Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Uslubiy  ta’minot  va  mashg‘ulot  jihozlanishi



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

Uslubiy  ta’minot  va  mashg‘ulot  jihozlanishi:
  mavzuga  oid  tarqatma  materiallar,  uslubiy 
qo‘llanma, adabiyotlar, ma’ruza matni, internet ma’lumotlari, mavzu bo‘yicha prezentatsiya. 
Asosiy matn 
Markaziy  Osiyo  Respublikalarida  XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab,  ekologik 


196 
 
muvozanatning  buzila  boshlashi,  qolaversa  Orol  fojeasi,  qishloq  xo‘jaligining  turli  sohalarida, 
uzoq  yillar  davomida  zaharli,  kimyoviy  moddalarni  nazoratsiz  foydalanish  ayrim  kasalliklarni 
keskin  ko‘payishiga  olib  keldi.  Xususan  qandli  diabet,  allergiya,  bo‘qoq,  jigar,  buyrak  va 
kamqonlik kabi kasalliklar bilan kasallangan bemorlarning soni ko‘payib, dori darmonga bo‘lgan 
ehtiyoj  yil  sayin  oshib  ketdi.  Respublikada  dori  ta’minotini  yaxshilash  usullaridan  biri,  shu 
sohadagi  mutaxassislarning  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  jadallashtirish,  ularni  aniq  maqsad  sari 
yo‘naltirish, dorishunos, farmakolog va kimyogarlarning o‘zaro hamkorligini kengaytirishdir. Bu 
muammoni  hal  qilishning  yana  bir  yo‘li,  mahalliy  xom  ashyolardan  oqilona  foydalanib,  yangi 
dori  turlarini  yaratish  va  amaliyotga  tatbiq  etishdir.  O‘zbekiston  Markaziy  Osiyo  davlatlari 
orasida  dorivor  giyohlarga  boy  mintaqa  hisoblanadi.  Bu  giyohlar  zaxirasini  asrab  avaylagan 
holda foydalanish, ulardan biofaol moddalarni ajratib olib o‘rganish va amaliyotga tatbiq qilish 
mutaxassislar  oldida  turgan  jiddiy  masalalardan  hisoblanadi.  Shulardan  kelib  chiqqan  holda 
mahalliy  dorivor o‘simlik xom ashyolaridan olingan quruq  ekstraktlar va sun’iy usulda olingan 
biofaol  moddalardan  tabletka  dori  turini  yaratish,  tayyor  mahsulotning  miqdoriy  tahlil  usulini 
ishlab  chiqish,  ularni  biofarmatsevtik  nuqtai  nazaridan  baholash  farmatsevtik  texnologiyaning 
ustuvor yo‘nalishlaridandir. 
Biofarmatsiyaning asosiy vazifasi dorilarning biosamaradorligini oshirish, shu bilan birga 
ularning  zaharliligini  va  qo‘shimcha  ta’sirini  kamaytirishdir.  Dorilarning  biosamaradorligiga 
fiziologik, biokimyoviy va farmatsevtik omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan biz uchun eng muhimi 
farmatsevtik  omillardir.  Ularga  dorishunos  bevosita  ta’sir  ko‘rsata  olishi  mumkin.  Hozirgi 
vaqtda  biofarmatsevtik  tadqiqotlar  bir  necha  yo‘nalishda  olib  boriladi.  Ular  farmatsevtik 
omillarning  ta’sirini,  dorilarning  so‘rilishini  va  harakatlanishini,  biotransformatsiyasini,  faol 
substansiyalarining  organizmda  taqsimlanishini  va  ajralib  chiqishini,  preparatlarni  biologik 
o‘zlashtirish imkoniyatlarini va ularni aniqlash usullarini ishlab chiqishni, hamda preparatlarning 
farmakokinetikasini,  ya’ni  qonda  yoki  boshqa  suyuqliklardagi  miqdorini  aniqlash  usullarini 
o‘rganadi. 
 
“Farmatsevtik omillar” tushunchasi  preparatlarni tayyorlashdagi  barcha jarayonlarni o‘z 
ichiga olmasdan, faqat faol substansiyaning terapevtik faolligiga ta’siri aniqlangan omillarnigina 
o‘z ichiga oladi. Farmatsevtik omillar orasida yordamchi moddalar, ularning tabiati va miqdori, 
faol substansiyaga ko‘rsatadigan ta’sirining murakkabligi va muhimligi jihatidan qolgan barcha 
omillardan  ajralib  turadi.  Deyarli  barcha  preaparatlarning  tarkibida  yordamchi  moddalarning 
mavjudligi,  ularning  naqadar  muhimligidan  dalolatdir.  Yordamchi  moddalar  biofaol 
moddalarning  o‘ziga  xos  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  u  bilan  doim  aloqada  bo‘ladi.  Preparatlarning 
qo‘llanilishida yordamchi moddalar faol substansiya – organizm tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Ular  faol  substansiya  ta’sirini  pasaytirishi,  susaytirishi  yoki  turli  sabablarga  ko‘ra  uni 
o‘zgartirishi  mumkin.  Masalan,  amfetaminning  tabletkasi,  draje,  granula,  suspenziya  yoki 
qiyomini  tayyorlashda  yordamchi  modda  sifatida  karboksimetilsellyuloza  qo‘llanilsa 
preparatning so‘rilishi butunlay yo‘qoladi. Shunday xodisani yordamchi modda sifatida tarkibiga 
jelatin qo‘shilgan sulfadimezin tabletkasida ham ko‘rish mumkin. 
 
Bularning  hammasi  yordamchi  modda  turi,  miqdori,  kiritish  usuli  faol  substansiyaning 
faollik darajasi va biosamaradorligiga ta’sir etishini ko‘rsatadi. Yordamchi moddalarning biofaol 
moddalar  so‘rilishiga  ta’siri  nafaqat  tabletkalarda,  shuningdek  turli  farmakologik  guruhlarga 
mansub faol substansiya saqlovchi shamcha, surtma va eritmalarda ham o‘rganilgan. 
 
Demak,  har  bir  faol  substansiya  uchun  ishlatiladigan  yordamchi  modda  biofarmatsevtik 
nuqtai nazaridan baholangan bo‘lmog‘i lozim. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish