Ishni bajarish tartibi
Agar gelini tayyorlash texnologiyasi
1.
Agar gelini 2% konsentratsiyasi oldindan tarirlangan va og‘zi mahkam berkitiladigan shisha
stakanda tayyorlanadi. Maydalangan agarga (DSt 6470-53) tozalangan suv solinadi va 30
daq. bo‘ktirish uchun qoldiriladi. Bo‘kkan agarni qaynatish darajasigacha isitib, iliq agar
geliga 5% Erlix reaktivi qo‘shiladi.
2.
Tayyor agar gelni Petri kosachalariga (diametri 98-100 mm, balandligi 20 mm) ikki
porsiyadan 10-15 ml dan quyib chiqiladi. Birinchi porsiyasi sovugandan so‘ng, har bir agarli
kosachani ustiga zanglamaydigan qo‘rg‘oshindan yoki shishadan tayyorlangan uchta silindr
qo‘yiladi va ikkinchi qavat agar quyiladi. Agarli gel sovugandan so‘ng, silindrlar sekin
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |