O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


 – o‘quv savoli. Nazariy mashg‘ulotlar (ma’ruza, suxbatlar), amaliy



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/289
Sana14.01.2022
Hajmi4,77 Mb.
#363104
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   289
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi

 
2 – o‘quv savoli. Nazariy mashg‘ulotlar (ma’ruza, suxbatlar), amaliy,  
ko‘rgazmali va nazorat mashg‘ulotlari. 
 
Nazariy  mashg‘ulotlar (ma’ruza,suhbat) - og‘zaki  bayon  uslubi  bilan o‘tkaziladi, ular  
o‘rganiladigan  bo‘lim  bo‘yicha  ilmiy  bilimlar  asosini  berishi, dialektik  o‘zaro  bog‘liklikda  
o‘quv    materiali      murakkab    savollarini    ochib    berishi,  talabalar  ijodiy  fikrlashining 
rivojlanishini  va  ulardan  to‘g‘ri  dunyoqarishni  shakllantirishga  yordam  berishi,  nazariya  va 
amaliyot  dolzarb  masasalari,  fanning  zamonaviy  yutuklarini  aks  etishi  va  mashg‘utlotlarning 


Boshqa to‘rlari va talabalar mustaqil  ishini tashkil etish va o‘tkazish uchun asos bo‘lishi kerak. 
Namunaviy  mashg‘ulotlar  ularni  o‘tkazish  namunaviy  tashkiliy  uslubiyoti,  kurollanishi,  xarbiy 
texnika muxandislik kurilmalardan foydalanishning eng uslublari hamda talabalarni harbiy qism  
shaxsiy  tarkibi  joylashuvi  va  xayoti,  kurollanishi  va  jangovor  texnika  bilan  tanishtirishni 
namoyish  etish maqsadida o‘tkaziladi. 
Amaliy  mashg‘ulotlar  qurollanish,  asboblar  va  jangovor  texnikani  amaliy  uzlashtirish, 
ularni  tadbiq  qilish,  ishlatish  va  saqlash  uslublarini  egallash,  ma’lum  bir  ko‘nikmalarni  ishlab 
chiqish  va  turli  xil  usul  va  harakatlarni  bajarish,  normativ  va  ta’lim  dasturiga  muvofiq  boshqa 
savollarni ko‘rib chiqish maqsadida o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlarda  talabalar bilan olingan 
bilim va ko‘nikmalar takomillashtiriladi. O‘quv joydagi har bir talabaning amaliy ishi uning bosh 
mazmunini  tashkil  etadi.  Amaliy  ta’limning  yakuniy  bosqichi  amaliy  mashg‘ulot  hisoblanadi. 
Ular,  odatda  joylarda  o‘tkaziladi.  Taktik  mashg‘ulotlarda  talabalarga  askar,  kuzatuvchining 
jangovor  muxitidagi  amaliy  majburiyatlarni  bajarish  bo‘yicha  ko‘nikma  va  qobiliyatlar 
singdiriladi,  o‘quv  savollar  o‘ylab  qo‘yilgan  reja  va  taktik  sharoitga  ko‘ra  tartib  bilan  ishlab 
chiqiladi. 
Nazorat  mashg‘ulotlari  yakuniy  baxolarni  chiqargan  xolda  talabalarning  bilimi  va 
amaliy ko‘nikmalarni darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
YOzma ish – nazorat shakllaridan biri, u nafaqat o‘tilgan materialning o‘zlashtirilganini, 
balki  talabalarning  o‘z-fikrlarini  to‘g‘ri  bayon  etish,  aniq  vazifani  batartib  bajarish  qobiliyatini 
tekshiradi.  Darsda  yozma  ishlar  sifatida  savollarga  yozma  javoblar  talab  qiladigan  yoki 
dasturlashtirilgan  nazorat  vositalari  javoblar  yordamida  echiladigan  masalalardan    foydalanishi 
mumkin. 
Boshqa  mashg‘ulot  kabi  o‘smirlarni  chaqiriqqacha  tayyorgarligi  bo‘yicha  mashg‘ulot 
(dars) ham uch qismdan iborat: kirish, asosiy va yakuniy. 
Kirish  qismi  –  fan  xususaiyatlari  va  mashg‘ulotni  (dars)  o‘tkazish  uslubiyoti  bilan 
aniqlanadigan  belgilar,  miqdor  va  mazmundan  tuzilgan  chaqiriqqacha  tayyorgarlikning  har  bir 
darsi  majburiy  belgisi  vzvod  sardori  boshqaruvida  vzvodni  safga  tortish  va  mashg‘ulotga 
tayyorlik haqidagi uning harbiy rahbarga bergan hisoboti hisoblanadi. Bunda buyruqlarni berish 
va ularni bajarish harbiy nizomga to‘g‘ri kelishi shart. Harbiy rahbar talabalarga faqat “Siz” deb 
murojaat qilishi kerak. 
Eng kam vaqtni egallaydigan kirish qismi katta tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lishi; talabalar 
faoliyatiga  to‘g‘ri  yo‘nalish  berishi  kerak.  Bunga  maqsad  va  vazifalar  shakllarini,  qiziqarli 
misollarni to‘g‘ri tanlash orqali erishiladi. 
Ilgari  o‘rganilganmaterial  o‘zlashtirishini  tekshirish  takrorlash  va  nazorat  hamda 
talabalarni  yangi  materialni  o‘zlashtirishga  tayyorlashni  maqsad qilib qo‘yadi, harbiy  rahbar  uy 
vazifasini hamma bajarganini tekshiradi, odatiy holatlarga e’tibor beradi, talabalarning individual 
tayyorgarligini  baholaydi. 
Asosiy  qismda  -  harbiy  rahbar  mavzu,  o‘quv  maqsadlarini  va  ularni  tadbiq  qilish 
yo‘llarini  e’lon  qiladi,  talabalar  qiziqishi  shakllanishi  uchun  maqsad  va  vazifalarni  to‘g‘ri 
qo‘yish  katta  ahamiyatga  ega.  Xarbiy  rahbar  so‘zlarida    talabalar  oldigan  bilim  va  amaliy 
ko‘nikmalarning  muhimligi  va  kerakligini  xis  etishi  kerak.  Harbiy    rahbar    talabalarda    bor  
bo‘lgan    bilim,    ko‘nikma    va  qobiliyatlarga    tayangan    holda    tushunarli,    ishonchli    shaklda  
yangi  materialni  bayon  etish  kerak, materialni  u  usul, xarakatlarning belgilari  bo‘yicha  yoki  
butunligiga    aniq,    tartibli    ko‘rsatish    orqali    tushuntiradi.  Harbiy    rahbar    tomonidan    safdagi  
usul,    joyda    xarakatlar    yoki    avtomatni    qismlarga    ajratish    va    yig‘ish    tartibini    namunali  
ko‘rsatish  ta’limning  eng  samarali  usuli sifatida  o‘zini  oqladi. 
Amaliy  harakatlarni  o‘rganishda odatda quyidagi  tartiblilik  qo‘llaniladi: 
1) Ta’lim  oluvchi  bilan  erishishi  kerak  bo‘lgan  tezlikda,  bajarish  qoida  va tartibini    
tushuntirgan  holda  harbiy  rahbar  tomonidan  o‘rganilayotgan  xarakatni  ko‘rsatish; 
2)  Ishlab    chiqarilayotgan    xarakatni    belgilarga    bo‘lib,    ularni    sekinlashtirilgan  
tezlikda  ko‘rsatish; 


3)Ta’lim    oluvchilar    bilan    ko‘rsatilayotgan      belgilarni,  avval    sekin,    so‘ng    normal  
tezlikda  anglash,  sinab  ko‘rish  va o‘rganish. 
4)  Alohida    belgilarni    umumiy    xarakatga    sekin-asta    qo‘shish    va    uni  ko‘nikma  
ishlab    chiqarish    maqsadida    ko‘p    marta    takrorlash    va  berilgan    normativgacha    etkazishni  
esda tutish  kerakki, agar ta’lim  boshida  ko‘nikma haqida  to‘g‘ri tassavur  yaratilmasa, to‘g‘ri   
ko‘nikma  ishlab  chiqarib  bo‘lmaydi. Harbiy  rahbar  bilan  ko‘rsatish-bu  talaba  intilishi  kerak  
bo‘lgan  namuna. 
Bayon  etishni  talabaga  yanada  tanish  aniq va yanada  aniq  bo‘lgan  materialardan,  
asta – sekin  uni murakkablashtirib, mavhum  tushunchalarga  o‘tgan  holda  boshlash  kerak. 
Tushuntirishni    soddadan    murakkabga,    xususiydan    umumiyga  (indtvidual    uslub)  
yoki    aksincha,  avval    hodisa  tushunchasini  berib,  so‘ng  esa  uni    asoslab,sabab-natija  
borliqdagini    ochib    tushuntirish    kerak.  Amaliyotda    ikki    usulni    bir    darsda,  ya’ni    o‘quv 
materialini  kismlarga  bo‘lib,  birinchi induksiya  usulidan  foydalangan  holda  muvaffaqiyatli  
olib borish, boshqasini  esa  deduktiv  uslubni  qo‘llangan  holda  tatdiq  qilish  mumkin. 
O‘quv  materialini  qismlar  bo‘yicha  bayon  etganda,  avval  bayon  etilgan  material  
bilan aytilayotgan  qoidalar  bog‘lanishi va ichki  fan va fanlararo  bog‘likliklarni  hisobga  olgan  
holda  keyingi    material    qismi    uchun    asos    bo‘lib    xizmat    qilishi    uchun    uning  tuzilishi  
mantiqiyligiga  qarash  lozim. 
Bayon  etilgan  material  talabalar bilan to‘la o‘zlashtirilishi uchun ba’zi bir qoidalarga 
rioya qilish kerak:  
1. Umumiy va ortiqcha fikrlashlardan qochish fikrni aniq va lo‘nda ifoda etish; 
2.  Kirish  so‘zi,  uzun  gaplarni,  ehtiyojsiz  ergashgan  qo‘shma  gaplar  va  sifatdoshlarni 
ishlatmaslik; 
3. Imkon boricha murakkab atamani sodda tushuncha bilan chet tili so‘zini esa ona-tili 
so‘zi  bilan  almashtirish;  talabalar  uchun  yangi  bo‘lgan  so‘zlar  va  tushunchalarni  sinf  yozma 
taxtasiga yozib chiqish lozim; 
4.  Materialni  tartib  bilan  bayon  etganda,  uni  aloxida  belgilarga  (dalillar)  bo‘lish 
maqsadga muvofiq. 
Darslarda  talabalarning  diqqat-e’tibori  va  faoliyatiga  erishish  oxiri  qoidani  esda tutgan 
holda rioya qilish sust bo‘lsa, xech qanday pedagogik ta’sir etish vositalari chuqur va mustaxkam 
bilimlar bilan ta’minlay olmaydi. 
Darsdagi  mustaxkam  e’tiborga  talabalarda  o‘quv  materialiga  qiziqish  uyg‘onishi  va 
muntazam  ushlab  turishi  bilan  erishadi.  Ma’lumki,  qiziqishni  butun  dars  mobaynida  ushlab 
turishdan  ko‘ra  uyg‘otish  engilroq,  talabalarni  qiziqtirish,  ongli  faoliyatini  faollashtirish,  butun 
dars  mobaynida  mavzuga  bo‘lgan  qiziqishni  saqlab  qolish  vazifasi  turlicha  hal  qilinadi.  Bu 
harbiy  rahbar  individual  xususiyatlari,  uning  tayyorlanganligi  pedagogik  tajribasi  va  xokazo  ga 
bog‘liq. Darsda o‘quv materialini bayon etishda talabalarga savol berish tavsiya etiladi. 
Talabalar  harbiy  rahbar  savol  berib  qolishi  ehtimolida  uni  diqqat  bilan  eshitadilar. 
Talabalar javobi o‘quv materiali o‘zlashtirilgani darajasi haqida xulosa qilishga imkon beradi. 
O‘quv  materialini  og‘zaki  bayon  etishda  nafaqat  nutq  madaniyati  tilning  sofligi, 
extiyojsiz ishlatiladigan ortiqcha so‘zlarning yo‘qligi (aytiladi, shunga o‘xshash va xokazo) balki 
buyruq berish tiliga xos bo‘lgan aniqlik, to‘g‘rilik, ifodalilik muxim. Buning xammasiga mashq 
qilish orqali erishiladi va harbiy rahbar doimiy mustaqil ishi natijasi hisoblanadi. 
Darsni  qiziq    olib    borish    qobiliyati    tez    o‘zlashtirilib    olinmaydi    faqat    o‘quv  
materialini  bilish  bu  uchun  kamdir.  Bir  xilda  darsda  talabalarning  chalg‘ish, tushuntirishlar  
quruq  til  bilan bir xil ohangda,  zerikarli  olib borilgani uchun  bu  tushuntirishlari   eshitmay  
o‘tirishlari  kuzatiladi.  Odatda    bunday  qvituvchi    talabalarining  o‘zlashtirishi    yuqori 
emas.Bunga    yo‘l    quymaslik    uchun    harbiy    rahbar  og‘zaki    bayon    etish    uslubiyotni  yaxshi  
bilishi  va  muntazam    ravishda    nutq    madaniyatini  takomillashtirishi  kerak.  CHaqiriqqacha  
tayyorgarlik  darslari samaradorligi uchun tashqi  ko‘rinish, turish, gapirish  shakli kabi  harbiy  
rahbarning  individual  xislatlari  katta  axamiyatga    ega.  Keyingi  ozodalik,  saramjonliligi,  harbiy  


qiyim  O‘zR    Qurolli    Kuchlari    nizomi  bilan    aniqlagan    harbiy  xusumatchilariga    bo‘lgan 
majburiy  talab. 
YAkuniy  qismi - bu  natijalarni jamlashdir. Darsning  bu qismi talabalarga o‘rganilgan  
material bosh  savollari,  nazariy bilim va amaliy  qo‘niqmalar borligini  eslatishni maqsad  qilib 
qo‘yadi.Harbiy  rahbar bu  qisqa  vaqt ichida darsning asosiy  mazmunini  qayta  aytib  o‘tadi, 
ijobiy  tomonlar va nuqsonlarni ko‘rsatadi. 
Mustaqil  tayyorlanish  uchun vazifa  berganda  harbiy  rahbar mavzuning vazifa qaysi  
bo‘limlarini  qanday  qilib  mustaqil    o‘rganish    mumkin,  o‘z    ishini  yaxshi  tashkil  qilish  
mumkinligini tushuntirib o‘tadi. Mustaqil ishga ko‘rsatmalar  aniq, lo‘nda va tartib bilan berilishi 
kerak.YAkuniy  qismga  bir  soatlik  mashg‘ulotning  5/7 qismi ajratiladi, harbiy  rahbar  yuqori  
shahsiy    tashqililigi  va  o‘ziga  muntazam    ravishda    talabchanligi  sharti    bilan    mashg‘ulotlarni 
yaxshi  tashkil  qilish  mumkin. 
a)  Dala  mashg‘ulotlarini    o‘tkazishda   avtomatdan   o‘q  otishni  tashkil    qilish  va  taktik 
tayyorgarlik  savollarini  ishlab    chiqish  borasidagi  savollarga  harbiy    rahbarning    katta    e’tibor  
bernishi talab etiladi. 
U    xavfsizlik    choralari  qisqa  vaqtli    harakatning    bir  martalik  jarayoni  emasligigini 
bilishi  kerak,  odatda    ular  mashg‘ulotni    tayyorlash  va  o‘tkazishning    barcha  bosqichlarida  
muntazam o‘tkaziladi. 
Mashg‘ulotni tayyorlash va o‘tkazish  paytida xavfsizlikni ta’minlashga  bo‘lgan muhim  
talablar  quyidagilar:  sanitariya    ahvoli    noma’lum    bo‘lgan  joyda    mashg‘ulot    o‘tkazish    man  
etiladi; Mashg‘ulotlar  uchun mozorlarga   yaqin  joy  erlardan, oqar  suv  tushadigan  joylardan  
foydalanish qatiyan man  etiladi; 
taktik mashg‘ulot va harbiylashtirilgan o‘yinlarda  jangovor va kichik kalibrli  o‘qlarni  
ishlatish,  o‘quv  qurolidan  turli  o‘qlar  bilan  o‘q    otishlar,  topilgan  portlamay    qolgan  granata, 
snaryad,  mina  va  boshqa  portlaydigan  narsalarni  tegish    qatiyan  man    etiladi.  (ta’lim  
oluvchilarda  topilgan o‘q va portlaydigan narsalarni darhol  olib  qo‘yish kerak); 
o‘qsiz  patronlarni    ishlatish,  paketlar  va  signal  potronlarini  portlatish    faqat    mashqda 
qatnashayotgan    harbiy    xizmatchilar,  harbiy    rahbarga  xavfsizlik    choralariga    rioya  qilgan  
ruxsat  beriladi; 
o‘qsiz patronlarni  faqat  jangovor  quroldan  otishga ruxsat beriladi; 
o‘quv  granatalarini    mashg‘ulot    qatnashchilaridan    70-100    m    bo‘lgan    masofadan  
otishga  ruxsat  beriladi; 
taktika    yoki    harbiy    topografiya    bo‘yicha    mashg‘ulotlarda    transport    yuradigan  
yo‘llarni    o‘tayotganda,  er    joyi    chegaralarida  qizil    bayroq    bilan  belgi    beruvchilarni  
joylashtirish   lozim,  saf   tortib    yo‘llar  va  aholi    shahobchalaridan   yo‘l    cheti   bo‘ylab   o‘tishi  
kerak.Kolonna  oldi  va    orqasida    hali  qizil    bayrokli    belgi    beruvchilar    yurishi  kerak(tungi  
paytda yoritgichlar  bilan). 
b)  o‘q  otish    tayyorgarligi    bo‘yicha    taktik    mashg‘ulotlarni  o‘tkazishda    o‘q    otish 
tayyorgarligini   mashg‘ulotlaridagi  xavfsizlik,avvalam  bor, ularning yaxshi tashkil qilinganligi, 
choralari    ta’lim    oluvchilar    mashg‘ulotlarga    jalb    kilingan    butun    shaxsiy  tarkibi    yuqori 
intizomi,    mustahkam    bilim    va  xavfsizlik    qoida  va  choralariga    aniq,  rioya    qilish    bilan  
ta’minlanadi. 
harbiy  xona, o‘quv joylarida  mashg‘ulotlar  paytida  tanaffusda  man  etiladi: 
sardor  ruxsatsiz  qurolni  olish; 
o‘smirlarni  chaqiriqqacha  tayyorgarligi  dasturini  bajarish  bilan  bog‘lik, bo‘lmagan  
maqsadlar    uchun    o‘quv    quroli,  kichik    kalibri,    pnevmatik    miltiklar  va  ular    patronlarini  
ishlatish; 
odam, hayvon  va havoga  qurol,  shu  bilan  birga  o‘quv  qurolini  yo‘nalishtirish; 
qarovsiz  qurolni tashlab  ketish; 
miltik  patronlari,  qo‘l  granatalari  piltasi,    qurol  juvalangan  va  mustahkamlangan  
kismlarini  ajratish; 


olib  o‘tishda  o‘quv  quroli  va kichik  kalibri, pnevmatik  miltiqlar  o‘qdan  chiqarilgan  
va  jildangan    bo‘lishi  shart.  Kurolni    o‘quv    binolari  va  dala,  o‘t    otish    moslamasi    xonasida  
faqat  “kamarga” yoki “elkaga”  holatida  olib  yurish  lozim; 
har  bir  mashg‘ulot  oldidan  sinfda, harbiy  xonada  rahbar barcha  qurol  va jangovor  
aslahalar  o‘quv  qurollarini  tekshirib  chiqishi  kerak. 
Ayniqsa    mashg‘ulotlarda    jangovor    namunalarini    ishlatish    imkoniyatiga    yo‘l  
qo‘ymaslik  uchun  patron, granata,  granata  piltalarini yaxshilab   ko‘rib  chiqish  kerak. 
Harbiy    rahbar    o‘quv    avtomatdagi    barcha    yog‘och    va  plastmassa    qismlar  qora  
rangga    bo‘yalishini    bilishi    kerak.  Stvol    kutichasi,  qabul  qilg‘ich    qopqog‘i,  stvol,  qo‘ndoq  
lukidon  va boshqa  qismlarga  “o‘quv”  tamg‘asi  bosiladi. Har  bir  o‘quv  avtomati, shuningdek  
ta’mirlash  organi boshchisi va o‘quv varianti  tamg‘asi ishlangan  zavodning nazorat  belgisiga  
ega  bo‘lishi kerak. Belgi avtomatik ishlab  chiqaruvchi zavod  belgisi bilan, tamg‘a esa  zavod  
tamg‘asi bilan  yonma-yon  qo‘yiladi. 
“O‘quv    avtomati    stvoli  og‘zi  qismidan  yuqorida  va  o‘qdon  tomonidan    pastda    ikki 
taraflama    ochiq  uzun  o‘yiqqa  (50x3mm)    ega  bo‘lishi    kerak.  Stvol  kutichasiga    pastdan 
stvoldagi o‘yiqni qisman yopadigan  plastinka  payvandlanadi, Stvol  qutichasi qopqog‘i qopqoq  
oldi    devoridan  100mm  narida    ikki  taraflama  ochiq  uchun  yorivva  ega    bo‘lishi  kerak.  Tepki 
o‘tmaslashtiriladi.  (O‘tkir    qirralari  zarba  kelmasligi  uchun  ishlab  chiqiladi.  Uchining  butun  
kattaligi o‘tmaslashtiriladi). 
O‘qtalib    yasalgan  o‘quv  granatalari    O‘QG-N  (RGD-5  granatasi  qobig‘i  unga  qobiq  
bo‘lib  xizmat    qiladi)  va  O‘QGning  (qobig‘    bo‘lib    unga  f-1  granata    qobig‘i  xizmat    qiladi) 
jangovorlaridan   farqlanishi  maqsadida qora  rangga va O‘QG-N  (O‘QG) belgisi, O‘QGga   esa 
bundan tashqari uzunasiga va eniga qilib oq  chiziqlar qo‘yiladi.

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish