Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi:
mavzuga oid tarqatma materiallar, uslubiy
qo‘llanma, adabiyotlar, ma’ruza matni, internet ma’lumotlari, mavzu bo‘yicha prezentatsiya.
Asosiy matn
Shamcha dori turlari alohida va sistemali ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi biofarmatsevtik nuqtai
nazardan ahamiyatli hisoblanadi. Rektal yo‘l bilan suppozitoriylardan tashqari surtmalar,
klizmalar, turli tamponlar, ko‘piklar, kapsulalar va boshqalar organizmga yuboriladi. To‘g‘ri
ichak shillig‘i muhitining pH ko‘rsatkichi 7,6-7,9 ga teng. Shamollash davrida esa bu ko‘rsatkich
6,3-6,6 ga teng bo‘ladi. Shu sababli dori vositasi bu erga tushganida muhitni o‘zgartirib
yuborishi mumkinligini unutmaslik lozim bo‘ladi. Yuqoridagi hollarda dori vositasining to‘g‘ri
taqsimlanishi va so‘rilishini boshqarish uchun kerakli choralar ko‘rilishi talab etiladi.
Shamcha dori vositalari tarkibiga kirgan dorivor moddalar ichak shilliq suyuqligi bilan o‘zaro
ta’sirga uchrab yuza tarangligini pasaytiradi va bu bilan ichakdagi to‘qimalar o‘tkazuvchanligini
oshiradi. Shamcha dori vositalarining absorbsiyasi asosan to‘g‘ri ichakning yuqorigi qismi
hisoblanadi va bu o‘z navbatida dori moddasining qon oqimiga tushishini va bir qismi jigardan
o‘tishini bildiradi. Shamcha dori preparatining absorbsiyasi natijasida birinchi fazada jigarga
atigi 20% tushadi. Shamcha dori turlari tarkibiga emulgatorlarning qo‘shilishi bilan
absorbsiyalanuvchi vositalar miqdori 45% gacha ortishi mumkin. Barcha dori preparatlari kabi
shamcha dori preparatlarida ham absorbsiya jarayoniga dori moddasining eruvchanligi, uning
molekulasining o‘lchami, zarrachalar o‘lchami, dori vositalarining asos bilan o‘zaro ta’siri
kabilar ta’sir ko‘rsatadi.
Agarda asos suvda erimasa undagi dori vositasi diffuziya orqali absorbsiyaga uchraydi. Agarda
asos suvda erisa, absorbsiya erish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Shamcha dori preparatlarini biologik
samaradorligini asoslash qiyin bo‘lishiga qaramasdan, asosga qarab shularni aytish mumkin:
agar dori vositasi suvda qancha yaxshi erisa uning so‘rilishi shuncha tez bo‘ladi. Shamcha
dorilar so‘rilishida rektal suyuqlik konsentratsiyasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Konsentratsiya qancha yuqori bo‘lsa membrana orqali dori vositasining o‘tishi shuncha tez
bo‘ladi. Shamchalar muayyan tarkibini tanlashda asos miqdori va tabiati, yordamchi moddalar va
dori vositasi xususiyatlari, texnologik jarayon kabilar ahamiyatli hisoblanadi. Asosning
strukturaviy – mexanik xossalarini yaxshilash maqsadida asosga alyuminiy stearat, magniy
stearat va boshqa moyli kislotalarning tuzlari qo‘shiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |