7398b1cc-0a47-4d0e-b58e-dd2544d80cac pdf



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/397
Sana14.01.2022
Hajmi4,38 Mb.
#363447
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   397
Bog'liq
Akademik yozuv majmua

2-topshiriq.
 
Konfutsiy  ta’limoti
 
asoslarini  o’qing  va  muhokama  qiling. 
Hayotiy vaziyatlar asosida misollar bilan mustahkamlang.  
 
Konfutsiy ta’limoti
 asoslari 
Etikaning oltin qoidasi: 
«O’zing uchun qilishni istamagan
 narsani 
boshqalar uchun ham qilma». 
 


220 
 
«
Sen o’zingni boshqalar tanishi 
uchun munosibmisan
?» - shundangina bezovta 
bo’lsang arziydi.
 
 
Oqil  insonlar  boshqa  insonlar  bilan  kelishib  yashaydilar,  ammo  boshqalarning 
ortidan  ko’r
-
ko’rona  yurmaydilar,  ahmoqlar  esa  boshqalarga  ko’r
-
ko’rona 
ergashadilar, ammo ular bilan kelisha olmay yashaydilar. 
 
Oqil  insonning  qalbi  sokin  bo’ladi,  boshqalar  esa  doimo  bezovta  bo’lib 
yashaydilar. 
 
Oqil  inson  o’z  xayotida  uch  narsadan  ehtiyot  bo’lishi  lozim:  xayotiy  kuchlar 
jo’shgan  yoshlik  chog’ida  ayollarga  elakishishdan,  xayotiy  kuchlari  quvvatga 
kirg
an etilgan davrida raqobatdan va xayotiy quvvati so’nayotgan qarilik chog’ida 
qizg’anchiqlikdan.
 
 
Oqil inson boshiga tushgan barcha ko’ngilsizliklarda o’zini ayblaydi, aqlsizlar esa 
boshqalarni ayblaydi. 
 
Oqil  inson  boshqalar  bilan  kelishib  yashaydi,  ahmoq
lar  esa  o’zlariga 
o’xshaganlarni izlab topadi.
 
 
Oqil  inson  o’zining  boshqalardan  ustunligini  biladi,  ammo  buni  o’zgalarga 
namoyish  qilishdan  qochadi.  U  barcha  bilan  kelishadi,  ammo  xech  kimsa  bilan 
salbiy ma’noda til
 biriktirmaydi. 
 
Oqil inson juda ko’p 
ovqat eyish va boy yashashga intilmaydi, u ishni tez bajaradi 
va sokin so’zlashadi. Aqlli insonlar bilan muloqot qilganida esa, ulardan ko’proq 
o’rganishga xarakat
 qiladi. 
 
Oqil  inson  boshqalarga  o’zlaridagi  afzalliklarni  ko’rishga  yordam  beradi,  ammo 
inso
nlarning  kamchiliklarini  topishni  o’rgatmaydi.  Ahmoqlar  esa  xuddi  shuning 
teskarisini qiladilar. 
 
Oqil inson xamma narsadan burchni afzal ko’radi.
 
 


221 
 
Oqil inson chidam bilan imkoniyat axtaradi va bir narsaga erishadi, ahmoqlar esa 
xarakatsiz xolda omadni kutib yuraveradilar. 
 
Oqil  inson  qiyinchiliklarga  bardosh  beradi,  boshqalar  esa  boshiga  qiyinchiliklar 
tushganida noma’qul ishlar qiladilar.
 
 
Oqil inson lo’nda gapirib, aql bilan xarakat qiladi.
 
 
O’z burchini bilmagan shijoatli oqil inson qo’zg’olonchi bo’lis
hi 
mumkin,  o’z  burchini  bilmagan  shijoatli  ahmoq  inson  esa  qaroqchilik qilishi 
mumkin. 
 
Uyning  shinam  sharoitlariga  bog’lanib  qolgan  erkakni  chinakam  oqil  inson  deb 
bo’lmaydi.
 
 
Oqil inson faqatgina burchni biladi, boshqalar esa foydanigina bilishadi. 
 
Xech 
nimani bilmagan inson farog’atda bo’ladi, chunki u boshqalarga tushunarsiz 
bo’lib qolishdan qo’rqmaydi.
 
 
Uydan  tashqarida  bo’lganingizda  o’zingizni  go’yo  xurmatli  mehmonlarni  qabul 
qilgandek tuting. 
 
Insonlar 
xizmatidan 
foydalanganingizda 
o’zingizni 
xuddi
 
tantanali 
marosimdagidek tuting. O’zingiz istamaganlarni boshqalarga ham ravo ko’rmang. 
Xuddi shunda davlatda ham, oilada ham kelishmovchilik bo’lmaydi.
 
 
O’zingizga qattiqqo’l  va o’zgalarga  yumshoq  munosabatda bo’ling  –
 shunda Siz 
o’zgalarning yomon munos
abatida himoyalanasiz. 
 
Qadimda  insonlar  o’zlarini  mukammallashtirish  uchun  bilim  olganlar,  xozir  esa 
boshqalarni xayron qoldirish uchun o’qiydilar.
 
 
Tartib bor  mamlakatda  xarakatlarda va so’zlashishlarda botir bo’ling, tartib  yo’q 
mamlakatda esa 
xarakatlarda faol bo’ling, ammo so’zlashishda ehtiyotkor bo’ling.
 


222 
 
 
Boshqalarni  o’zingdek  xurmat  qilishga  intilish  va  ular  bilan  o’zingizga  qanday 
munosabat  istasangiz,  shunday  munosabatda  bo’lish  –
  insonparvarlikning 
asosidir. 
 
O’zining  bilmasligini  bilgan
  xolda  bilim  olishga  intilgan  kimsalargagina 
maslahatlar bering. O’zining orzularini
  yaxshilab 
tushuntira  olmaydigan  kimsalarga  yordam  berishga  xarakat  qiling.  Kvadratning 
bir  burchagini  tushuna  olib,  qolgan  uch  burchagini  tasavvur  qila  oladigan 
insonlarga
gina ta’lim berish maqsadga muvofiqdir.
 
 
Atigi  ikki  insondan  iborat  bo’lgan  jamoada  ham  ulardan  nimanidir  o’rganish 
mumkin - 
ularning ijobiy tomonlarini o’zlashtirish va kamchiliklaridan ibrat olish 
lozim. 
 
Oqil inson yolg’iz qolmaydi, u albatta o’z xamfik
rlarini topadi. 
 
Oqil  inson  keng  bilim  doirasiga  va  katta  ruxiy  quvvatga  ega  bo’lib,  uning  ishi 
og’ir va yo’li uzoq bo’ladi.
 
 
Xozirgi  vaqtdagi  eng  birinchi  xatoingiz 

 
o’zining  ilgarigi  xatolaringizni 
tuzatishga intilmasligingizdir. 
 
Agar  ishga  juda  ham 
berilib  ketsangiz,  rahbarning  iltifotidan  mahrum  bo’lasiz, 
agar do’stlikda juda ham bag’ri kenglik qilsangiz, do’stlarning iltifotidan mahrum
 
bo’lasiz.
 
 
Agar  insondagi  tarbiyani  tabiiylik  bosib  ketsa,  u  yovvoyi  bo’ladi,  ammo  agarda 
undagi  tarbiyalilik  tabi
iylikni  bosib  ketsa,  u  yozma  ma’lumotlarning  bilimdoni 
bo’lib qoladi. Tabiiylik va tarbiyalilik muvozanatda bo’lgan kimsalargina xaqiqiy 
oqil inson hisoblanishi mumkin. 
 
Agar  o’zing  to’g’ri  bo’lsang,  barcha  ko’rsatmalaringni  buyruqsiz  ham 
bajarishaveradi. 
Ammo  agar  o’zing  ham  egri  bo’lsang,  buyruq  berilsa  ham, 
ko’rsatmalar bajarilmaydi.
 
 


223 
 
Agarda  ezgu  ishlar  qilish  imkoniyati  bo’lsa,  xatto  ustozni  ham  oldinga  o’tkazib 
yubormang. 
 
Agar senda yomon niyat bo’lmasa, yomon ish ham qilmaysan.
 
 
Agarda  inson  qat’iy,  bir  so’zli,  oddiy  va  kamgap  bo’lsa,  u  insoniylikka  juda 
yaqinlashgan bo’ladi.
 
 
Yomon  narsa  xaqida  shikoyat  qilish 

 
yomonlikni  ikki  marta  ko’paytirishdir, 
uning ustidan kulish esa 

 
uni yo’qotish bilan barobardir.
 
 
Barcha jinoyatlar ichida eng og’iri –
 vijdonsizlikdir. 
 
Bema’ni so’zlar o’yini yaxshi ishlarni yo’qqa chiqaradi, mayda
-chuyda jihatlarga 
e’tibor bermaslik esa buyuk ishlarni tugatadi.
 
 
Xaqiqiy inson barcha narsaga o’z kuchi bilan erishadi.
 
 
Yoshlarga  kamsitish  bilan  munosabatda  bo’lish  yaramay
di,  chunki  ular  katta 
bo’lganlarida buyuk insonlar bo’lib etishishlari mumkin.
 
 
Xech  bir  inson  xato  qilishdan  xoli  emas,  uning  qilgan  xatolarini  ko’rib,  uning 
insoniylik darajasini bilish mumkin. 
 
Ishonchga sazovor bo’lmagan inson bilan biror ish qilish ma
qsadga muvofiq emas 

 
chunki o’qi yo’q aravada yurib bo’lmaydi.
 
 
Agarda  davlat  aql  bilan  boshqarilsa,  etishmovchilik  va  kambag’allik 
uyat 
hisoblanadi,  ammo  agarda  davlat  aqlga  muvofiq  ravishda  boshqarilmasa,  boylik 
va obru-
e’tibor ham uyat hisoblanishi
 lozim. 
 
Faqatgina foyda olish uchun xarakat qilish yomonlikni ko’paytiradi.
 
 
Agar so’zlashishni va so’zlar ma’nosini bilmasang, insonlarni tushuna olmaysan.
 
 


224 
 
Maqsadi bir bo’lmaganlar birgalikda reja tuzmaganlari ma’qul.
 
 
Agarda so’zlar o’z ma’nolarni yo’qotsalar, insonlar ozodlikni yo’qotadilar.
 
 
Agar  kimdir  o’z
-
o’zini  anglay  olmasa  va  biror
-bir  nimaga  qattiq  berilib  ketsa 

 
ko’rib turib, ko’rmaydi, eshitib turib, eshitmaydi va sezib turib, sezmaydi.
 
 
Insonlar  qadimda  ko’p  gapirishni  yoqtirmaganlar,  ular  o’z  so’zlariga  javob  bera 
olmasliklarini sharmandalik deb tushunganlar. 
 
Insonlar  kambag’allikdan  va  xech  kim  ularni  tanimasligidan  qo’rqadilar;  ammo 
agar  unisidan  ham, bunisidan  ham qutulishning imkoni bo’lmasa, u  xolda bunga 
ko’nikish ma’qul bo’ladi.
 
 
Insonlar o’zlari uchun boylik va shon
-
sharaf istaydilar; ammo agar bularga to’g’ri 
yo’l bilan erishib bo’lmasa, ulardan voz kechgan ma’qul.
 
 
Sukut saqlash 

 
yaxshi do’st, u hech qachon aldamaydi.
 
 
Dono  inson  xayajonlanishni  bilmaydi,  odamiy  inson  tashvishni  bilmaydi,  botir 
inson esa qo’rquvni bilmaydi.
 
 
Boshqa  insonlar  seni  tanimasligidan  bezovta  bo’lmagin,  ammo  sen  insonlarni 
bilmasligingdan bezovta bo’lishing mumkin.
 
 
Qo’shnining  tomida  qor  yig’ilib  qolgani  tufayli  shikoyat  qilishdan  avval  o’z 
ostonangni tozalab ol. 
 
O’zingizdan ma’naviy jihatdan pastroq bo’lgan kimsalar bilan do’stlashmang.
 
 
Meni boshqa insonlar tushunmasliklaridan hafa bo’lmayman, ammo  men boshqa 
insonlarni tushuna olmasligimdan xafa bo’laman.
 
 


225 
 
So’zlashishga  loyiq  inson  bilan  so’zlashmaslik  –
 
bu  insonni  yo’qotish  bilan 
barobar.  So’zlashishga  noloyiq  inson  bilan  so’zlashish  esa  –
 
so’zlarni 
yo’qotishdir. Dono inson esa insonlarni ham, so’zlarni ham yo’qotmaydi.
 
 
Taqdirni  anglamasdan  turib,  oqil  inson  bo’lish  mumkin  emas.  Burchni 
anglamasdan  turib,  xayotda  to’g’ri  yo’l  topib  bo’lmaydi.  So’zlarning  asl 
ma’nosini anglamasdan turib, insonlarni bilib bo’lmaydi.
 
 
Oliy xaqiqat va pastkash tentaklik xech qachon o’zgarmaydi.
 
 
Tartib-
qoidalarni o’zlashtirmay, biror
-
bir darajaga erishib bo’l
maydi. 
 
Kimdir so’radi: «Yomonlikka yaxshilik qilish kerakligi rostmi?»
 
Ustoz  javob  berdi:  «U  xolda  yaxshilik  qanday  qaytariladi?  Yomonlikka  o’ziga 
mos bo’lgan javob beriladi, yaxshilikka esa yaxshilik qaytariladi»
 
 
Xozirgi  paytda  ota-onalarni  xurmat  qilish 

  ularni  boqishni  eplash  deb 
tushuniladi.  Ammo otlar  va itlar  ham ovqatlanishni  istaydilar. Agar  izzat-xurmat 
tushunchasi bo’lmasa, bu ikki xolatni qanday qilib bir
-biridan farqlash mumkin. 
 
Yomonlik  uchun  u  nima  tufayli  qilinganiga  qarab  baho  bergin,  yaxshilikka  esa 
yaxshilik bilan javob ber. 
 
O’z  tabiiy  xususiyatlari  bilan  insonlar  bir
-birlariga  juda  yaqinlar,  ammo  odatlari 
bo’yicha esa bir
-birlaridan juda olisdadirlar. 
 
Salgina  mehribon  bo’lishga  xarakat  qilsangiz,  yomon  ishlar  qila  olmaydigan 
bo’lib 
qolasiz. 
 
Yomon  insonlar  bilan  uchrashish  va  ularni  tinglash 

  yomon  ishlarning 
boshlanishi hisoblanadi. 
 
Tayyorgarlik ko’rmagan insonlarni urushga jo’natish ularga sotqinlik qilish bilan
 
barobardir. 
 


226 
 
Kerakli  narsalarni  bilmasdan  turib  bir  ish  bilan  shug’ullanish  o’z

o’zini 
qiynashga  aylanadi.  Bilmasdan  turib,  ehtiyot  bo’lish  qo’rqoqlikka  olib  keladi. 
Bilimsiz  botirlik  qilish  axmoqlik  bo’ladi.  Tushunmasdan  ochiq  ko’ngilchanlik 
qilish qo’pollik hisoblanadi.
 
 
Mehribon o’g’il 
- ota-
onasini o’z betobligi bilan
gina hafa qila oladigan farzanddir. 
 
O’z
-
o’zini  enga  olish  va  burchlariga  sodiq  bo’lish  –
  xuddi  shu  sifatlar  xaqiqiy 
insoniylikdir.  Insoniy  bo’la  olish  yoki  bo’la  olmaslik  faqat  o’zimizgagina 
bog’liqdir.
 
 
Oqil inson bilan uchrashganda, uningdek bo’lishni o’ylagin. Pastkash inson bilan 
uchrashganda esa, o’zingga e’tibor ber va o’zing xaqingda fikr qil.
 
 
Aqlli  inson  bilan  birga  bo’lganda  uch  xatoga  yo’l  qo’yish  mumkin:  bu  so’zlar 
unga etib bormasligini anglab  turib unga  gapirish 

 bu  yangilishish,  gaplar  unga 
etib borishini bilib turgan xolda unga gapirmaslik 

 bu biqiqlik, uning chehrasini 
kuzatmasdan turib unga gapiraverish 

 
bu ko’rlik.
 
 
Eng  munosib  insonlar  dunyodagi  barcha  kishanlardan  xoli  bo’lganlar,  ulardan 
so’ng  bir  joyga  yopishib  olishdan  qochganlar
 
yurganlar,  ulardan  so’ng  esa 
dunyoviy  ne’matlarga  asir  bo’lishdan  qochganlar  yurganlar,  ulardan  so’ng  esa 
yomon so’zlarni aytishdan qochganlar yurganlar.
 
 
Yaxshi  boshqaruv  siri  quyidagilardir:  rahbar  - 
rahbarday  bo’lshi,  xizmatchi 
-
xizmatchiday bo’lishi, 
ota - 
otaday bo’lishi va o’g’il esa o’g’ilday
 
bo’lishidir.
 
 
Jahldor insonning ichi zaharga to’la bo’ladi.
 
 
So’z to’g’ri bo’lishi kerak, xarakat esa qat’iy bo’lishi lozim.
 
 
Ota-onaga  xizmat  qilishda  ularga  iloji  boricha  yumshoq  gapiring.  Agar  sizning 
maslah
atlaringiz  ish  bermasa,  ilgarigidek  izzatli  va  iltifotli  bo’ling.  Agarda 
qalbingiz tug’yonga kelsa ham, o’zingizning norozi ekanligingizni bildirmang.
 
 
Mukammal  inson  barcha  xatolarni  o’zidan  qidiradi,  pastkash  insonlar  esa 
boshqalarni ayblaydi. 


227 
 
 
Miltiqdan 
o’q  uzish  bizga  xaqiqatni  qanday  qidirish  kerakligini  o’rgatadi:  agar 
mergan  nishonga  ura  olmasa,  boshqalarni  ayblamaydi,  balki  xatoni  o’zidan 
qidiradi. 
 
Ayollar va pastkash insonlar bilan yaxshi munosabatlar o’rnatish juda qiyin: Agar 
ularni  o’zingga  yaq
inlashtirsang,  ular  xaddan  oshib  ketadilar,  agar  ularni 
o’zingdan uzoqlashtirsang, seni yomon ko’rib qolishadi.
 
 
Keyinchalik  vujudga  keladigan  qiyinchiliklar  xaqida  o’ylamaydiganlarni  yaqin 
oradagi noqulayliklar kutadi. 
 
Xaqiqiy  insonparvar  odamgina  dildan  sevadi  va  nafratlana  oladi.  Eng  dono 
va eng tentak insonlarnigina o’qitib
 
bo’lmaydi
 
Ko’pincha juda chiroyli so’zlaydigan va tashqi ko’rinishi kishini o’ziga tortadigan 
insonlar xaqiqiy inson bo’lmaydilar.
 
 
O’z  uyidagilarni  yaxshilikka  etaklay  olmagan  inson  o’zi  ham  biror  bir  narsani 
o’rgana olmaydi.
 
 
Fikrlamasdan  o’qiydigan  inson  qattiq  yanglishadi,  fikrlaydigan,  ammo  o’qishni 
istamaydigan inson esa qiyinchiliklarga duch keladi. 
 
O’tmishdagi  ma’lumotlardan  foydalanib,  yangi  narsalar  kashf  qila  oladigan 
ins
ongina ustoz bo’lishga loyiq hisoblanadi.
 
 
Aql  bilan  ish  ko’rish  uchun  har  bir  insonda  uch  imkoniyat  mavjud:  birinchi  va 
maqbuli 

  fikrlash;  ikkinchi  va  eng  yengili 

 
boshqalarga  o’xshash,  uchinchi  va 
eng qiyini 

 tajriba. 
 
Bosiq vazmin inson kamroq adashadi. 
 
Boshqa  insonlarni  ham  xuddi  o’zingizdek  xurmat  qilish  va  biz  o’zimiz  uchun 
nima  qilishlarini  istasak,  u  bilan  ham  xuddi  shunday  muomala  qilish 

  bundan 
afzalroq munosabat turi bo’lmaydi.
 


228 
 
 
Doimo o’zingizdagi bilimlar kam ekanligini sezgandek va har doim ularni yo’qotib 
qo’yayotgandek o’qing.
 
 
Xatolarini bilib turgan xolda, ularni o’zi tan olgan insonni topish juda ham qiyin.
 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish