Nizompv nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti bolalar psixologiyasini va uni


Ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/196
Sana15.01.2022
Hajmi4,03 Mb.
#366205
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   196
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi

Ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari.
V .l. 
Yurishni o ’rganish va uning bola rivojlanishiga ta’siri
Ilk  bolalik  davridagi  bolalaming  analizatorlari  yahshi 
takomillashgani  va  ular  erkin  harakat  qila  olish  imkoniyatiga  ega 
bo’Iganliklari  tufayli  bu  davrda  psixik  jihatdan  tez  rivojlanadilar. 
M a’lumki,  ilk  bolalik  davridagi  bolalar faqat yurib  va emaklabgina 
qolmay,  yugurish,  sakrash  hamda baland  va  past to ’siqlardan  oshib 
o ’tish  imkoniyatiga  ham  ega  bo’ladilar.  Bog’chagacha  tarbiya 
yoshidagi  bolalaming  ertadan  kechgacha  turli  harakatlar  qila  olish 
imkoniyatlari tevarak-atrofdagi muhitni bilish ehtiyojini qondirishda 
juda katta sharoit yaratib beradi.
Ilk  bolalik  davridagi  bolaning  turmush  tajribasi  deyarli  yo’q 
bo’lgani  uchun  hamma  narsa  qiziqtiradi.  U  o ’zining  kundalik 
tinimsiz  harakatlari  davomida  kattalarga  taqlid  qilib,  mustaqil 
ravishda  kiyinish,  ovqat  yeyish,  yuvinish  kabi  harakatlami 
o ’zlashtira boshlaydi.  Bog’chagacha tarbiya yoshidagi bola o’zining 
kundalik  harakatlari  davomida  hech  bir  erinmay,  ko’z  o’ngidagi 
hamma narsalarni tekshirib ko’radi. Natijada juda ko’p yangiliklami 
bilib  oladi,  o ’zining  sezgi  va  idrokini,  tasavvur  va  xotirasini, 
tafakkur  va  nutqini,  hissiyot  va  hayolini-umuman  hamma  psixik 
jarayonlarini rivojlantiradi.
Bu  yoshdagi  davrda  sezgilaming  rivojlanish  analizatorlaming 
tobora  takomillashuvi  bilan  bog’liqdir.  Ikki  yoshdan  oshgan
-
2 9
-


bolaning  sezgilari  (ko’rish,  eshitish,  hid  va  ta ’m  bilish,  teri  va 
harakat  kabi)  uning  har  kungi  xilma-xil  harakatlari  davomida  turli 
narsalarga 
bevosita 
to’qnash 
kelishi 
natijasida 
rivojlanadi. 
Sezgilarning  normal  rivojlanishi  bola  idroki  o ’sishi  uchun  zamin 
yaratadi.
Ilk bolalik davridagi  bolaning idroki  ancha rivojlangan bo’lsa 
ham  hali  katta  odamlar  idrokidan  keskin  farq  qiladi.  Birinchidan, 
bolalarda  turmush  tajribasi  yo’qligi  tufayli  ulaming  idroklari  ham 
anglashilmagan  xarakterga  ega  bo’ladi.  Ular  ko’p  narsalarga 
birinchi  marta  duch  keladilar.  Shuning  uchun  bolalar  idrok 
qiladigan  ko’p  narsalar  ularga  yangilik,  ya’ni  dastlabki  taassurot 
kuchiga  ega  bo’ladi.  Ikkinchidan  esa,  bolalaming  idroki  ko’pincha 
ixtiyorsiz  xarakterga  ega  bo’ladi,  ya’ni  ulaming  idrokida  muayyan 
bir  maqsadni  ko’zlashhali  sezilmaydi.  Shuning  uchun  ulaming 
idroki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ко’chib keta beradi. 
Lekin  bu  yoshdagi  bolalarda  hissiyot  kuchli  bo’lgani  uchun  ular 
o ’zlarini  qiziqtiradigan,  hayron  qoldiradigan,  hissiy  kechinmalar 
uyg’otadigan narsalami idrok qiladilar.
Bu  yoshdagi  bolalar  idrokining  yana  farqlanadigan  tomoni 
shundaki,  ular idrok qilatotgan  narsalami  umumlashtira olmaydilar. 
Atrof-muhitdagi  narsalami  qanday  bo’lsa  shundayligicha  idrok 
qiladilar.  Bu  xususiyat  ulam ing  rasmlami  idrok  qilishlarida yaqqol 
ko’rinadi. Masalan, ikki yarim yashar bolaga otning kallasi solingan 
surat ko’rsatilsa, hayron bo ’lib, otning o’zi qani, deb so’raydi.
Bolalar  idrokining  takomillashuvida  so’z  katta  ahamiyatga 
ega.  So’z  mohiyati jihatidan  umumlashgan xarakterga  ega  bo’lib,  u 
narsalami  umumlashtirish  imkonini  beradi.  Bola  so’z  yordamida 
o ’xshash  narsalami oddiygina guruhlarga ajrata boshlaydi.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish