Doimo ma’lum miqdorda raqobat nomukammal (bozor monopollashuvi mavjud), bozor
muvozanati buzilib turadi, odamlar(individumlar) doimo optimal qaror qabul qilavermaydi.
Ikkinchi tomondan, iqtisodiyot dinamik holatda bo’ladi, chunki aholi o’zgaradi, yangi xom
ashyo manbalari ochiladi, fan-texnika rivojlanadi, yangi ehtiyojlar vujudga keladi va hokazo.
Iqtisodiy axborotni
o’zi kamyob ne’mat hisoblanadi. Unda iqtisodiy munosabatlarda
qatnashuvchilarning barchasi bir xilda foydalana olmaydi (imkoniyatga ega emas). Boshqacha
ayganda har qanday raqobatni bozordagi (raqobatli) vaziyatni iqtisodiyotning dinamikligi tufayli
ma’lum darajada noaniqligi bilan xarakterlanadi (7-bob). Shu bilan birga bozordagi
monopollashuv tufayli ishlab chiqarish ustidan baholar ustidan ma’lum darajada nazorat
mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Aynan ana shu bozorning ma’lum darajasidagi noaniqligi, bir tomondan bozorning
monopollashuvi ikkinchi tomondan iqtisodiy foydani vujudga kelishga olib keladi. Uni ayrim
tadbirkorlar tomonidan ko’pincha daromad tushumni barcha xarajatlardan ortib qoluvchi
qo’shimcha, ortiqcha daromad sifatida olishi namoyon bo’ladi.
Ana shu qo’shimcha daromadni vujudga kelishni bir necha sabablarini ko’rsatish
mumkin: Birinchidan, iqtisodiy foydani bozor iqtisodiyotini rivojlanishiga xos noaniqlik bilan
bog’liq bo’lib, tavakkal qilganiga olgan mukofot tarzida ko’rish mumkin.
Shu bilan birga shuni ham qayd qilish kerakki, tavakkalchilik xatari turlicha bo’ladi.
Masalan stixiya, falokat, yong’in, baxtsiz hodisa, o’g’irlik va boshqalarni hisoblash mumkin.
Bunday xatarlardan o’zini himoya qilish uchun sug’urta qiladi. Bunda tavakkalchilik xatari
(qo’yilgan mablag’) to’lov xarajatlarga kiradi. Bozor iqtisodiyotida boshqa turdagi tavakkal
xatarlari bo’ladi, bular talab va taklifni avvaldan ko’rib bo’lmaydigan, bilib bo’lmaydigan
o’zgarishlari bilan bog’liq.
Bu o’zgarishlar butun bozordagi konyukturani o’zgarishi bilan bog’liq. U iqtisodiy tsikl
bilan, davlatni iqtisodiy siyosati bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Iqtisodiyotni huquqiy asoslarini
o’zgartirishni tartibga solishi metodlari (byudjet soliq, pul-kredit, tashqi iqtisodiy) bilan bog’liq.
U alohida firmalarni xo’jaliq yuritishi sharoitiga ta’sir kiladi. Sug’urta qilib bo’lmaydigan
tavakkalchilik xatariga yo’l quyib olgan daromadi iqtisodiy foydaning manbai deyish mumkin.
Ikkinchidan, iqtisodiy foydani yangilik, yangilikni tatbiq qilishga mukofot tarzida qarash
mumkin. Uchinchidan, bozordagi monopol mavqeidan kelib chiqish mumkin.
Shunday qilib tadbirkorlik omili bozordagi muvozanatni buzuvchi, talab va taklif egri
chizig’ini yangi texnologiya, yangi bozorlar, yangi mahsulot, bozor tarkibini o’zgartirishni va
boshqalar tarzida namoyon bo’lar ekan. U holda foyda muvozanat bahosi sifatida yuzaga chiqa
olmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bozordagi noaniqlik bir korxonalarga iqtisodiy foyda olishga
imkon yaratsa, ikinchilarini zarar olishga olib keladi. Zarar olish mumkinligini xavfi xudda
foyda olishga intilishga o’xshab iqtisodiyotning taraqqiyotiga qudratli stimuli bo’lib xizmat
qiladi.
XX asr iqtisodiyot fanidagi asosiy nazariyalarni ajratib:
Do'stlaringiz bilan baham: