O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/82
Sana14.01.2022
Hajmi1,13 Mb.
#365398
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning nutqiy xotirasini logopedik ish tizimida shakllantirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


94 
 
Umumiy xulosa 
Tadqiqot maktabgacha yoshdagi nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalarda mnestik 
jarayonlarning shakllanish muammosining dolzarbligi va ahamiyatini isbotladi. 
Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalarda  mnestik  xotiraning  shakllanish 
muammosini tekshirish natijasida biz quyidagi xulosalarga keldik: 
1.
 
Tadqiqot  muammosiga  doir  adabiyotlar  tahlili  tizimli  yondashuv  nuqtai 
nazaridan 
nutqi 
tо„liq  rivojlanmagan  bolalarning  psixologik-pedagogik 
xususiyatlari  haqida  zamonaviy  tasavvurlarni  tо„ldirishga  imkon  berdi.  Tahlil 
davomida  maktabgacha  yoshdagi  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalarda  nutqiy  va 
nutqiy  bо„lmagan  buzilishlarning  bir  turda  emasligi  haqidagi  ma‟lumotlar 
aniqlashtirildi. Maktabgacha yoshda xotira bolaning bilish va nutqiy rivojlanishida 
katta ahamiyatga  ega. Bolalarda  nutqning tо„liq rivojlanmaganligi tizimida verbal 
va  mnestik  komponentlarning  mutanosibligi  muammosiga  doir  adabiyot  
manbalarining tahlili xotiraning nutqi rivojlanmagan bolalar bilan olib boriladigan  
korreksion  ish  dinamikasiga  ta‟sirini  aniqlash    imkonini  berdi.  Shu  bois, 
maktabgacha  yoshdagi  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalar  bilan  korreksion  ta‟sir 
tizimida xotirani rivojlantirishga doir ish egallashi kerak. 
Individual  differensial  yondashuv  nuqtai  nazaridan  mnestik  jarayonlarni 
takomillashtirish  va  nutqni  rivojlantirishga  doir  ishda  maktabgacha  ta‟lim 
muassasasi  logopedik  guruhlari  mutaxassislarining  о„zaro  hamkorlik  modeli 
nazariy asoslandi. 
2.
 
Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan 
holda  ishlab  chiqilgan  diagnostik  kompleks  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalarda 
nutqiy  rivojlanish  bilan  bog„liq    holda  eshituv  nutqiy  xotira  va  uning  buzilish 
mexanizmi  xususiyatlari  haqida  qо„shimcha  ma‟lumotlarni  olish,  nutqning  tо„liq 
rivojlanmaganligi  tizimida  mnestik  xotira  buzilishlarining  mavjudligi  haqidagi 
ma‟lumotlarni isbotlash imkonini berdi. 
3.
 
Maktabgacha  yoshdagi  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalarda  va  ularning 
normal  rivojlanayotgan  tengdoshlarida  nutqiy  va  mnestik  jarayonlarni  qiyosiy 
tekshirish  maktabgacha  yoshdagi  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalarda  eshituv 


95 
 
nutqiy  xotira  kamchiliklarining    sifat  jihatidan  о„ziga  xosligi  va  turli  darajadagi 
xarakterini,    logopedik  ish  davomida  mnestik  va  nutq  buzilishlarining  turli 
birliklari  va    ularni  bartaraf  etishning  turli  dinamikasi  bilan  xarakterlanuvchi  uch 
darajada namoyon bо„lishini aniqladi. 
4.
 
Tadqiqot  nafaqat  xotirani  rivojlantirishga  yо„naltirilgan,  balki  logopedik 
ta‟sir  samaradorligini  oshirish  imkonini  bergan  mnemotexnik  usullarni  qо„llash 
yordamida  maxsus  ishlab  chiqilgan  logopedik  ish  metodikasini  qо„llashning 
maqsadga muvofiqligini  tasdiqladi. 
5.
 
Katta  maktabgacha  yoshdagi  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalar  bilan 
logopedik  ishni  takomillashtirishga  kо„maklashuvchi  quyidagi  pedagogik 
sharoitlar ishlab chiqildi va aprobatsiyadan о„tkazildi: 
-
 
maxsus  maktabgacha  ta‟lim  muassasasinig  korreksion  rivojlantiruvchi 
jarayoniga  bolalar  eshituv  nutqiy  xotirasini  rivojlantirishga  yо„naltirilgan 
komponentni kiritish; 
-
 
maktabgacha  yoshdagi  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalarda  mnestik 
faoliyatni  rivojlantirishga  doir  logoped,  psixolog  va  tarbiyachilarning  о„zaro 
faoliyatini  ta‟minlash; 
-
 
maktabgacha  ta‟lim  muassasasi    psixologining  ishida  bolada  mnestik 
jarayonlarning  shakllanganlik  darajasini  baholash  imkonini  beruvchi    diagnostik 
usullardan foydalanish; 
-
 
logoped  va  psixolog  faoliyatining  mazmunini  aniqlashda  mnestik 
jarayonlarni taо„xis etish natijalarini inobatga olish; 
-
 
logopedik ish va psixologik korreksiya davomida eshituv nutqiy xotirani 
rivojlantirishga individul-differensial yondashuvni amalga oshirish; 
-
 
bolalarda  xotirani  rivojlantirishga  doir  mashg„ulotlarni  tashkil  etishda 
mnemotexnik usullar, mnemojadvallar va predmet-amaliy faoliyatdan foydalanish. 
Maktabgacha yoshdagi nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalarda mnestik xotira va 
nutqning 
rivojlanish 
dinamikasiga 
maxsus 
tashkil 
etilgan 
korreksion-
rivojlantiruvchi ta‟sir sharoitlaridagina erishish. 


96 
 
6.
 
Nazorat  eksperimenti  natijalarining  tahlili shuni kо„rsatdiki, biz  tomondan 
taklif 
etilgan 
metodika 
samarali 
hisoblanadi 
va 
bolada 
mavjud 
til 
komponentlarining  buzilishlarini  bartaraf  etibgina  qolmay,  nutqi  tо„liq 
rivojlanmagan  bolalarda  mnestik  xotiraning  samarali  kechishi  uchun    psixologik 
kо„rsatmalarni yaratish imkonini beradi. Bu esa ularning maktabda muvaffaqiyatli 
ta‟lim olishlariga  kо„maklashadi. 
Bizning tadqiqotimiz natijalari nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar shuningdek 
rivojlanishida  nuqsoni  bо„lgan  bolalarning  boshqa  kategoriyalari  bilan  ishlovchi 
logopedlarning nazariy, shuningdek amaliy ishlari uchun ham muhim.  
Eksperimental  tadqiqot  ilgari  surilgan  farazning  tо„g„riligini  tasdiqlaydi  va 
tadqiqot maqsadiga erishildi, uning vazifalari esa, amalga oshirildi deb hisoblashga 
asos beradi. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish