2 – o‘quv savoli. Boshliqlar va bo‘ysunuvchilar, kattalar va kichiklar, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri va bevosita boshliqlarning xuquqlari va majburiyatlari.
YAkkaboshchilik — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qurulishining, unga
rahbarlik qilishning va harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi uzaro munosabatlarning prinsiplaridan biri
sanaladi. U komandirga (boshliqla) bo‘ysunuvchilarga nisbatan idora qilish hokimiyatining
butun tulaligicha berilishida va harbiy qism, bo‘linma va har bir harbiy xizmatchining hayoti va
faoliyatining hamma jihatlari uchun davlat oldida shaxsiy javobgarlik uning zimmasiga
yuklanishida uz ifodasini topadi.
YAkkaboshchilik komandirning (boshliqning) vaziyatni har tomonlama baholashdan
kelib chikkan xolda yolgiz uzi qaror qabul qilish, qonun va harbiy nizomlarning talablariga
qat’iy muvofiq ravishda buyruqlar berish va ularning bajarilishini talab qilish xukukida
mujassamlashgandir.
Buyruqlarning muhokama etilishiga yul quyilmaydi, buysunmaslik yoxud buyruqni
boshqacha ijro etmaslik harbiy jinoyat sanaladi.
31.
Uz xizmat makomi va harbiy unvoniga ko‘ra ayrim harbiy xizmatchilar
boshqalarga nisbatan boshliq, yoxud buysunuvchi bo‘lishi mumkin. Boshliq bo‘ysunuvchiga
buyruqlar berish va ularning ijrosini talab qilish xukuqiga ega.
Boshliq, bo‘ysunuvchi uchun xushmuomalalik va bosiklik namunasi bo‘lishi va
takallufsizlikka ham, noxolislikka ham yul kuymasligi lozim. Bo‘ysunuvchining insoniy qadr-
kimmatini poymol etuvchi harakatlari uchun boshliq javobgar bo‘ladi.
Bo‘ysunuvchi boshliqning buyruqdarini suzsiz bajarishga majburdir. Agar u uziga
nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bulingan deb hisoblasa, buyruqni bajarib, shikoyat qilishi mum-
kin. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining noharbiy xodimlaridan bo‘lgan shaxs
egallagan lavozimiga muvofiq bo‘ysunuvchilar uchun boshliq xisoblanadi.
32.
Harbiy xizmatchilar, xizmat yuzasidan, xatto vaqtincha bo‘lsa ham, buysundirilgan
boshliqlar bevosita boshliqlar xisoblanadi. Bo‘ysunuvchiga yaqinroq bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri
boshlik, bevosita boshliq deb ataladi.
33.
Harbiy xizmatda bo‘lganlar uz harbiy unvonlariga ko‘ra boshliqlar xisoblanadi:
—
O‘zbekiston Respublikasi marshallari va armiya generallari — katta va kichik
ofitserlar, praporshiklar, michmanlar, serjantlar, askar va matroslar uchun;
—
generallar, polkovniklar va 1 - darajali kapitanlar — kichik ofitserlar, serjantlar,
starshinalar, askarlar va matroslar uchun;
—
podpolkovnik, 2 darajali kapitan, mayor, 3 - darajali kapitan harbiy unvonidagi katta
ofitserlar, serjantlar, starshinalar, askarlar va matroslar uchun;
—
kichik ofitserlar serjantlar, starshinalar, askarlar va matroslar uchun;
—
harbiy qismda birga bo‘lgan serjantlar, askarlar va matroslar uchun;
—
serjantlar— harbiy qismda birga bo‘lgan askarlar va matroslar uchun.
34. O‘z xizmat maqomi va harbiy unvoniga ko‘ra boshqa harbiy xizmatchilarga
nisbatan ularning boshlig‘i yoxud buysunuvchisi sanalmagan harbiy xizmatchilar katta yoxud
kichik bo‘lishlari mumkin.
Kattalik harbiy xizmatchilarning harbiy unvoniga qarab belgilanadi. Harbiy unvoni
bo‘yicha kattalar, kichiklar harbiy intizomni, jamoat tartibini, axlok, harbiy kiyim kechakni
kiyish va askarchasiga salomlashishni bajarish qoidalarini buzgan xollarda, ulardan bu
buzishlarni bartaraf etishlarini talab qilishlari lozim. Unvoni bo‘yicha kichiklar kattalarning
bunday talablarini so‘zsiz bajarishga majburdirlar.
35.
Bir-biriga bo‘ysunuvchi bo‘lmagan harbiy xizmatchilar majburiyatlarni birgalikda
bajaradigan xollarda, ularning o‘zaro xizmat munosabatlari komandir (boshliq) tomonidan
belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, ulardan lavozimiga ko‘ra kattasi, teng mansablarda esa harbiy
unvoni bo‘yicha kattasi boshliq sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |