Arifmetik tekshirish
deb o`zaro bog’liq bo`lgan ma`lumotlarni son (raqam)
jihatdan tekshirishga aytiladi. Masalan, savdo bazasidan yil boshlanishidagi tovar
qoldig’iga yil davomida qabul qilingan tovar qiymati qo`shilsa, yil davomida
jo`natilgan mahsulot qiymati kelib chiqadi. Agar bunday balans kelib chiqmasa,
demak, ma`lumotlarda qandaydir xatoga yo`l qo`yilgan bo`ladi.
Statistik kuzatish materiallarini tekshirish va qabul qilish davomida ikki
tipdagi xatolar aniqlanishi mumkin: qayd qilishdagi xatolar va reprezentativ
(vakolatli) xato. Qayd qilishdagi xatolar o`z navbatida tasodifiy va muntazam
xatolarga bo`linadi. Muntazam xatolar ham ikki turda bo`lishi mumkin: bila turib
yo`l qo`yilgan xatolar va bilmasdan yo`l qo`yilgan xatolar (9-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |