kitob > kitop, omad >omat
kabi.
Bundagi "p" va "t" tovushlari jarangli "b" va "d" fonemalarining pozitsion
ottenkalari sanaladi (fonemaning so‗z oxirida, demak, kuchsiz pozitsiyada
reallashgan ko‗rinishi bo‗lganligi uchun), "i" unlisi
bilan
so‗zida qisqa va kuchsiz
(urg‗usiz bo‗g‗inda, demak, kuchsiz pozitsiyada bo‗lganligi uchun),
o‗rik
so‗zida
kuchlirok (urg‗uli bo‗g‗inda, demak, kuchli pozitsiyada bo‗lganligi uchun),
bir
so‗zida tor (to‗liq yopik bo‗g‗inda bo‗lganligi uchun),
endi
so‗zida esa bir oz
kengaygan ko‗rinishda -
ende
shaklida (so‗z oxiridagi ochiq bo‗g‗inda bo‗lganligi
uchun) talaffuz etiladi. Bu ko‗rinishlarning barchasi bitta "i" fonemasining turli
pozitsion ottenkalari xisoblanadi;
v) kombinator-pozitsion ottenkalarning
yuzaga kelishida har ikki omil birga
qatnashadi. Masalan,
qilich
so‗zi tarkibidagi birinchi "i" unlisi chuqur til orqa "q"
undoshi ta‘siriga berilib, "ы" tarzida (kombinator ottenka shaklida), urg‗usiz
bo‗g‗inda (kuchsiz pozitsiyada) bo‗lganligi uchun esa qisqa unli tarzida (pozitsion
ottenka shaklida) talaffuz qilinadi.
Fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari tilshunoslikda shu
fonemaning allofonlari deb ham ataladi.
Har bir fonema nutq oqimida o‗zining yuqoridagi ottenkalaridan biri shaklida
reallashadi, bunday ottenkalar ichida bittasi shu fonema uchun tipik ko‗rinish
hisoblanadi - fonemaning fonetik qurshovdan tashqarida (erkin holda) bo‗lgan
asosiy ko‗rinishiga yaqin bo‗ladi. Odatda, fonemaning kuchli pozitsiyadagi
ko‗rinishi bunga misol bo‗ladi. Masalan,
daraxt
so‗zi boshida yoki
bodom
so‗zi
o‗rtasida (intervokal pozitsiyada) qo‗llangan "d" fonemasining akustik-
artikulyatsion belgilari shu fonemaning alohida (nutqdan tashqarida) olingan
belgilaridan deyarli farq qilmaydi. Fonemaning bunday ko‗rinishi shu fonemaning
asosiy ottenkasi yoki fonema qatoridagi dominanta deb qaraladi. Qolgan barcha
50
ko‗rinishlar esa asosiy bo‗lmagan (notipik) ottenkalar sanaladi. Notipik ottenkalar
fonetik qurshovdagi tovushlarga ko‗proq darajada qaram bo‗ladi.
2.
fakultativ ottenkalar (fakultativ variantlar) -
fonemalarning bir xil fonetik
pozitsiyadagi ikki xil ko‗rinishlari. Chunonchi,
ulfat
so‗zidagi "f" shu
pozitsiyaning o‗zida "p" ko‗rinishida ham qo‗llaniladi:
ulfat -ulpat
kabi. Bunday
hodisa
faqat - paqat, qarmoq - qalmoq, musulmon - musurmon
so‗zlari talaffuzida
ham uchrab turadi. Bulardagi f-p, r-l, l-r almashinuvlarida fonetik qurshovning
ta‘siri yo‗q, ulardan ayrimlari tarixiy omillar, psixologik ko‗nikmalar ta‘sirida,
ayrimlari esa jonli so‗zlashuv ko‗nikmalari bilan bog‗liq ravishda yuz beradi.
Fakultativ ottenkalardan nutqda, ayniqsa, badiiy asar matnida uslubiy maqsadlarda
foydalanish hollari ham yo‗q emas. Shu sababli ottenkalarning bu turi ba‘zan
uslubiy ottenkalar
deb ham nomlanadi.
3.
Individual ottenkalar
kishilarning anatomik-biologik jihatlari bilan bog‗liq
ravishda yuz beradigan talaffuz ko‗rinishlari (erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari
yoki nutq a‘zolaridagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan o‗zgarishlar). Bunday
ottenkalarning lisoniy (lingvistik) qiymati yo‗q, shunga ko‗ra ular tilshunoslikda
o‗rganilmaydi.
III.
Tilshunoslikda ottenka, variatsiya va variant atamalari uchrab turadi.
Ottenka
va
variatsiya
atamalari, aslida, bir tushunchani - bir fonemaning nutqdagi
turli ko‗rinishlarini ifodalaydi. Ulardan biri
(ottenka
atamasi) L.V. Shcherba
nazariyasiga, ikkinchisi
(variatsiya
atamasi) esa Moskva fonologiya maktabiga
xosdir. Masalan, "d" ning
odam
va
ozod
so‗zdaridagi ikki xil ko‗rinishi (jarangli
"d" va jarangsiz "t") bir fonemanishg ikkita
ottenkasi
(L.V. Shcherba
terminologiyasiga ko‗ra) yoki ikkita
variatsiyasi
(Moskva fonologiya maktabi
terminologiyasiga ko‗ra) xisoblanadi.
Variant -
atamasi tilshunoslikda ikki xil
ma‘noda qo‗llanmoqda: Moskva fonologiya maktabi vakillari ishlarida
variant
ikki
fonemaning kuchsiz pozitsiyada mo‗‘tadillashuvidan (neytralizatsiyalanishidan)
yuzaga kelgan bir xil ko‗rinishdir. Masalan, "savod" va "savat" (talaffuzda "savot"
va "savat") kabi. Bunda "d" va "t" fonemalarining so‗z ichida mo‗‘tadillashuvi
sodir bo‗lgan: d-t>T kabi. Bu ko‗rinish
variant
deb nomlanadi, u "d" va "t"
51
fonemalarining nutqdagi vakili bo‗lganligi uchun "d" va "t" larning ikkalasi
giperfonema
("fonemalar guruhi") deb nomlanadi.
1
Praga tilshunosligi vakillari ishlarida
variant
atamasi ko‗prok ottenka (bir
fonemaning ikki-uch xil ko‗rinishi) ma‘nosida qo‗llaniladi. O‗zbek tilshunosligida
ham bu atama ko‗proq shu ma‘noda ishlatilmoqda.
2
IV.
Tilshunoslikda fonema ottenkalari, variatsiyalari va variantlari kabi
tushunchalarning kashf etilishi faqat nazariy jihatdangina emas, balki amaliy
jihatdan ham e‘tiborga loyiqdir. Bunday kashfiyot nutq va til hodisalarini, tilning
moddiy va mavhum birliklarini farqlash bilan birga, fone-malar bilan ottenkalar
o‗rtasidagi umumiylik, xususiylik va alohidalik munosabatlarini anglab olish, ko‗p
sonli tovushlarni ma‘lum miqdordagi fonemalarga birlashtirish, shu asosda
alifbodagi harflar miqdorini ham cheklash imkonini beradi. Ayni shu jihatlarning
o‗tmishda yetarli hisobga olinmaganligi uzoq yillar davomida ko‗pchilik
xalqlarning adabiy til me‘yorlarini belgilashda, alifbo tarkibini shakllantirishda,
imlo qoidalarini tuzishda qator qiyinchiliklarga sabab bo‗lganligi tarixdan ma‘lum.
O‗zbek tilshunosligi ham bundan mustasno emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |