Pedagogika nazariyasi va tarixi
Yusupova Umida
Pedagogika va Psixologiya fakulteti
PP(s)-1-1guruh talabisi
2021-yil
Mavzu.Zamonaviy pedagog qanday bo`lishi kerak.
Reja.
1.Pedagog haqida tushuncha.
2.Pedagogika haqida tushuncha.
3.Pedagogda qaysi hislatlar bo`lishi kerak.
4.Zamonaviy pedagog qanday bo’lishi kerak.
5.Pedagogning oliy maqsadi .
PEDAGOG. (paida-bola,gogos-yetaklovchi) atamasi qadimiy bo`lib,”bola
yetaklovchi” degan ma`noni bildiruvchi grekcha “pedagogos”so`zidan kelib
chiqqan.Tarixiy manbalarda,qadimgi Yunonistonda o`z xo`jayinining bolalarini
sayr qildirgan,ehtiyot qilgan “pedagog” (bola yetaklovchi) deb
atalgan.Keyinchalik esa ,maxsus o`qitilgan va pedagoglikni o`ziga kasb qilgan
kishilarni pedagog deb atala boshladi.
PEDAGOGIKA.(yun.paidagogike)-tarbiya ,ta`lim hamda
ma`lumot berishning
nazariy va amaliy jihatlarini o`rganuvchi fanlar majmuasi.Ped .institutlari va ayrim
boshqa o`quv yurtlarida mutahasislik dasturi asosida o`rganiladigan o`quv
predmeti ham Pedagogika deb yuritiladi.Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining
nazariy asoslari bilan shug`ullangan. Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda
kattalarning ham o`quv – tarbiyaviy,madaniy hamda ma`naviy ma`rifiy tarbiyasi
bilan shug`ullanishni kozda tutadi. O`zbekiston Respublikasida pedago`gikaga
barkamol shaxs ma`naviyatini shakllantirishning asosiy vosiytasi sifatida
yondashiladi .
Pedagogika tarbiya jarayoning qonunyatlari ,tarkibi va uni tashkil etish
mexanizmlarini tadqiq etadi,tarbiyaviy va o`quv ishlarining
mazmuni,tamoyillari,ularni tashkil etish shakli,usul hamda yo`sinlarini belgilab
beradi.
Shaxsni tarbiyalash,o’qitish va shakillantirish Pedagogikaning asosiy funksiyasi
hisoblanadi.Shaxsni tarbiyalash Pedagogikadagi asosi tushuncha sanalib,oil ava
jamiyatning barkamol shaxsni shakillantirishga yo’naltirilgan birgalikdagi
faoliyatni anglatadi.Tarbiya yordamida inson shaxsining manaviy jihatlarini qaror
toptirish ko’zda tutiladi.Dunyo qarash,e’tiqod,ezgulik,go’zllik,yaxshilik,adolatga
doir qarash va ko’nikmalarning shaxs sifatiga aylantirishni tarbiya yordamidagina
amalga oshiriladi.
Inson va uni shakillantirishga doir fan sifatida Pedagogika
falsafa,etika,estetika,ma’daniyat shunoslik,psixologiya,iqtisodiyot
shunoslik,demografiya,tarix,adabiyot,tibbiyot va boshqa fanlar bilan uzviy
bog’liq.Pedagogika fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarni nazariy
asoslari,tadqiqot metodlari,ilmiy hulosalarni aniqlash tahlil qilish hamda
umumlashtirish usullaridan foydalaniladi.