Maqsadimiz masalalarni elektron hisoblash mashinasi yordamida yechish
uchun nima ishlar qilinishi kerakligini o’rganishdir. Har bir masala EHM yordamida
yechilib, natija olinishi uchun quyidagi bosqichlar bajarilishi kerak:
1.
Yechiladigan masalani qo’yilishi.
2.
Masalani matematik ta’minlash (yechilish usuli, metodi, matematik modeli).
3.
Masalaning algoritmini yaratish (algoritmlash).
4.
Programma tuzish.
5.
Programma ishlatilish.
6.
Natijani tahlil qilish.
Endi har bir bosqichda nima qilinishini ko’rib chiqaylik:
Masalaning qo’yilishi: bu bosqichda yechiladigan masala so’zlar (chizma,
jadval va boshqa usullar) Masalaning maqsadi va uni yechish uchun nimalar
kerakligi bayon qilinadi.
Matematik ta’minlash: bu bosqichda so’zlar orqali ifodalangan masala
matematik tilga ko’chiradi. Ya’ni tekshirilayotgan holat qonuniyatlari matematik
formulalar yordamida ifodalani.
Masalaning algoritmini yaratish: matematik tilga ko’chirilgan masalaning
algortimi aniq bayon qilingan, bajariladigan chekli sondagi ko’rsatmalar ketma-
ketligi tarzida ifodalanadi.
Programma tuzish: bu bosqichda tuzilgan algortim hisoblash mashinasi
tushunadigan tikga ko’chiriladi. Algoritmni hisoblash mashinasi tushunadigan
buyruqlar ko’rinishida yozilishi programmalashtirish (dasturlash) deyiladi.
Programmani ishlatish : tuzilgan programma maxsus qurilmalar yordamida
hisoblash mashinasi xotirasiga kiritiladi. Mashinadagi ta'minovchi programmalar
kiritilgan programmaning gramatik xatolarini tekshiradi. Agar xatoliklar bo’lsa,
ularni ko’rsatib beradi. Bu xatoliklar tuzilgandan keyin programma qo’yilgan
masalani yechish uchun kerak bo’lgan boshlang’ich ma’lumotlar yordamida
ishlatilib, natijaga olinadi.
Natijani tahlil qilish: bu bosqichda hisoblash mashinasi olingan natijalar
qo’yilgan masala shartiga javob berishi yoki bermasligi tekshiriladi. Agar olingan
natijalar masala shartiga to’liq javob bermasa, tekshirishni oxirgi bosqichlardan
yuqoriga qarab bajarish ma’quldir, ya’ni beshinchi, to’rtinchi va hokazo birinchi
bosqichgacha. Bu yerda qaysi bosqichlarni biz va qaysi bosqichlarni EHM bajaradi
degan savol tug’ilishi mumkin.
Albatta 1-4 bosqichlarni biz bajaramiz, EHM ni vazifasi esa, algoritm asosida
tuzilgan programmani ishlatib, tezroq natija olishdir. Natijani tahlil qilish esa
bizning vazifamiz.
EHMda masala yechish bosqichlaridan eng muhimi va mashaqqatlisi
masalani yechish algoritmini tuzishdir. Albatta, hozirgi davrda ayrim masalarni
yechish uchun uning qo’yilishi yetarli, qolgan bosqichlar avtomatik ravishda
bajariladi, lekin bunday masalalar juda kam.
Do'stlaringiz bilan baham: