Axborotdan foydalanish
– shtatga oid texnik vositalardan foydalanib
axborot bilan tanishish, uni xujjatlash, nusxalash, modifikatsiyalash yoki axborotni
yo’q qilish jarayoni.
Axborotni texnik himoyalash
- himoyalashga loyiq axborotning
(ma’lumotlarning) xavfsizligini xarakatdagi qonunlarga muvofiq, texnik, dasturiy
va dasturiy - texnik vositalarni ishlatib, nokriptografik usullar yordamida
ta’minlashdan iborat axborot himoyasi.
Axborotni fizik (bevosita) himoyalash
- himoya obyektiga vakolatsiz
shaxslarning suqilib kirishlariga yoki undan foydalanishlariga to’siqlar yaratuvchi
tashkiliy tadbirlar yoki vositalar majmuini ishlatish yo’li bilan axborotni
himoyalash.
Axborotni himoyalash konsepsiyasi
– axborotni himoyalash bo’yicha
qarashlar va umumiy texnik talablar tizimi.
292
Do'stlaringiz bilan baham: |