va jamiyatdagi mas’uliyati haqida ma’lumot ber
ishi kerak.
9. Ishchilarning xabardorligi (moʻljal olishi) uchun:
yangi ishchi tashkilotga
kelgan vaqtida tashkilot dasturlari, siyosati, madaniyati va hokazolarni bilmaydi.
Muloqot orqali insonlar tashkilotda hamkasblari, yuqori lavozimdagilarning
siyosati, maqsadi, qoidalari va tartibga solish kabilar bilan tanishadilar.
Jadval 1.1. Muloqot maqsadlari
Boshqalar: samarali qaror qabul qilish ushbu shaxs talab etilgan va muvofiq
ma’lumot bilan ta’minlanganda boʻlishi mumkin. Samarali mul
oqot qaror qabul
qilish jarayoniga yordam beradi. Umuman olganda, vazifalar samarali va yaroqli
bajarilishi uchun tashkilotdagi har bir shaxs zarur ma’lumot bilan ta’minlanishi
shart.
Aloqa
ko'rsatma funksiyasi
Integrallashuv funksiyasi
Malumot berish funksiyas
Baholash funksiyasi
Ko'rsatmalar funksiyasi
O'qitish funksiyasi
Ta'sir ko'rsatish funksiyasi
Imij yaratish funksiyasi
Ishchilarni habardor qilish
funksiyasi
Boshqa funksiyalar
29
•
Monolog, ya’ni kontekstli nutqni tinglab tushunish oʻ
ziga xos
qiyinchiliklarga ega. Eng avvalo shuni aytish kerakki, monologik muloqot suhbat
vaqtida dialogik muloqotga nisbatan tinglovchiga kamroq qaratilgan boʻladi.
Ekstralingvistik faktorlar bevosita muloqotdagiga qaraganda kamroq ahamiyat
kasb etadi. Monolog fikrning tuzilish kengligi, mantiqiyligi bilan ajralib turadi,
dialogdan farqli ravishda aytib tugatilmagan oʻrinlar ekstra
lingvistik momentlar
bilan toʻldirib ketiladi. Monologik muloqotning oqimi, odatda normal tempda
boʻlishi sababli qayta soʻrab o‘tirishlarga imkon bermaydi, eshitib boʻlingan
joyga qaytish uchun toʻxtalishga yoʻl qoʻymaydi. Monologik nutqni tinglab tushu
-
nish hamma vaqt ozmi-
koʻpmi choʻziladigan vaqt bilan bogʻliq boʻladi, bu esa
ayrim luqmalar emas. Shuning uchun tinglovchining eshitish xotirasi yetarli
darajada rivojlangan boʻlishi talab qilinadi. Tinglab tushunishning eng murakkab
turi radio yoki magnitofondan eshitiladigan monologik nutqni idrok etishdir.
Bunda avvalo nutqning umuman hech kimga qaratilmaganligini aytish lozim.
Tinglovchi so
ʻzlovchini koʻrmaydi, axborot bittagina tinglash kanali orqali keladi.
Monologik nutq vaqtida tinglovchi har holda mimikani, masalan, lektor mimikasini
kuzatib borishi mumkin. Yozilgan nutqni tinglab tushunishni juda ham
murakkablashtiradigan ikk
inchi faktor yozilgan nutqqa ta’sir koʻrsatuvchi
nuqsonlar sababli paydo boʻladigan tovush kamchiliklaridir. Maxsus olib borilgan
tadqiqotlarda tovush signallarini hatto eng yuqori darajada yozib olinganda ham
axborotni qabul qilish va qayta ishlashga ta’sir koʻrsatuvchi kichik nuqsonlarni
yo‘q qilib boʻlmasligi isbotlangan. Apparatlarning buzuqligi tufayli paydo boʻlgan
nuqsonlar aytilayotgan fikrlar mazmunini tushunmaslikni tushinish mumkin.
Dialogik nutqdan faqat spektakl va radiopostanovkani tinglashda foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |