tartibga solishni o’z-o’zini boshqarish orqali amalga oshirish erkin
raqobat kurashi hukmron davrga xos. Bunda resurslarni taqsimlash va boshqa masalalar stixiyali
tarzda bozor sub’ektlari tomonidan tartibga solinadi. Axborot ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilarga narxlar o’zgarishi haqidagi ma’lumotlar signal yo’li bilan etkaziladi.
Narxlarning ko’tarilishi yoki pasayishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga qanday harakat qilish
zarurligini ko’rsatadi.
Xar qanday tizimda ham ishlab chiqaruvchi o’z xarajatini hisob-kitob qilib, foydasini
chamalashi kerak. Bu iste’molchiga ham taalluqli. Taniqli iqtisodchi V. Oykenning fikricha,
xo’jalik yurituvchi yoki korxona rahbari bir qarash bilan butun «iqtisodiy kosmos»ni qamrab
olmaydi. Narxlarning o’zgarishi yoki muqobil xarajatlargina odamlarning iqtisodiy tanlovlarini
tartibga soladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishni ko’zga ko’ringan iqtisodchilardan R. Kouz tahlil qilib,
iqtisodiy nazariyaga