Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/711
Sana14.01.2022
Hajmi5,65 Mb.
#364978
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   711
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Ren  Zhengfei

   Qutb  kodeksi  «otasi»  -  Turkiyalik  professor  Arikanga  maxsus 

mukofotni topshirdi. Bu mukofot – uning insonlar kommunikatsiyasi rivojiga hissa 

qo‘shganligining  izhori  sifatida  e’tirof  etildi.  Agar  mamlakatimiz  raqamli 

iqtisodiyot  sohasidagi  fundamental  tadqiqotlarga  va  sifatli  ta’lim  olishga  asosiy 

e’tiborini qaratmasa, turli sohalarning jadal rivojiga va amaliy hayotdagi yangicha 

g‘oyalarga  erisha  olmaydi.  Masalan,  mamlakatimizdagi  ko’pchilik  olim  va  soha 

mutaxassislarning  fikricha,  raqamlashtirish  jarayoni  mamlakat  iqtisodiyotida 

borgan  sari  kuchayib  boradi  va  transmilliy  korporatsiyalarning  mamlakat 

mintaqaviy  va  milliy  iqtisodiyotlaridagi  roli  ortib  boradi.  Iqtisodiyotning  raqamli 

segmenti mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatda ro‘y bergan sifat o‘zgarishlari tufayli 

dolzarb  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Yangiraqamli  texnologiyalar  va  platformalar 

jismoniy  shaxslar  va  korxonalar  menejmentiga  tobora  katta  ko‘lamda  o‘zaro 

aloqalarda transaksiya harajatlarini qisqartirish hamda davlat tuzilmalari va xo‘jalik 

yurituvchi  sub’ektlar  bilan  yaqin  aloqalarni  amalga  oshirishga  imkon  beradi. 

Bularning  natijasida  tarmoq  servislariga  asoslangan  raqamli  yoki  elektron 

iqtisodiyot  shakllanadi.  Raqamlashtirish  tushunchasining  o‘zi  buyumlar 

internetidan  tortib,  elektron  hukumat  texnologiyalarigacha  bo‘lgan  zamonaviy 

axborot texnologiyalarini «yoppasiga» qo‘llash asosida tovarlar va hizmatlar ishlab 

chiqarishni  boshqarish  va  ishlab  chiqarishning  o‘zini  takomillashtirishning  yangi 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

bosqichidan  dalolat  beradi.  Iqtisodiyotning  raqamli  segmentini  kengaytirishning 



asosiy  sababi,  transaksiya  sektorining  o‘sishi  hisoblanadi,  va  u  rivojlangan 

mamlakatlarda milliy YIMning 70%dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bu sektor tarkibiga 

quyidagilar  kiradi:  davlat  boshqaruvi,  konsalting  va  axborot  hizmatlari  ko‘rsatish, 

moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, turli kommunal, personal va ijtimoiy 

hizmatlar  ko‘rsatish.Iqtisodiyotda  dinamika  va  diversifikatsiya  darajasi  qanchalik 

yuqori  bo‘lsa,  mamlakat  ichkarisida  va  tashqarisida  shunchalik  katta  hajmdagi 

noyob  ma’lumotlar  aylanadi,  mos  ravishda,  milliy  iqtisodiyot  doirasida  ham 

kattaroq  axborot  trafigi  vujudga  keladi.  Shu  sababli,  raqamli  iqtisodiyot  hamda 

elektron tijorat  information texnlologiyahizmatlarining kirib borish darajasi yuqori 

va  qatnashchilar  soni  ko‘p  bo‘lgan  bozorlarda  eng  samarali  faoliyat 

ko‘rsatadi.Birinchi  navbatda,  bu  e-segmentning  ulushi  YIM  10%ini  tashkil 

qiladigan,  bandlik  4%dan  yuqori  bo‘lgan  va  bu  ko‘rsatkichlar  yaqqol  o‘sish 

tendensiyasiga ega bo‘lgan internetga qaram tarmoqlar (transport, savdo, logistika 

va  h.k.)  bilan  bog‘liq.  Texnologik  jihatdan,  raqamli  iqtisodiyot  va  elektron 

tijoratning  rivojlanishini  to‘rtta  asosiy  trend  belgilab  beradi:  bular,  mobil 

texnologiyalar, biznes-modellar, bulutli texnologiyalar va ijtimoiy media vositalari. 

Bu  esa o’z navbatida  shuni  anglatadiki,  milliy  segmentni shakllantirishda  ularning 

imkoniyatlaridan  to’liq  foydalanish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.Shu  bilan  bir 

vaqtda,  milliy  raqamli  iqtisodiyot  va  elektron  tijoratga  ichki  va  tashqi 

investitsiyalarni  samarali  jalb  etish  va  undan  dividendlar  olish  uchun  qulay 

ishbilarmonlik  muhitini  yaratish,  salmoqli  inson  kapitalini  tayyorlash,  boshqaruv 

jarayonini  ham  rivojlantirish  zarurdir.  Bularning  barchasi  iqtisodiy  o‘sishning 

poydevori  hisoblanadi  va  xuddi  shu  sababli,    ularni  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

majmuini  aniqlash  lozim.  Raqamli  iqtisodiyot  va  elektron  tijorat  sohasiga  oid 

yuqorida  aytib  o’tilgan  fikrlarni  keng  halq  ommasiga  va  ayniqsa,  talaba-

magistrantlarga  yetkazish  maqsadida  yozilgan 

ushbu  o’quv  qo’llanmaxuddi  shu 

va shunga o’xshash masala va muammolari ommabop ravishda taqdim etishga 

va imkoniyat darajasida yoritishga bag’ishlangan. 

 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   711




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish