244
Ilmiy va texnikaviy nashrlar oldiga qo‘yiladigan talablar juda jiddiydir va
nashrning kimga mo‘ljallanganliga bog‘liq. Ilmiy adabiyotning janr turla
ri va
ularning lisoniy-
uslubiy, matniy o‘ziga xos bo‘lilb, ularning turlari va ularning
bayon qilish tarzi, matn qurilishi turlichadir. Ilmiy
–
texnikaviy adabiyotlarda milliy
atamalardan, ko‘chirmalardan foydalaniladi, manbalarga havola qilinadi.
Ilmiy nashr matnida ilmiy uslub marom va mezonlarga asoslaniladi:
bayonning xosliligi, mantiqiyligi, isbotlanganligi, tasvirlash, ta’riflash, tahlil va
muhokama yuritishning lisoniy-
uslubiy o‘ziga xosligi. Ilmiy matnlarda turli xil
ishoralar, chizma va formulalar, hisob-kitoblarni berish usullari va tartiblaridan
foydalaniladi. Ilmiy adabiyotlarni ruknlash va sarlavha tanlash muammosi alohida
ahamiyatga ega.
Ilmiy ommabop adabiyotlar ijtimoiy-
ma’rifiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi
va ilmiy bilimlarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Ilmiy ommabop bayon oldiga
qo‘yiladigan asosiy talablar
- matnning mantiqiy, lisoniy, uslubiy sifatlariga
asoslanadi. Sof ilmiy bayondan “qochish” zarur. Ilmiy ommabop nashrlar uchun
xos bo‘lgan matniy, lisoniy
- uslubiy nuqsonlarni bartaraf etish zarur.
Ilmiy axborot beruvchi adabiyot turlari ko‘p bo‘lib, birlamchi va ikkilamchi
axborotlardan tashkil topadi: nashr etilgan va nashr etilmagan axborotlar. Bularda
axborotni qayta tahlil qilish, umumlashtirish va baholash xususiyatining
ustuvorligiga e’tibor beriladi. Ilmiy axborotning kimga mo‘ljallanganligi va bayon
uslubi ham alohida ahamiyatga ega.
Bibliografik ko‘rsatgichlar va bibliografik sharhlarni, referativ jurnallar,
referativ to‘plam yoki maxsus nashlarni tahrir qilish talablari o‘ziga xosdir:
ularning matniy tuzulishi, tarkiblanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
O‘quv qo‘llanmalari va darsliklarning turlari va vazifalari bir
-biridan farq
qiladi. Bu o‘qish va o‘qitishning turlari, xillari bilan bog‘liq.
Bildi
rgich adabiyot turlariga: qomuslar, lo‘g‘atlar, bildirgichlar kiradi.
Qomuslar va ularning turlari bir-biridan farq qiladi: umumiy, sohaviy, kasbiy.
Bular hajman turlicha bo‘lishi mumkin. Qomuslarni tuzishning o‘ziga xos qoida va
mezonlari mavjud. Lug‘atla
r va ularning turlari rang-
barangdir: umumiy lug‘atlar,
tarjima lug‘atlari, izohli lug‘atlar, imlo lug‘ati, talaffuz lug‘ati; sheva va lahja
lug‘atlari, olinma (o‘zlashtirma) so‘zlar lug‘ati, terminlar va kasb
-
hunar lug‘ati.
Bularning tahririda oldindan tayin etib olingan tamoyillariga amal qilinadi.
Badiiy adabiyotning tur va xillari rang-barangdir. Adabiy-badiiy asarning
o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, badiiy asar matni tahriri oldiga qo‘yiladigan
talablar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: