3. Poroshoklarni tayyorlash texnologiyasida asosiy bosqichlarni aniqlang? a) maydalash;
b) triturat tayyorlash;
v) elash;
g) donadorlash;
4. Quyidagi sifat ko‘rsatkichlardan qaysi biri poroshoklarda baholanmaydi? a) chinligi;
b) tashqi ko‘rinishi;
v) qoldiq namlik va quruq qoldiq;
g) ta’sir etuvchi moddaning miqdori.
5. 1,0 g kamfora bilan poroshok tayyorlashda 90% etanoldan necha tomchi olinadi? a) 10 tomchi;
b) 2 tomchi;
v) 15 tomchi;
g) 5 tomchi.
6. Efir moylari bilan tayyorlangan poroshoklar qanday kapsulaga o‘raladi? a) pergament;
b) oddiy;
v) mumlangan;
93
g) jelatina.
7. Magniy oksid qanday modda hisoblanadi? a) to‘zg‘uvchi modda;
b) bo‘yovchi modda;
v) zaharli modda;
g) qiyin maydalanuvchi modda.