’ekti ushbu sinflardan boshqasining ob’ektini o‘z ichiga olishini
(yoki olishi mumkinligini) bildiradi. «Abstraktsiyalashish» assotsiatsiyasi bunday munosabatlarga kirishgan
sinflardan biri ushbu sinflardan boshqasining xususiyatlarini meros qilib olishini hamda boshqa
(qo‘shimcha) xususiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkinligini bildiradi.
3.8.Ob’ektlar sinflari o‘rtasidagi munosabatlarga misol.
Ob’ektli modelni taqdim etishda odatda ob’ektlar spetsifikatsiyasining grafik tillari (masalan, UML
tili) qo‘llanadi. Bunday tillarda sinflar va ob’ektlar to‘g‘ri to‘rtburchaklar ko‘rinishida beriladi va ularda
ushbu ob’ektlarni spetsifikatsiyalayotgan axborot beriladi. Ikkita sinf o‘rtasida munosabatlar o‘rnatish uchun
bu sinflarga mos keluvchi to‘g‘ri to‘rtburchaklar chiziq bilan birlashtiriladi va chiziq tepasida turli grafik
belgilar va ayrim yozuvlar keltiriladi. Grafik belgilar ushbu sinflar o‘rtasidagi munosabatlar turini
spetsifikatsiyalaydi, yozuvlar esa bu munosabatni to‘liq identifikatsiya qiladi (ya’ni aniqlashtiradi).
Masalan, 4.8-rasmda Mamlakat va shahar sinflari o‘rtasida berilgan munosabat «birga bir» ko‘rinishiga ega.
Yanada aniqroq qilib aytganda, bu munosabat shuni bildiradiki, Mamlakat sinfining har bir ob’ekti Shahar
sinfining faqat va faqat bitta ob’ekti bilan «poytaxtga ega» munosabati bilan bog‘liq, shahar sinfining ushbu
ob’ekti esa Mamlakat sinfining boshqa bironta ob’ekti bilan bunday munosabat bilan bog‘liq emas.
Ob’ektlar dekompozitsiyasini tavsiflash uchun agregatlashish ko‘rinishidagi munosabat qo‘llanadi.
Masalan, 4.4-rasmda «dastur bitta yoki bir nechta moduldan iborat» munosabati ko‘rsatilgan.
3.9-rasm.Ob’ektlar sinflari o‘rtasida agregatlashish munosabatiga misol.
Shuni ta’kidlash lozimki, relyatsion yondoshuvda ob’ektli model tashqi axborot muhitining tavsifini
to‘liq o‘z ichiga oladi.
Dinamik model
DV taqdim etishi lozim bo‘lgan modelli olamning ob’ektli modelidan ob’ektlar
holatining yo‘l qo‘yiladigan o‘zgarish ketma-ketliklarini ko‘rsatadi. Bu model tashqi signallar (o‘zaro
aloqalar) ga javoban operatsiyalar ketma-ketligini tavsiflaydi, ammo bunda bu operatsiyalarning nima
qilayotgani ko‘rilmaydi. Agar tegishli ob’ektli model aktiv ob’ektlarga ega bo‘lsa, bu holda dinamik
modelga zarurat bo‘ladi.
Mamlakat
Nomi
Shahar
Nomi
Do'stlaringiz bilan baham: