1.
O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy maqsadlaridan biri har tomonlama kamol
topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash, uning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan
iborat.
“Biofarmatsiya” fani hozirgi davrning mazkur dolzarb muammosiga qaratishdan iborat.
Ushbu fan mutaxassislik mahoratini egallash, dori vositalarining biofarmatsiyasi bo‘yicha amaliy
va nazariy ko‘nikmalar hosil qilish, dorilar biofarmatsiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni
o‘rganish, dori vositasining sifatini baholash, biosamaradorligini aniqlashdan iborat.
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga e’tiborning tobora yuqoriligi sababli, o‘quv darsliklarni
yangilash va xorijiy o‘quv adabiyotlaridan yanada ko‘proq foydalanishni taqozo etmoqda.
Mazkur fan dasturini tuzishda xorijiy adabiyot ma’lumotlari ham kiritildi. Bu talabalarning
“Biofarmatsiya” fani bo‘yicha olgan bilimlarni yanada mustaxkamlashga yordam beradi.
Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-
4947-son farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 fevraldagi 81- sonli buyrug‘ida
belgilangan vazifalar hamda xorijiy adibiyotlarni tarjima qilish asosida ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda Mustaqil Respublikamizda barkamol, har tomonlama rivojlangan
mutaxassislarni tayyorlash va ularga ta’lim berish jarayoniga o‘qitishning yangi, zamonaviy usul
va vositalaridan samarali foydalanilmoqda. O‘qituvchi bilim olishning yagona manbai bo‘lib
qolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi,
o‘quv jarayonining boshqaruvchisi bo‘lishi lozim.
“Biofarmatsiya” fanining nazariy va amaliy muammolari, o‘qitishdagi innovatsiyalar,
o‘quv dasturi, ma’ruza matnlari, tayyorlanayotgan keyslar, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari
ular asosida ishlab chiqiladigan lokal hujjatlarni har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan
o‘rganish va tahlil etishni dolzarbligidan dalolat beradi.
“Biofarmatsiya” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib, boshqa mutaxassis
fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qiladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda biofarmatsiya haqida nazariy bilim va amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |