3. Quyidagi bozorlardan qaysi birini sof raqobatga asoslangan
bozorga kiritish mumkin?
a) avtomobil, velosiped bozori;
b) muzlatkich, televizor bozori;
c) dehqon bozori, hunarmantlar bozori;
d) axborot, intellektual mulk bozori;
e) ko‘chmas mulk bozori.
4. Tabiiy monopoliyaga nimalar misol bo‘la oladi?
a) OPEK – xalqaro neft karteli;
b) G‘allabank;
c) «Sharq» matbaa ishlab chiqarish konserni;
d) IBM kompaniyasi;
e) Toshkent metropoliteni.
5. Aytaylik, monopolist 10 birlik tovarini 10000 so‘mdan sota
oladi. 11-tovarni sotish esa uning narxini 9950 so‘mga tushishiga
olib keladi. Bunda me’yoriy daromad sotish hajmi 10 birlikdan 11
birlikkacha o‘sish evaziga qanchaga teng bo‘ladi?
a) 10000;
b) 9950;
c) 9450;
d) 9400;
e) 10995 so‘mga.
Do'stlaringiz bilan baham: |