Jami
42
III.
GLOSSARIY
Biofarmatsiya –
Organizmga dori preparatini terapevtik ta’sirini turli omillarga
(farmatsevtik, biologik va h.k) bog‘liqligini o‘rganuvchi fan.
Bog‘lovchi modda –
granula va tabletkalar qattiqligini ta’minlovchi modda.
Briket —
diametri 25 mm dan katta, to‘rtburchak yoki dumaloq shakldagi tabletka.
Talqonlar va maydalangan dorivor o‘simlik xom ashyolarini taxtakach (press)lab olinadi.
Briketlar dozalarga bo‘lingan bo‘lib, uy sharoitida damlama va qaynatma tayyorlash uchun
ishlatiladi.
Granula –
og’iz orqali qabul qilishga mo‘ljallangan bir hil dumaloq, silindrsimon yoki
noto‘g’ri shakldagi donachalar (kattaligi 0,2 mm) bo‘lib, ofitsinal qattiq dori shakllari guruhiga
kiradi. Veterinariyada ishlatiladigan granulalar o‘lchami 0,2-3 mm bo‘ladi. Ular korxonalarda
tayyorlanadi.
Granulalash –
qattiq dori turlarini tayyorlashda ishlatiladigan kukunsimon materialni
ma’lum bir o‘lchamdagi donachalar (granulalar)ga aylantirish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |