Joyda orientir (mo‘ljal) olish
- bu o‘zining turgan joyini gorizont tomonlariga va
alohida ajralib turgan mahalliy predmetlarga (orientirlarga) nisbatan aniqlash va ko‘rsatilgan
yoki tanlangan harakat yo‘nalishini aniq ushlashdir. Jangovar holatda joyda orientir olish
o‘zining turgan joyini o‘z qo‘shinlariga va dushman qo‘shinlariga nisbatan aniqlashni ham o‘z
ichiga oladi.
Joyda topografik xarita yordamida yoki xaritasiz orientir olish mumkin. Joyda xaritasiz
orientir olinganda gorizont tomonlarini aniqlab olish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |