Hikoyada mulla Norko’zi xarakterining yana bir
tomoni yaxshi ochilgan-u otdan tushsa ham, egaridan
tushmaydiganlar toifasidan-sharmandasi
chiqib,mahalla ahli oldida siri fosh bo’lsa ham gapini
bermaslikka,o’zinikini maqullashga harakat qiladi.
Bu esa uning kulgili mohiyatini,bachkanaligini yanada
yaxshiroq ochgan. Hikoyani yechimi mahorat bilan
ishlangan:
“Devor ustida turgan o’n ikki yoshlardagi qiz devordan
kesak ko’chirib olib,mulla Norko’ziga o’qtaladi:
-Hu o’l,turqing qursin!boshinga solayin shu bilan.
Mahallada sasib,o’quvchi qizlarga kun bermaysan-
ku,o’zing noto’g’ri ish qilasan…”
Bu achchiq ta’naga nima javob berish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |