Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/207
Sana14.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#364857
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   207
Bog'liq
talimda axborot texnologiyalari (1)

3.2. Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar
Kompyuter  axborot  tizimlari o’rtasida eng katta taraqqiyot sun’iy intellektdan foydala-
nishga asoslangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish sohasida  qayd etildi.
      
Ekspert tizimi menejerga  yoki mutaxassisga tizimlarda   to’plangan bilishlarga   doir har
qanday  muammo bo’yicha maslahat olish imkoniyatini beradi.
      
Misol. AQShning   davlat agentligi shunday bir   ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo va
g’allaga tegishli  ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o’g’it solish va hosil olishning
optimal vaqtini  belgilaydi.
Sun’iy intellekt deyilganda, odatda kompyuter tizimlarning shunday harakatlarni bajarish
qobiliyati tushuniladiki, agar bu harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash mumkin
bo’lardi.
       Aksariyat hollarda bu yerda odamning fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda tutiladi.
Sun’iy  intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi. Shuningdek, ular o’z
ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko’rish, sezish, o’qish–o’rganish qobiliyatini
modellashtiruvchi robotlar, tizimlar yaratishni ham oladi. Maxsus masalalarni yoki vazifalarni
hal qilish maxsus bilimlarni talab etadi. Lekin har qanday kompaniya ham o’z shtatida uning ishi
bilan bog’liq barcha muammolar bo’yicha ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday
muammolar paydo bo’lganda  ularni taklif qila olmaydi. Ekspert tizimlari texnologiyasidan
foydalanishning bosh mohiyati ekspertdan uning bilimlarini olish va uni kompyuter xotirasiga
kiritib, har safar zaruriyat tug’ilgan hollarda undan foydalanishdan iboratdir. Ekspert tizimlari
sun’iy intellektning asosiy ilovalaridan biri bo’lib, ekspertlarning u yoki bu bilim sohasidagi
tajribalarini evristik qoidalar shaklida transformasiyalovchi kompyuter dasturlaridan  iboratdir.
Evristiklar qarorlar qabul qilishi qo’llab–quvvatlash texnologiyalari doirasida masalalarni har
qilish uchun foydalaniladigan oddiy algoritmlar singari ishonch bilan optimal natija olishni
kafolatlamaydi. Lekin ko’pincha ulardan amalda foydalanish uchun yetarli darajada maqbul
bo’lgan yechimlarni beradi. Bularning hammasi ekspert  tizimlaridan maslahat beruvchi tizimlar
sifatida foydalanish imkoniyatini beradi.
      
Ekspert  tizimlarida  va qarorlar qabul   qilishni qo’llab–quvvatlash   tizimlarida  foydala-
niladigan axborot texnologiyalarining o’xshash tomonlari shundan iboratki ularning har ikkalasi
ham qarorlar  qabul qilishning yuqori darajasini ta’minlaydi. Lekin ularning uchta muhim
farqlari bor:
·
birinchi farq shu bilan bog’likki, qarorlar qabul qilishni qo’llab –quvvatlash tizimi
doirasida muammolarni hal qilish foydalanuvchining uni tushunish  darajasini va qarorni olish
hamda fikrlash imkoniyatlarini aks ettiradi. Ekspert tizimlari texnologiyasi, aksincha,
foydalanuvchiga  uning imkoniyati darajasidan oshib ketadigan  qarorlar qabul qilishni taklif
etadi;
·
ko’rsatilgan texnologiyalarning ikkinchi farqi–ekspert tizimlarining o’z fikr –
mulohazalarini qarorlar qabul qilish jarayonida tushuntirib berish qobiliyatida aks etadi.
Aksariyat hollarda bu tushuntirishlar foydalanuvchi uchun qarorning o’zidan ham muhim
bo’ladi;


·
uchunchi farq–axborot texnologiyalarining yangi komponenti bilimlardan foydalanish
bilan bog’liq.
      
Ekspert  tizimida  foydalaniladigan  axborot  texnologiyalarning  asosiy  komponetlari
quyidagilardan iborat: foydalanuvchining interfeys, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni yaratish
moduli.
      Mutaxassis ekspert tizimiga axborot va  buyruqlarni kiritish va undan chiqarib beriladigan
axborotni olish uchun interfeysdan foydalanadi. Buyruqlar bilimlarga ishlov berish jarayonining
yo’naltirish parametrlarini o’z ichiga oladi. Axborot, odatda muayyan o’zgaruvchilarga
beriladigan qiymatlar shaklida beriladi. Menejer axborotni kiritishning  to’rtta  usulidan
foydalanishi mumkin: menyu, buyruqlar, tabiiy til va o’z interfeysi. Ekspert tizimlari
texnologiyasi chiqarib  beriladigan  axborot sifatida faqat yechimlarni emas, balki zaruriy
tushuntirishlarning ham olish imkoniyatini ko’zla tutadi. Tushuntirishlarning ikki turi farqlanadi:
·
so’rovlar bo’yicha beriladigan tushuntirishlar. Foydalanuvchi istalgan vaqtda ekspert
tizimidan o’z harakatlarini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin;
·
muammoni hal qilish bo’yicha olingan yechimni tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni
olganidan so’ng u qanday olinganligini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin. Tizim masalani
yechishga olib kelgan o’z mulohazalarning har bir qadamini tushuntirib berishi zarur.
      Ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy bo’lmasa ham, bu tizimlarning foydalanish
interfeysi do’stona bo’lib, odatda, muloqot  olib borishda qiyinchiliklar tug’dirmaydi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish