Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

 Rezorbsiyaning  ketma-ketligi  va  tezligi  turli  xil  omillar  bilan  aniqlanadi:  dori 
preparatlarini  ovqatgacha  yoki  ovqatdan  keyin  qabul  qilinuvchi  vaqti,  ovqat  turi,  ichilayotgan 
suyuqlikning  miqdori  va  xarakteri,  kunning  qaysi  vaqti,  shilliq  suyuqlikning  fiziologik  holati, 
dori vositalarning kimyoviy va fizik-kimyoviy xarakteristikasi va boshqalar. 
Tanlangan rezorbsiya fenomeni professor A.I.Tensova ilmiy tadqiqotlarida batafsil ochib 
berilgan bo‘lib, unda kalsiy xloridning so‘rilish tezligiga korregirlovchi moddalar (olcha qiyomi, 
limon kislotasi, malina essensiyasi kabilar )ta’siri o‘rganilgan. 
         Ayrim  vaqtlarda  ma’lum  bir    kompozitsion  tarkibda  yordamchi  moddalar  biofaol  
moddalarga, biofaol ingridientlar - yordamchi moddalarga aylanadi. 
Masalan,  mannit  tabletka  dori  turlarida  to‘ldiruvchi,    suyuq  dori  shaklida  esa 
yumshatuvchi vazifasini bajaradi. Uretan, antipirin, xinin kabi biofaol moddalar esa farmakinetik 
darajasini o‘zgartirgan holda dori modalarin turlarini solyubilizatsiya qilish va ta’sirini uzaytirish 
maqsadida qo‘llaniladi. 
Dori  preparatlarida  biofaol  moddalar  bilan  yordamchi  moddalar  o‘rtasida  aniq  chegara 
qo‘yish  mumkin  emas,  shuning  uchun  zamonaviy  farmatsiyada  yangi  dori  vositalarini 
yaratayotganda quyidagi talabni oldinga olib chiqmoqda: 
dorilarning terapevtik samaradorligiga 
yordamchi  moddalarnig  ta’sir  etish  darajasini  aniqlash
.  Boshqacha  aytganda,  yordamchi 
moddalar  ko‘r-ko‘rona  emas,  balki  aniq  (konkret)  individual  substansiya  bilan  qo‘llanilishi 
kerak. 
 Yordamchi  moddalarning  asoslanmay  qo‘lanilishi  davolanish  effektining  pasayishi, 
zo‘riqishi,  o‘zgarishiga  yoki  dori  moddalarining  davolanish  faoliyatini  batamom  yo‘qolishiga 
olib kelishi mumkin. 
Yordamchi  moddalarning  dori  vositasining  terapevtik  faolligiga  ta’sirini  adabiyotlarda 
juda ko‘p misollar bilan keltirilgan. Masalan, laktoza izoniazidning faoliyatini  minimumga olib 
keladi,  lekin  testosteronning  faoliyatini  kuchaytiradi,  barbitalnig  faolitiyatini  sekinlashtiradi. 
Tvin-80 A, D, E vitaminlarining absorbsiyalanishini kuchaytiradi. 
Yordamchi  moddalar  terapevtik  ta’sirni  nafaqat  kuchaytira  oladi,  balki  dori 


87 
 
moddalarining rezorbsiyalanish yo‘lini to‘sib terapevtik faoliyatini ham kamaytiradi. 
Yordamchi  moddalarning  ta’siri  o‘rganilayotgan  ishlarda  surtma  va  shamcha  asoslariga 
alohida  e’tibor  qaratiladi.  Professor  I.S.Axgixin  natriy  salitsilati,  atsetilsalitsil  kislotasi, 
norsulfazol, efedrin  gidroxloridi, teturam, izoniazid, PASK, ftivazid, furazolidon, butadion kabi 
shamchalarda  farmokinetikaga  asoslarning  turi  ta’sirini  o‘rgangan.  Hattoki,  asosga  ozgina 
miqdorda dimetilsulfoksid (DMSO) kiritilishi ta’sir etuvchi moddalarning absorbsiya tezligining 
birdaniga oshishiga olib kelgan. 
Yangi  asoslarning  ishlab  chiqarish  tufayli  surtmalarning  terapevtik  ta’siri  haqidagi 
tassavurlar  o‘zgardi.  Emulsiya  tipidagi  asoslarning  qo‘llanilishi  dori  moddalarning  teri  orqali 
nisbatan  oson  diffuziyasini  ta’minlaydi  va  dori  moddalarining  yog‘li  va  suvli  fazaga  kiritilish 
imkoniyatini oshiradi. 
Masalan, oqsil preparatlari, gelsimon tuzilishli, YUMB eritmaari oshqozon-ichak traktida 
dori moddalarning rezobsiyasini qiyinlashtiradi (almagel). 
Vazelinda tayyorlangan surtmalar faqat teri  yuzasida ta’sir ko‘rsatadi, vazelin teri orqali 
yomon  so‘riladi va  o‘z navbatida dori moddalarining so‘rilishiga ta’sir ko‘rsatadi  (sulfanilamid 
surtmalari, fenollar, antibiotiklar va boshqalar). 
Vazelin-lanolin  asosini  polietilenglikol  bilan  almashtirilishi  “Levosin”  surtmasini 
antimikrob ta’sirini 20-80 marotabaga oshirish imkoniyatini berdi. Bu surtmada, G.S.Bashur va 
V.I.Bagdanov  tomonidan  levomitsetinga  polietilenglikol-400ning  (PEG-400)  potensiyalovchi 
effektidan qo‘llanilganligi kashf etilgan. Levometsitinning PEG-400da erishi tufayli unga har xil 
mikroorganizmlarning  sezgirligi  oshadi  (Vuda  stafilokoklar  va  sena  tayoqchalari  62  martaga, 
patogen ichak tayoqchalari va dizenteriya bakteriyalari - 8 martaga). 
Penitsillindan tashqari boshqa antibiotiklarning antimikrob ta’siri spektri shunga o‘xshash 
asoslar qo‘llanilganda oshadi. 
Yordamchi  moddalarning  biofarmatsevtik  va  farmakokinetik  ko‘rsatkichlari  dori 
moddalarning 
hamma 
gamma 
farmakologik 
xususiyatlarini 
ta’minlashi 
kerak, 
farmakoterapiyaning  zamonaviy  talablariga  javob  berishi  uchun.  Yordamchi  moddalarning 
asosiy  ahamiyati  dori  moddalarning  farmakinetik  modifikatsiyasiga  va  shundan  so‘ng 
tuzilishining shakllanishiga olib keladi. 
Biofarmatsiya  va  farmakokinetika  nuqtai  nazaridan  yordamchi  moddalarga  bunday 
yondashuv  dori  moddalarining  faoliyatining  selektivligini  katta  darajada  ta’minlash  imkonini 
beradi va dorilarning nojo‘ya ta’sirini kamaytiradi yoki butunlay yo‘qotadi. Boshqacha aytganda, 
yordamchi moddalarni ilmiy asoslab ishlatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Yordamchi  moddalarning  tanlanishi  ilmiy  va  ratsional  asos  (iqtisodiy,  estetik  va 
boshqalar)da 
o‘tkaziladi,  ya’ni  ularning  funksional  tayinlanishi,  biosamaradorligini 
ta’minlanishi, texnologik tavsifi va xususiyati, tejamkorligi va samaradorligi ko‘rib chiqiladi. 
 Shunday  qilib,  dori  va  yordamchi  moddalarning  xossalarining  turlicha  ekanligi  va  ular 
assortimentlarining tezda o‘sishi mutaxassisning har qanday yordamchi moddalarning universal, 
har qanday dori moddalari bilan ishlatilishiga aylanish harakatidan voz kechishiga majburlaydi.  

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish