Otishdagi to‘xtalishlar va ularni bartaraf etish usullari.
Miltiqni tozalash, moylash va saqlash qoida va tartibiyu Qurolni ishlatishda xavfsizlik
choralari. Qurolga qarash, uni saqlash va avaylash.
Qurolni har doim toza hamda janga shay holatda saqlash kerak. Bunga o‘z vaqtida
mohirona tozalash va moylash hamda turli xil shart – sharoitlarda to‘g‘ri saqlash va avaylash
orqali erishiladi.
Miltiqni tozalash tartibi.
Qurolni tozalanishi otishga tayyorlashda, jangovor patronlar bilan otgandan keyin
amalga oshiriladi. Tirda, dalada stvol qutuchasi, stvol kanali va zatvor tozalanadi va moylanadi.
YAkuniy qurol tozalanish otishmadan qaytgach va kelgusi 3-4 kunlarda har kuni, daladagi
mashg‘ulotdan keyin, jangdan tashqari vaqtda kunda va o‘qishlardagi tanaffus paytida amalga
oshiriladi.
Agar qurol qo‘llanmagan bo‘lsa, unda u har haftada bir marta kichik kalibrli miltiq esa
10 kunda bir marta tozalanadi.
Tozalashdan keyin qurol darhol metallga namlik ta’sir qilmaslik uchun moylanadi.
Qurolni tozalash va moylashni shu maqsadda jihozlangan stollarda, dala sharoitida esa toza
tagliklardan, taxtadan, fonerda amalga oshirish kerak.
Otishma joyida qurol otishdan keyin suyuq qurol moyi bilan tozalanadi va moylanadi.
Qurolni sovuqdan issiq joyga olib kirishdan ilgari uning ustini qurol moyi bilan
bo‘ktirilgan latta bilan artib chiqish va moy so‘rilib bo‘lgandan so‘ng tozalash tavsiya eiladi.
Qurol bevosita harbiy rahbar boshchiligida tozalanadi.Turli ob-havo sharoitlarida qurol
qism va mexanizmlarini tozalash va moylash uchun quyidagilar qo‘llaniladi: 981-75 DST li
suyuq qurol moyi, ishqalash, tozalash, va moylash uchun KV – 22 qog‘ozi va faqat stvol kanali
uchun kanop losi.
Suyuq qurol moyi o‘rniga boshqa moyni ishlatish qa’tiyan man etiladi.
Miltiqni chap qo‘l bilan ushlab turib, o‘ng qo‘l bilan shompol butun stvol bo‘ylab bir
necha bor asta surtilib chiqiladi. SHompol chiqariladi va kanop losi almashtiriladi, uni yana
qurol moyi bilan bo‘ktirilib, huddi shu tartibda stvol kanali yana tozalanadi. Bir necha bor
shunday qilinadi, so‘ngra shompol yaxshilab artib chiqiladi va stvol kanali toza quruq latta bilan
artiladi. So‘ng toza latta bilan artish kerak. Latta ko‘zdan kechiriladi, agar unda zang, kuyindi va
iflos izlari sezilsa, tozalashni davom ettirish kerak. Stvol kanali undan toza latta chiqmagunga
qadar tozalanadi. Stvol kanali old qismidan va patrondon tomondan yorug‘da tekshiriladi.
Qolgan boshqa metall qismlari latta bilan quruq qilib artiladi. Qattiq ifloslanishlarda
suyuq qurol moyi bilan tozalab so‘ng quruq qilib artiladi.
YOg‘ochli kismlarri quruq latta bilan artiladi. Tozalab bulgach har bir otuvchi
instruktorga ko‘rsatadi va uning ruxsati bilan qurolni moylashga va yig‘ishga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |