Bog'liq biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to'xtayev)
Mutatsiya xususiyatlari . Mutatsiyalar irsiyat bilan bog‘liq, ya’ni ular
nasldannaslga o‘tadi. Bitta mutatsiyaning o‘zi bir turga mansub bo‘lgan
har xil organizmlarda paydo bo‘lishi mumkin. Mutatsiyalar ta’sir doirasiga
qarab foydali va zararli, dominant hamda retsessiv bo‘ladi.
Genlarning muhim xususiyatlaridan biri — mutatsiyalar hosil qilishdir.
Dastlab irsiy o‘zgarishlar tezligini birdaniga oshirish rentgen nurlari
ta’sirida amalga oshirilgan. Rentgen nurlari ta’sirida mutatsiyalar paydo
bo‘lishini 150 marta oshirishga erishildi. Rentgen va boshqa ionlantiruvchi
radiatsiya nurlaridan tashqari, mutatsiyalar kimyoviy moddalar ta’sirida
ham hosil bo‘lishi mumkin.