Tanlab olingan muhit –
tadqiqot uchun tanlangan muhit yoki sharoit.
Ta'siri uzaytirilgan dori turlari
- organizmda uzoq vaqt davomida dori moddalarni
konsentratsiyasini ta'minlovchi dori turi.
Tenzidlar
- dorilarni so‘rilishini tezlatuvchi SFM guruhi.
Terapevtik indeks —
dori vositalarining terapevtik (davo qilish) kengligi ko‘rsatkichi.
Ularning o‘limga olib keluvchi o‘rtacha miqdori bilan tajribadagi 50% hayvonlarda shifobaxsh
ta’sir etadigan dozasi o‘rtasidagi nisbati.
Tayoqchalar
- yo‘g‘onligi 2-5 mm, uzunligi 10 sm gacha bo‘lgan bir tomoni uchli silindr
shaklidagi yumshoq dori shakli.
Tibbiy gil –
muloyim (plastik) massa, suvni shimib olish xossasi kuchli, issiqlikni yomon
o‘tkazadi; oq gil, sin. kaolin – asosan alyuminiy silikatdan iborat bo‘lib, tabletka, hab dori va
linimentlar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |