2.3 XOZIRGI KUNDA YENGIL ATLETIKA
Xozirgi zamon yengil atletikasi Angliyada boshqa ma mlakatlarga
nisbatan oldinroq rasm bo’la boshladi. 1837 yili bu yerda 2 km ga o’rta
masofaga yugurishdan Regbi shahri kolleji o’quvchilarining dastlabki
musobaqalari bo’ldi.
Ko’p o’tmay, ularning tashabbusiga Iton, Oksford, Kembrij, London
va boshqa shaharlardagi kollej o’quvchilari ham qo’shiladilar. Keyin
musobaqalar dasturida qisqa masofalarga yugurish, to’siqlar osha yugurish
va og’ir narsalarni uloqtirishni qo’sha boshladilar. 1851 yildan boshlab
musobaqalar dasluriga yugurib kelib balandlikka va uzunl ikka sakrash
kiritiladi.
Keyinroq yengil atletika musobaqalari unversitetlarda ham rasm bo’la
boshladi. Bu jihatdan Oksford va Kembrij unversitetlari tashabbuskor
bo’ladi. 1864 yilda bu o’quv yurtlari o’rtasida birinchi bor yengil atletika
musobaqasi bo’lib, shundan keyin bunday musobaqalar har yili
o’tkaziladigan bo’ladi. Musobaqa dasturida yugurishning 6 ta turi va
sakrashlarning 2 ta turi kiritilgan edi. Kiyinchalik dasturda bosqon
uloqtirish va yadro irqitish bilan to’ldiriladi.
60 yillarda yengil atletika mashqlari bilan kattalar ham qiziqa
boshladilar. Yengil atletika bilan aristokratlar, sport kulublarda shug’ullana
boshladilar. Angliya aristokratlari yengil atletika sport turi bilan qiziqar
edilar-u lekin yugurish yo’lkalarida “oddiy xalq” bilan birg a bo’lishni
istamas edilar. Ayniqsa ular vurish va yugurishdan ochiq bo’lib qoladigan
“past” tabaqa vakillariga yutqazishga yo’l qo’ya olmas edilar.
Shu munosabat bilan 1864 yilda Angliya sport klublari “havaskorlik
to’g’risida nizom qabul qilib kelib, yugurish yo’laklarida aristokratlar
bilan mehnatkashlar uchrashmaydigan qilib qo’ydilar. Shu zamonga
asosan jismoniy mehnat vakillar deb e’lon qilinib, ularning
havaskorlarning sport kulubga kirishlariga va xavaskorlar bilan
musobaqalarda qatnashishlariga yo’l qo’yilmaydigan bo’ladi.
1865 yilda London atletik kulubi tuzilib, u yengil atletika sportini
keng ommalashtira boshlaydi. Bu kulub yengil atletikadan mamlakat
birinchiliklari o‘tkazar va havaskorlik to’g’risidagi nizomga rioya
qilishni nazorat qilib turar edi.
1880 yilda Angliyada havaskorlar yengil atletika assotsiyasi tuzilib,
u Britaniya Imperiyasida yengil atletikadan eng oliy organ xuquqini
oladi. U Anglivadagi, uning dominionlari va koloniyalaridagi barcha
burjua yengil atletika klublarini birlashtiradi. Assotsiatsiya yengil
atletika sportiga umumiy rahbarlik qiladi. Angliya sportchilarini xalqaro
musobaqalarda ishtirok etishga tayyorlaydi.
Farangistonda yengil atletika sport turi sifatida o’tgan asrning 70
yillarida, avvalo xarbiy va grajdanlar lit seylarida rivojlana boshlaydilar,
80 yildan boshlab litseylarda yugurishdan musobaqalar muntazam
o’tkazila boshladi. 80 yillar oxirida Farangiston burjuaziyasi atletik sport
farang jamiyatlarining asotsiyatsiyasini tuzadi.
AQSHda yengil atletikaning rivojlanishi 1868 yildan, NYU-York
atletika klubi tuzilib yengil atletikadan birinchi marta musobaqa
o’tkaziladigan bo’ladi. Tez orada universitetlar yengil atletikaning
taraqqiyot markazi bo’lib qoladi. 1874 yilda Govard universitetida yengil
atletikadan birinchi musobaqa bo’lib o’tadi. 80- yillar oxirida AQSHda
universitetlararo atletika ittifoqi bo’lgan “Amerika havaskorlar yengil
atletikasi milliy asotsiatsiyasi” va mamlakatda yengil atletika rahbar
organi - “Amerika havaskorlar yengil atletikasi ittifoqi” v ujudga keladi.
Germaniyada birinchi yengil atletika musobaqalarini 1888 yilda Berlindagi
kroket va futbol klublari tashkil qilingan edi. Mustaqil yengil atletika klublari esa 90
yillarda paydo bo’ladi. 1898-yilda yengil atletika rahbar tashkiloti - Germaniya yengil
atletika boshqarmasi tuzildi.
Skandinoviya mamlakatlarida yengil atletika mustaqil sport turi sifatida 1887
yilda Shvetsiyada, 1897 yilda Norvegivada va 1906 yilda Finlandivada rasm bo’la
boshladi.
Vengriyada, Polshada, Chexoslavakiyada, Yugoslav iyada va boshqa
markaziy Ovropa mamlakatlarida yengil atletika sporti o’tgan asrning 90
yillarida rivojlana boshladi.
Ko’p mamlakatlarda yengil atletika sport turi sifatida XIX asr
oxirlarida qabul qilindi.
Yengil
atletika
sporti
taraqqiyotida
qadimiy
grek
olimpiya
o’yinlarining 1896 yilda qayta yo’lga qo’yilishi muhim ahamiyatga ega
bo’ldi. Keyinchalik olimpiya o’yinlari sportning eng muhim turlaridan, shu
jumladan yengil atletikadan xalqaro majmuaviy musobaqalar bo’lib qoldi.
1965 yilgacha olimpiya o’yinlari faqat 15 marta o’tkazilgan edi. Harbiy xarakatlar va
boshqa sabablar bilan 1916 yilda Berlinda, 1940 yilda Tokiyoda, 1944 yilda
Xelsinkida o’tkazilishi mo’ljallangan olimpiya o’yinlari bo’lmay qolgan edi.
Olimpiya o’yinlarida yengil atletika musobaqalarining dasturi har doim o’zgarib
kelgan.
1928 yilda Amsterdamdagi IX - olimpiadada birinchi marta ayollar
uchun yengil atletika musobaqalari o’tkazildi. Shundan keyingi barcha
yillarda ham bu musobaqalar o’tkazilib kelindi.
Hozirgi zamon olimpiya o’yinlari 1 marta 1896 yilda Afinada bo’lgan edi.
Yengil atletika musobaqalarida atigi 12 mamlakat vakillari qatnashgan edi. Bu
vo’llarda ko’pchilik atletlarning sport natijalari va mashq bajarish texnikalari past edi.
1912 vilda Stokgolmda (Shvetsiya) bo’lib o’tgan V-Olimpiya o’yinlari yengil atletika
taraqqiyotida muhim bosqich bo’ldi. O’shanda yengil atletikaning ko’p turlaridan
qator yillardan beri o’zgarish kelayotgan jahon va olimpia rekordlari yangilangan edi.
1912 yilda yengil atletikani rivojlantirishga va xalqaro musobaqalar federatsiyasi
(IAAOF) tashkil qilindi. Federatsiyaning maqsadi-federatsiya a'zolari o’rtasida
xamkorlik o’rnatish, ustav va xalqaro musobaqalar o’tkazish qoidasini ishlab
chiqishdan iborat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |