Oddiy zamonaviy qirg‘in qurollari.
Oddiy zamonaviy qirg‘in qurollari tarkibiga oskolkali, fugasli va sharikli aviabombalar
kiradi. Oskolkali aviabombalar insonlarni qirish maqsadida qo‘llaniladi, u portlagan paytda bir
necha bo‘lakchalarga bo‘linib, 300 m gacha tarqaladi. Bu bo‘lakchalar yog‘och va devorlarni
teshib o‘ta olmaydi.
Fugasli aviabombalar kurilishlarda ko‘poruvchilik ishlari uchun mo‘ljallangan. Uning
kiruvchi kuchi yadroviy qurol kuchidan yuqori emas. Bunday bombalarning portlamay qolishi
juda xavflidir. Ular tashlangandan keyin asta-sekin vaqt o‘tishi bilan portlashi mumkin.
Piyodalarga qarshi ko‘llanadigan sharikli aviabombalar salmog‘i bir necha gramm
bo‘ladi. SHarikli bombalarning ko‘rinishi tennis sharigiday yoki futbol to‘piday bo‘lib, metal
bo‘laklarini yoki plastmassali diametri 5-6 mm bo‘lgan shariklarni biriktirib ushlab turadi.
Bombaning zararlovchi xarakatining radiusi 4,5-15 metrgacha etadi. SHarikli aviabombalar
96-640 gacha maxsus narsalar bilan o‘ralib qo‘llaniladi. Bu bombalar o‘zaro ta’sir okibatida
portlab, kassetalar erning ustini vayron qiladi. turli tomonga uchgan bo‘lakchalari 160-250
ming kv.km maydonni egallaydi.
Kassetali oq dorilar samolyotda kasseta kabi tashlanadi. Kassetada uchta oq dori
bo‘ladi. Ular erga urilishi bilan uning ichidagi suyuqlik sachrab ketadi va diametri 15 m,
qalinligi 2.5 m gazli bulut paydo qiladi. Bu bulut asta xarakat qiluvchi maxsus uskuna bilan
buziladi. Kassetali oq dorilarning portlashidagi asosiy faktorlari ovozdan ham tez tarqaluvchi
to‘lqinlardir. Pana joylar va har xil pana o‘rinlar kassetali bombalardan saqlanishni
ta’minlaydi.
O‘t qo‘yuvchi qurollar. YOndiruvchi qurollar aralashma va metal bilan ko‘llangan
termitli aralashma, shuningdek, fosforli bo‘ladi.
Papalimli aralashma tez yonuvchi suyuqlik bo‘lib, uning yonish tezligi sifatiga
bog‘liqdir. Ular 800 bilan 1200 darajagacha issiqliklagi markaz paydo qiladi. u o‘zidan qora
bulut chiqaradi va 5-10 minutgacha yonishi davom etadi. Uning yonish paytidagi issiqligi
ko‘tarilishi uchun tarkibiga uch tarzli magniy alyuminiy qo‘shiladi.
Termitli aralashmalar. Bu mexanik temir bilan alyuminiy oksidining aralashmasidir. U
maxsus tez yondiruvchi jam (pilta) bilan tenglashtiriladi. u yongan paytda katta bo‘lmagan
yolqin bilan havosiz yonib 3000 ming darajagacha issiqlik paydo qiladi. Termit yupqa temir
va po‘lat qatlamlarini oson kuydiradi.
Oq fosfor bu zaharli, havoda tez yonadigan modda. Ok fosfor 800-900 darajali issiqlikla
achchik, kalin tutunga aylanadi. Zaharlash hususiyatiga ega.
YOng‘in chiqaruvchi qurollar aviabomba sifatida qo‘llaniladi. Bu bombalar inson
uchun juda ham xavflidir. Tananing ochik joylariga tushsa kuydirib og‘ir ahvolga soladi. Bu
ok dorilar yonish paytida havoni cho‘g‘day kizdiradi, nafas olish a’zolarini kuydirib yuboradi.
YOnayotgan aralashma yakka mudofaa qurollariga yoki sirtki kiyimlarga tushsa, o‘sha narsalarni
darhol echib tashlash kerak.
YOnayotgan aralashmani yalang‘och qo‘l bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Sirtqi kiyimlarga
aralashma sachragan yoki tekkan vaqtda silkinish, qoqinish yoki yugurish mumkin emas. Bu
kabi xarakatlar yonish jarayonini yanada tezlatadi. SHunday hollarda yonayotgan kishi ustiga
kurtka, brezent, kigiz yopilsa, yoki suv sepilsa, u erga yotib ishqalansa olov o‘chadi.
YOng‘inga qarshi tadbirlar. YOndiruvchi aralashmadan himoyalanish maqsadida
mudofaa uylarini va imoratlarini qurgan paytda nam loy, ohak va sement qorishmalari bilan
suvaladi. Pana joylarga kiriladigan erlarga qurg‘oq qum, tuproq bilan birga o‘t o‘chirish
qurollari, brezent va kigiz yopib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |