Guruch va avtomobil ishlab chiqarishni qanday kombinatsiyada bo’lishini tanlash kerak.
Korxona, firma doirasida qanday kombinatsiyalar bo’lishini, qancha,
nima mahsulot ishlab
chiqarish, qanday ishlab chiqarish va kim uchun ishlab chiqarish muammosini tadbirkor hal
etadi, mamlakat miqyosida esa hukumat tanlaydi. Agarda mahsulot ishlab chiqarish miqdorini
ko’rsatuvchi nukta OAG maydon ichiga to’g’ri kelsa, u mavjud resurslardan to’la
foydalanmaganlikni, imkoniyatlarga qaraganda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarilganini
ko’rsatadi.
Masalan. 15 ming tonna guruch va 10 ming dona avtomobil ishlab chiqarish uchun 70
mlrd. so’mlik resurs talab etiladi. Bizdagi mavjud resurs esa 100 mlrd. so’m.
Demak resurslardan
to’la foydalanilmagan.
OAG maydondan tashqari nuqta mahsulot ishlab chiqarish miqdorini mavjud resurslarga
nisbatan ko’payishini bildiradi.
Aytaylik, 30 ming tonna guruch, 20 ming dona avtomobil ishlab chiqarilmokchi,
u holda
140 mlrd. so’mlik resurs talab qilinadi.
Tadbirkor oldida 2 yo’l turibdi. Biri mavjud resurslardan maksimal foydalanib tovarlar
turini ko’paytirish, resurslarni tejash yo’llarini topish, ikkinchisi ehtiyojlarni o’sishiga qarab
o’zida bo’lmasa chetdan jalb qilish, qarzga olish mumkin.
Bu muammoni har bir tadbirkor, har
bir mamlakat indivudial tarzda hal etadi. Lekin resurslar cheklanganligi sharoitida mavjud
resurslarni tejab ishlashtish tovar turlarini muqobil variantini, eng optimal darajasini tanlash
muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu raqobat kurashida ham katta rol o’ynaydi.
Iqtisodchilarning tadqiqoti ko’rsatadiki, birgalikda turli tovarlar ishlab chiqarganda 5%
resurslar tejalar ekan. Ana shu tejalgan miqdor koeffitsentini 0,05 desak,
misolimizda ishlab
chiqarish imkoniyati formulasi quyidagi ko’rinishni oladi:
2X+5Y-0,05XY=100; agarda V variantni tanlasak,
2 x 10 + 4 x 20 - 0,05 x 10 x 20 = 90; Demak 10 mlrd. so’mlik resurs
tejalyapti, tejalgan resurs evaziga qo’shimcha ravishda guruch yoki avtomobil ishlab
chiqarish mumkin.
Shuning
uchun korxona, firmalar iloji boricha mahsulot turini ko’paytsalar resurslar
tejalishi evaziga xarajatlarni pasaytirishga erishadilar. Qaysi tovarni ko’prok ishlab chiqarishni
tanlash esa, ularga bo’lgan talab bilan taklifning nisbati, boshqacha
aytganda bozor narxlariga
bog’liq bo’ladi.
Hayotdagi turli tuman vaziyatda tanlovning variantlari nihoyatda xilma-xil bo’lib, qaror
qabul qilishni qiyinlashtiradi. Muqobil variantlardan birini tanlash uchun har bir kishi beixtiyor
shu variantlarni taqqoslashga tushadi.
Taqqoslashdagi mezonlar juda ko’p va xilma-xil bo’lib, ular ma’lum sharoit, vaziyat,
qo’yilgan maqsad va boshqalarga bog’liq.Xuddi shu fikrni muqobil variantlar xaqida ham aytish
mumkin. Muqobil variant ikki va undan ortiq bo’lsa tanlash, tanlash
uchun esa taqqoslash zarur
bo’ladi. Buning uchun mezonalr belgilanadi. Taqqoslash natijasida u yoki bu qarorga kelinadi.
Bu jarayon alohida kishi, oiladan boshlab to butun mamlakat miqyosida amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilishda albatta qo’yilgan maqsad asosiy rol o’ynaydi.
Har bir vaziyat, qo’yilgan maqsad uchun muqobil variantlar va qaror qabul qilish
mezonlari boshqacha bo’ladi. Masalan: tadbirkorning qanday faoliyat
turini tanlashi muqobil
variantlari, maktabni bitiruvchining kelajakda qanday kasb tanlashi variantlaridan farq kiladi.
Albatta mezonlari ham. Oliy Majlisga deputat nomzodiga ovoz berishda ham albatta muqobil
variantlar ichidan o’zimiz belgilagan mezonlarga ko’ra qaror qabul qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: