«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani


 Istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‟nalishlari



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/32
Sana14.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#363865
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani

2.3. Istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‟nalishlari 

Tadbirkorlik  faoliyati  va  muxitini  rivojantirishdagi  mavjud  muammolarni 

yechimini  topish  istiqbollashtirilayotgan  ishlar  ijrosini    ta‘minlash,  ushbu  sohada 

tadbirkorlik  faolligini  oshirishning  yo‘nalishlarini  aniqlash  va  ular  bo‘yicha  chora 

tadbirlarni belgilashni talab etadi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  2015  yil  26 

noyabr kuni  xalq deputatlari Namangan  viloyati  Kengashining  navbatdan tashqari 

sessiyasida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sohasi  iqtisodiyotimizning  hal 

qiluvchi  tarmoqlaridan  biriga  aylanib  borayotgani,  uning  Namangan  viloyatida 

izchil rivojlanayotganini alohida e‘tirof etib, hozirgi kunda yalpi hududiy mahsulot 

tarkibida bu sohaning ulushi 80 foizni tashkil etganligini, ish bilan band aholining 

82  foizdan ziyodi  ushbu sektorda  mehnat  qilayotganligini  ta‘kidladilar.  SHu bilan 

birga,  bu  sohada  ayrim  muammolar  borligi  ham  qayd  etilib,  ―…  viloyatda 

ro‘yxatga  olingan  14  ming  765  ta  kichik  biznes  sub‘ektining  2  mingdan  ortig‘i 

faoliyat  ko‘rsatmayapti.  Kichik  biznes  sub‘ektlari  o‘z  ishini  tashkil  etishi  uchun 

ularga 


binolar, 

yer 


uchastkalari 

ajratish, 

muhandislik-kommunikatsiya 

tarmoqlariga  ulanish  masalalarida  hali-beri to‘siq  va  g‘ovlar  uchrab  turibdi‖

10

 deb 


e‘tirof etdi.  

Qo‘yilayotgan  talab  va  extiyojlardan  kelib  chiqib,  tadbirkorlik  faolligini 

oshirish uchun quyidagi umumiy sharoitlar ta‘minlashi zarur: 

-

 



milliy  iqtisodiyotda  makroiqtisodiy  muvozanatni  ta‘minlash  negizida  uni 

barqaror rivojlanishini ta‘minlash; 

-

 

iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllanishi ta‘miinlash; 



-

 

Tadbirkorlikni davlat tomonidan qullab –  quvvatlash tizimini amalga oshrish 



orqali, uning mexanizmlarini  takomillashtirish asosida rivojlantirib borish; 

                                                        

10

 

Karimov  I.A.  2015yil  26  noyabr  kuni  xalq  deputatlari  Namangan  viloyati  Kengashining  navbatdan  tashqari 



sessiyasida so‘zlagan nutqi. ―O‘zbekiston ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr.   

 



58 

 

-



 

Tadbirkorlik  muxitini  shakllantirishga  xizmat  ko‘rsatuvchi  infrtuzulmalarni 

samarali harakat qilishini ta‘minlash. 

Shuningdek Namangan viloyatia tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda 

ishlab chiqarish samaradorligini  oshirishning asosiy  yo‘nalishlariga quyidagilarni 

ko‘rsatish mumkin: 

-

 

Tadbirkorlik  muxitini  shakllantirishning  huquqiy-meyoriy  va  tashkiliy 



asoslarini  iqtisodiyotda  turli  omillar  ta‘sirida  ruy  berayotgan  o‘zgarishlarga 

mos ravishda uzluksiz takomillashtirib borish; 

-

 

davlat  tomonidan  tadbirkorlikni  qo‘llab  quvvatlash  mexanizmlarini 



samaradorligini  oshirish,  bu  borada  xorijiy  mamlakatlar  tajribasidagi  yangi 

mexanizmlarni  mavjud  sharoitlarga  moslashtirgan  holda  amaliyotga 

qo‘llash; 

-

 



Tadbirkorlik  faoliyatini  innovatsiya  negizida  rivojlanishini  ta‘minlash 

borasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish; 

-

 

Tadbirkorlik  faoliyati  sust  bo‘lgan  tumanlarda  soxani  moliyaviy  jihatdan 



ta‘minlashning  mavjud  mexanizmlarini  samaradorligini  oshirish  va 

moliyalashtirishtirishning  yangi  manbalarini  harakatga  keltirish  negizida 

qulay investitsiya muhitini yaratish; 

-

 



Tadbirkorlik  sub‘ektlari  uchun  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  mexanizmlarini 

takomillashtirish va imtiyozlar joriy etish; 

-

 

Viloyatdagi  ta‘lim  muassaslarida  tadbirkorlik  saohasi  uchun  malakali 



raqaobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish; 

-

 



Tadbirkorlik sohasida kooperatsiyani chuqurlashtirish va tumanlar doirasida 

klasterlarni shakllantirish. 

Tadbirkorlik  yo‘nalishlarda  olib  boriladigan  chora  tadbirlarni  ishlab 

chiqishda  kichik  biznesni  rivojlantirish  borasida  xorijiy  tajribani  o‘rganish  va  uni 

mamalkatimiz 

sharoitlariga 

tatbiq 

etish 


muhimdir. 

Xususan, 

statistik 

ma‘lumotlarga  ko‘ra  Italiyada  yalpi  ichki  mahsulotning  yillik  o‘sishi  3-5  foizni 

tashkil  etadi  va  ishlab  chiqarish  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  AQSH,  Yaponiya, 

Germaniya va Frantsiyadan keyin 5-o‘rini egallaydi. Bu davlatda kichik biznesning 




59 

 

o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  yirik  firmalarda  ishlash  bilan  birga  o‘rindoshlik 



bo‘yicha  kichik  va  hunramandlik  korxonalarida  ham  mehnat  qilish  uchun  keng 

imkoniyatlar  yaratilgan.  SHuningdek  ishlab  chiqarish  tuzilmasining  eng  muhim 

tarkibiy  qismlaridan  biri  kooperativ  (shirkat)  sektoridir.  Korperatsiya  shakli 

mamlakat  tashqarisida  «sanoatlashtirishning  italьyan  modeli»dir.  Bunday  sanoat 

okruglarining  samaradorligi  shundaki,  ular  mahalliy  imkoniyatlardan  samarali 

foydalana  oladilar.  Buning  natijasida  korxonalar  bir  qancha  imkoniyatlarga  ega 

bo‘ladi, jumladan: 

 



korxonalararo munosabatlar moslashuvchanligi yuzaga keladi; 

 



korxonalarga tashkilot, uyushmalar va institutlar tomonidan ko‘rsatiladigan 

xizmatlarga  oid  ma‘lumotlar  olish  imkonini  beradigan  aniq  axborot  tizimi  yuzaga  

keladi; 

 



milliy  mahsulotni  tashqi  bozorlarga  olib  chiqishda  kichik  korxonalar 

yetakchi mavqega ega bo‘ladi; 

 

tarmoq  usulida  tashkil  etilgan  kichik  ishlab  chiqarish  kooperativlarida 



bandlik yuqori darajada bo‘ladi. 

Iqtisodchi    olimlar  tadqiqotlariga  ko‘ra  Italiya  iqtisodiyotida  turli  sohalarda 

faoliyat  yurituvchi  korxonalarni  texnologik  jihatdan  birlashtirish  tashkilik  shakli 

«konstellyatsiya»

11

  ahamiyati  alohida  e‘tirof  etiladi.  Bunda  bir-biriga  bog‘liq 



bo‘lgan,  murakkab  tayyor  mahsulotni  ishlab  chiqiarishda  cheklangan  miqdordagi 

korxonalar  birlashib  faoliyat  yuritadi.  Bunday  tashkiliy  shaklda  birlashgan 

korxonalarning  biri  mahsulot  tayyorlash  jarayonini  bajarsa,  ayrimlari  texnologik 

jarayon  uchun  mas‘ul  bo‘ladigan,  ba‘zilari  esa  savdo  bilan  shug‘ullanadilar. 

Natijada  nafaqat  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish  muammosi  hal  bo‘ladi, 

shuningdek,  ishlab  chiqarish  ko‘lami  ham  kengayadi.  Bunday  jarayonda 

yetakchilikni  konstellyatsiyada  oxirgi    bosqichdagi    ishlarni  bajaradigan  korxona 

amalga oshiradi. Ular boshqa firmalardan barcha kerakli butlovchi qismlarni sotib 

oladi va lurga tarli ishlar bo‘yicha buyurtmalar beradi. 

Demak  korxonalardagi  faoliyatning  muvofiqlanishuvi  yuzaga  keladi.  Turli 

                                                        

11

 ―constellazione‖ – юлдузлар туркуми демакдир 




60 

 

konstellyatsiyalarda hamkorlik qilish, bozorda ma‘lum bir mahsulot turiga bo‘lgan 



talabning  kengaytirilishi  va  erkin  raqobat  muhiti  yaratiladi,  shu  bilan  birga 

mahsulotning tannarxi va uning narxi pasayishiga olib keladi. 

Fikrimizcha, 

Italiya 


Respublikasida 

kichik 


biznes 

sub‘ektlarini 

rivojlantirishning  bu  tashkiliy  shakli  O‘zbekistonda  ham  mavjud  xususiyatlar 

asosida  foydalanish  mumkinligini  e‘tirof  etmoqchimiz.  CHunki    bois 

konstellyatsiya  usulini  O‘zbekiston  amaliyotida  ham  qo‘llash,  tadbirkorlikda 

afzalliklar yaratadi, bular: 

-

 

Tadbirkorlik korxonalarini moliyalashtirishni ta‘minlaydi; 



-

 

texnologik  jihatdan  murakkab  bo‘lgan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish 



imkonini beradi; 

-

 



korxonalarning ishlab chiqarishda raqobatbardoshligini oshiradi; 

-

 



marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning realligini ta‘minlaydi. 

Samarali  eksport  faoliyatini  amalga  oshirishlari  uchun  tashqi  bozor 

talablariga  to‘liq  javob  beradigan  marketing  majmuasi  axborotlari  bilan 

ta‘minlangan  bo‘lishlari  zarur.  Bozorlarning  o‘ziga  xos  salohiyati  va  bozor 

kon‘yukturasidagi  o‘zgarishlar  bo‘yicha  joriy  axborot  tizimiga,  kompaniyalarning 

barcha  resurslari  bevosita  savdo  faoliyatiga  qaratilgan  va  asosiy  xaridorlar  bilan 

doimiy  aloqa  o‘rnata  oladigan  tashkilotlar  bu  eksport  savdo  kompaniyalaridir. 

Jahon  amaliyotida  eksport  faoliyatini  tashkil  etishning  chet  ellarda  savdo  uylarini 

ochish shakli ham tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning shakli sifatida keng 

tarqalgan. 

O‘zbekiston  savdo  uylarining  chet  ellarda  tashkil  etilishi  mahalliy  

mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchi  tadbirkorlar  eksport  faoliyati  samaradorligining 

oshishiga ham imkoniyat yaratadi. Ularning tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishishida 

savdo  vositachilari  ko‘mak  beradi  va  hamkorlar  va  xaridor  topishga  dastlabki 

imkoniyat yaratishi mumkin. 

Yuqorida  keltirilgan  fikrlarga  asoslanib  tadbirkorlikni  rivojlantirishning 

ustuvor  yo‘nalishlarini  va  xorijiy  tajribani  o‘z  ichiga  qamrab  oluvchi  ―Mintaqada 

tadbirkorlik  faoliyatini  yanada  rivojlantirish  dasturi‖ni  ishlab  chiqish  maqsadga 




61 

 

muvofiq  deb  hisoblaymiz.  Uni  ishlab  chiqish  jarayonida  quyidagi  jihatlarga 



alohida e‘tibor berish lozim: 


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish