Birinchi darajali QQQT
ko’plab vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega. U yuqori darajadagi
davlat boshqaruvi (prezident, hukumat, vazirliklar ma’muriyati) organlarida va katta
kompaniyalarning boshqaruv organlari (korporatsiyalar direktorlar kengashi)da foydalanish
uchun mo’ljallangan. Mazkur darajali tizim turli siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tadbirlarni
dasturga kiritishga oid qarorlarni asoslash uchun yirik kompleksli dasturlarni rejalashtirishda
katta yordam beradi. U jamoa bo’lib foydalanish tizimi sanalib ma’lumotlar bazasi turli bilim
sohasidagi ko’plab ekspert-mutaxassislar tomonidan tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |