27
III BOB. TIJORAT BANKLARINING LIZING OPERATSIYALARI
3.1 Lizing operatsiyalari moxiyati va huquqiy asoslari
«Boylik mulkka egalik qilishda emas,
balki undan samarali foydalanishdadir».
(Aristotel)
Yuqorida keltirilgan fikr orqali Aristotel birinchi bo’lib lizing g’oyasini
yaratgan. Lizingning rivojlanish bosqichi XIX asrning II yarmi va XX asrning
dastlabki yillaridan boshlangan. Xozirgi kunda lizingga turlicha ta’riflar berilgan.
Jumladan: Yevropa Federatsiyasining lizing buyicha milliy assotsiyatsiyasi
tomonidan lizingga quyidagicha ta’rif berilgan: «Lizing – bu ijarachilarning ishlab
chikarish maqsadida zavod, sanoat tovarlari, uskunalar va quzgalmas mulklardan
foydalanish bo’yicha ijara shartnomasi bo’lib, bunda mazkur tovarlar ijara beruvchi
tomonidan sotib olinib, u mulkka bulgan egalik qilish huquqini beradi.»
Lizing bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir taraf (lizing oluvchi)ning
topshirig’iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi)dan lizing shartnomasiga
muvofiq lizing ob’ekti bo’lgan mulkni o’z mulki qilib sotib olib, uni lizing oluvchiga
haq evaziga lizing shartnomasida belgilangan shart bilan vaqtinchalik foydalanish,
egalik qilish uchun hamda shart tugagandan so’ng lizing ob’ektini sotib olish huquqi
bilan beradigan mulkiy munosabatlar majmuasidir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri iqtisodiyotida O'zbekistonda tadbirkorlik
faoliyatini tezkor sur’atlar bilan rivojlantirish , bir tomondan zamonviy uskuna
va texnologiyalarni qo’llashni , ikkinchi tomondan esa zarur bo’lgan moliyaviy
resurslarni izlab topishni talab etadi. Zamonaviy yangi texnika ,uskuna va
texnologiyalar ishlab chiqaruvchilar ,moliyaviy resurslarga ega bo’lgan va bu
mablag’larni samarali ishlatish maksadlarida faoliyat yurituvchilar hamda
tadbirkorlik faoliyati soxiblari o’zaro manfaatli munosabatlarni yo’lga qo’yishida
lizin juda ham qo’l keladi.
Lizingning oddiy ijaradan farqi shundaki, lizingda ijaraga berilgan asbob
uskunalar shartnoma muddati tugagandan so’ng ularni qoldiq qiymat bo’yicha sotib
olish ko’zda tutiladi.
Lizing muomalalarining turlaribir necha bo’lib, amalda ularning ikki turi
nisbatan ko’proq qo’llanadi.Ular:
operativ
moliyaviy
Lizing iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni, uning muxim tarmoqlari
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jixatdan faol davom
ettirish,ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ichki istemol va
maxalliy ishlab chiqarishni rag’batlantirish, ekport qiluvchi korxonalarni, kichik
biznes va hususiy tadbirkorlik subektlarini xar tomonlama qo’llab quvvatlash hamda
zamonaviy taxnika taxnologiyalarni jalb etishning eng samarali usullaridan biri
hisoblanadi.
28
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, Evropaning rivojlangan davlatlarida
lizingning YaIM dagi ulushi sezilarli darajada bo’lib, bir yillik asosiy vositalarga
qilingan jami investitsiyalarning o’rtacha 12.5 foizi lizing hisobiga to’g’ri keladi.
AQSH, Yaponiya, EI mamlakatlarida lizing kech muomalaga kirib kelganiga
qaramasdan, jadal rivojlangan. Buning asosiy sabablari hukumat tomonidan berilgan
bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalari hisoblanadi.
Ushbu istiqbolli soxani rivojlantirish maqsadida respublikamiz xukumati
tomonidan muxim chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Jumladan , O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2002 yil avgust oyida chikarilgan «Lizing faoliyatini
rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora -tadbirlari to'g'risida» gi Farmoni ,
lizing sektorining rivojlanishini murakkablashtiradigan soliq to’siklarini bartaraf
etdi. 2004 yil 26 aprelda «Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirsh chora-tadbirlari
to'g'risida» qarorning qabul qilinishi esa, lizing oluvchilarga soliqqa tortish
maqsadlarida jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llash imkonini berdi.
Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan lizing operatsiyalarining
huquqiy asoslari:
1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining 587-599 – moddalari;
O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apreldagi «Lizing
to‘g‘risida»gi qonuni;
2001 yil 1 fevraldan kuchga kirgan «Xalkaro moliyaviy lizing
to'g'risida»gi Konvensiya;
«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonunning 4-moddasida
Tijorat banklariga mazkur faoliyat turi bilan shug’ullanishga ruxsat
berilgan;
Markaziy
bankning
«O‘zbekiston Respublikasi banklari
tomonidan moliyaviy lizingni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom va
boshqalardir.
Respublikamizda qabul qilingan ushbu huquqiy asoslarda, lizing operatsiyalarini
amalga oshirishda bir qator imtiyoz va preferansiyalar berilganligini hisobga olsak,
lizing amaliyotiga jadaj o’sish kuzatilmoqda.
Biz quyida liizing xizmatlari xajmining o’sishini YaIM o’sishi bilan
taqqoslash imkoniga egamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: