—
saf tayyorgarligini maqsadli va to‘g‘ri reja-lashtirish, barcha mashg‘ulotlarni aniq
tashkillashti-rish va uslubiy to‘g‘ri o‘tkazish;
—
saf nizomi talablariga qat’iy mos ravishda usullarni har bir harbiy xizmatchi ongli
ravishda o‘rganishi va keyinchalik mukammallashtirishi;
— saf tayyorgarligi bo‘yicha o‘tkazilayotgan yo‘rik-nomalarning, yo‘riq-uslubiy,
ko‘rgazmali mashg‘ulotlar va rejadagi mashg‘ulotlarning ular orasidagi katta uzilishlarsiz
doimiyligi;
— saf ta’limi ko‘nikmalariga barcha mashg‘ulotlarda, kundalik hayotdagi
saflanishlarda va harakatlarda mukammallashtirilib erishiladi.
Saf ta’limida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda ofitserlar va serjantlarning shaxsiy saf
ko‘nikmala-ri, saf usullarini namunali ko‘rsata olish va qo‘l os-tidagilarga harakatlarni
o‘rgatishda yuqori talabchan-likka rioya qilish katta ahamiyatga ega.
O‘rgatuvchi o‘z ishini mukammal ravishda bilishi, harbiy ishni sevishi kerak. Saf
mashg‘ulotlarini yuqori sifatda o‘tkazishning muhim sharti bo‘lib, ofitserlar va serjantlarning
uslubiy mahoratlarini uzluksiz rivojlantirishi, hamda bu hakda barcha dara-jadagi katta
boshliklarning qayg‘urishi xisoblanadi. Qaerdaki komandirlarning saf jihatdan uslubiy
tayyorgarligiga kundalik diqqat qaratilayotgan bo‘lsa, o‘sha erda bo‘linmalarni tayyorlashda
yuqori ko‘rsatkich-larga erishish uchun mustahkam poydevor qo‘yiladi. Mana shuning uchun
komandirlar uslubiy usullarni va ta’lim usullarini doimo hamda astoydil rivojlan-tirishlari lozim.
Saf tayyorgarligi amaliydir. Bu erda har bir usul ko‘p martali mashqlar bilan qayta
ishlanadi, bular keyinchalik ham to‘xtamaydi, to‘xtasa uni bajarishda anikdik va nafislik
yo‘qotiladi.
Saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotni, odatga ko‘ra, seksiya (ekipaj, raschyot,
guruh), vzvod tarkibida shu bo‘linmalar komandirlari rahbarligida o‘tkazish lozim.
Faqat yakka tartibdagi saf tayyorgarligi jarayoni-da harbiy xizmatchilar yo‘l qo‘ygan
barcha xatolarni ko‘rish va ularni o‘z vaqtida to‘g‘rilash mumkin. Biroq ba’zi komandirlar buni
esdan chiqaradilar va bo‘lin-mani ortidan yurib o‘rganishni asos qilib oladilar. Bunda alohida
harbiy xizmatchilarning yakka tartibda tayyorlanishidagi ko‘pgina ko‘zga ko‘rinmas kamchilik-
lari odat tusiga kiradi va bo‘linmaning o‘qish jarayo-nini sekinlashtiradi. Saf tayyorgarligi
vazifalari-ni muvaffaqiyatli echishda har bir harbiy xizmatchi-ning nafaqat yuqori darajadagi
mutaxassis bo‘lishga intilishi, balki a’lo safchi bo‘lishi ham yordam beradi.
Saf ko‘nikmalarini yaxshilash va harbiy xizmatchilarning batartibliligini kuchaytirishda
bo‘linmalar va qismlarni harbiy marosimlarda qatnashishi katta rol o‘ynaydi.
Qasamyod qabul qilish, Jangovar bayroqni chiqarib saflanish, qorovullar almashuvi va
tarqatish, umumbatalon va brigada kechki yo‘qlamalari, jangda halok bo‘lgan askarlar qabriga
gulchambarlar qo‘yish va boshqa harbiy marosimlar — askar ongiga ta’sir o‘t-kazuvchi muhim
vositalardir.
Komandirlarning vazifasi — harbiy xizmatchilarga safga va harbiy marosimlarga
bo‘lgan ehtiromni singdirish.
Yo‘riq-uslubiy va ko‘rgazmali mashg‘ulotlarni, yo‘riqlarni o‘tkazish va saf ta’limini
targ‘ibot qi-lish hamda tarbiyalash, eng yaxshi safchi-uslubchilar-ning oldingi tajribalarini keng
yoyish saf ta’limi-ning darajasi oshishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: