Xaker-proffesional
harakatlarning aniq rejasiga ega va ma’lum resurslarni mo‘ljallaydi. Uning
hujumlari yaxshi o‘ylangan va odatda bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Avval u dastlabki
axborotni yig‘adi (operatsion tizim turi, taqdim etiladigan servislar va qo‘llaniladigan himoya
choralari). So‘ngra u yig‘ilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda hujum rejasini tuzadi va mos
instrumentlarni tanlaydi (yoki hatto ishlab chiqadi). Keyin, hujumni amalga oshirib, maxfiy axborotni
oladi va nihoyat harakatlarining barcha izlarini yo‘q qiladi. Bunday hujum qiluvchi professional,
odatda yaxshi moliyalanadi va yakka yoki professionallar komandasida ishlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |