Polimetilmetakrilat
64
Metakril kislota metil efirining polimerlanishidan polimetilmetakrilat –
organik shisha hosil bo’ladi.
Karbon kislotalar suvda anorganik kislotalar kabi dissotsilanadi:
R – COOH → R – COO
-
+ H
+
Shuning uchun ularda indikatorlarning rangi o’zgaradi. Demak, karbon
kislotalar elektr tokini o’tkazadi; ular elektrolit hisoblanadi. Lekin anorganik
kislotalarga nisbatan kuchsizroq.
Agar karboksil guruh bilan bog’langan qoldiq benzol halqasining qoldig’i
bo’lsa, bunday kislotalar aromatik kislotalar qatoriga kiradi. Agar karboksil guruh
benzol halqasidagi uglerodga bevosita bog’langan bo’lsa, sof aromatik karbon
kislotalar va aromatik yadroning yon zanjiridagi uglerod bilan bog’langan bo’lsa,
alkilaromatik kislotalar deb ataladi.
- COOH HOOC - COOH
benzoy kislota n(o,m)- ftal kislotalar sof aromatik
CH
2
COOH - CH
2
CH
2
COOH
fenilsirka kislota β - fenil propion kislota alkilaromatik
Aromatik kislotalar tabiatda o’simliklarda, asosan murakkab efirlar holida
uchraydi. Aromatik kislotalarni sintetik usulda olish uchun alifatik kislotalar kabi:
a) Yon zanjirli aromatik birikmalarni oksidlash, ularning trigalogen va nitril
hosilalarini gidroliz qilish; b) Aromatik birikmaga ma`lum reaksiyalar bilan
karbonsil guruh kiritish (magniy organik birikmaga CO
2
; Ar-xlorga CO
2
va Na
benzolga COCI
2
yoki CH
3
COCI ta`sir ettirish) usullaridan foydalaniladi.
Bir asosli aromatik kislotalarning suvdagi eritmasi alifatik kislotalarga
nisbatan kuchli kislota xossasiga ega. Ularga xos kimyoviy reaksiyalar karboksil
guruh hisobiga (masalan, NaOH, SOCI
2
, C
2
H
5
OH lar bilan) va aromatik halqadagi
65
vodorod atomi hisobiga (CI
2,
HNO
3
, H
2
SO
4
ta`sir ettirish kabi elektrofil
reaksisiyalar) sodir bo’ladi. Aromatik karbon kislotalar halqasiga elektrofil
guruhlarning kiritilishi ularning kislota hususiyatini yanada oshiradi. Bir asosli
aromatik kislotalar o’z halqasidagi vodorodlarni galogen, nitro-, sulfo-, amin va
oksiguruhlar kabi funksional guruhlarga almashtirsa, shu nomli aromatik kislotalar
hosilalari (masalan, nitrobenzol kislota, sulfobenzol kislota va hokazo) hosil
bo’ladi. Ikki asosli aromatik karbon kislotalardan – ftal (tereftal) kislota muhim
ahamiyatga ega.
Karbon kislotalar va ularning hosilalari xalk xo’jaligida turli materiallar:
sun`iy tola, plastmassa, lak, xushbo’y moddalar, sirt faol moddalar, oziq-ovqatlar,
aromatik karbon kislotalar va ularning hosilalari esa polimerlar (gliftal smolalar
lavsan), bo’yagich moddalar, farmatsevtik birikmalarni sintezlashda, indikatorlar,
stimulyatorlar, gerbitsidlar va boshqalarning olinishida keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: