3
Dermatologik polimer pardalar
Dermatologik polimer paradalar mahalliy ta’sirga ega bo‘lib, turli teri kasalliklarni:
yaralar, yallig‘lanishlar, kuygan terini davolashga mo‘ljallangan.
Misol sifatida tarkibida chakanda moyini saqlovchi kollagen asosida tayyorlangan "Oblekol"
pardasini keltirish mumkin.
“Oblekol” polimer pardasining katta kichikligi 5 x 5 sm yoki 10 x 10 sm ega bo‘lib, yara
ustiga yopishritirilganda o‘zidan yara sathiga sekin-asta bir xil miqdorda ta’sir etuvchi moddani
ajratib turadi. Undan tashqari, yarani mikroblardan ham himoya qiladi.
Kollagen bu tabiiy polimer bo‘lgaligi uchun, 2-3 kundan so‘ng o‘zi teri fermentlari bilan
parchalanadi.
Argotec developed ArgoMedPLUS kompaniyasi tomonidan poliuretan asosida elastik ,
suv va havoni o‘tkazuvchan xususiyatga ega bo‘lgan polimer pardalar yaratilgan . Ular
zamonaviy bog‘lovchi vosita sifatida hamda yara va jarohatlarni antimikrob moddalar bilan
ta’minlash uchun samarali vosita sifatida taklif etilgan.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |