2.Discomycetidae
(Diskomisetlar) tartib guruhiga kiruvchi zamburuglarning meva tanalari
apotesiylardan iborat. Apotesiylar stromalarda yoki substratni o‘zida, uning ichki qismida yoki
ustida joylashgan bo‘ladi. Bu tartib guruhi 2 ta tartibga bo‘linadi.
1.Phacidiales. 2.Helotiales
1. Phacidiales
tartibiga kiruvchi zamburuglarning apotesiylari substratda yoki stromada
hosil bo‘ladi. Apotesiyalari uzunchoq yoki dumaloq shaklda bo‘lib, sporalar yetilganda
yulduzchasimon holida yoriladi. Bu tartibga 1 ta
Phacidiaseae
oilasi kiradi. Oila esa bir nechta
avlodi o‘z ichiga oladi.
1. Lophodermium
(Lofodermium) avlodi vakillari substratni ichida joylashgan bo‘lib,
uzunchoq apotesiyalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |