Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


Zamburug‘larning sistematikasi



Download 258,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/120
Sana14.01.2022
Hajmi258,74 Kb.
#362147
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120
Bog'liq
Microbiology

Zamburug‘larning sistematikasi.

 Hozirgi zamonda  zamburug‘lar 2 guruhga va 6ta sinfga 

bo‘linadi.Tuban zambruglarga va yuksak zamburuglarga bo‘linadi. 

Tuban

 zamburuglarning tanasi yalongoch sitoplazmadan, ameboiddan yoki bir xujayrali 

miseliydan iborat. 

Yuksak 

zamburuglarning tanasi ko‘p xo‘jayrali miseliydan iborat. 

Tuban zamburuglar uchta evolyusion gruppaga bo‘linadi: 

1.

 



Bir xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar. 

2.

 



Ikki xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar. 

3.

 



Xivchinsiz va xaraktsiz spora hosil qiluvchi organizmlar 

Tuban zamburuglarga 3 ta sinf kiradi: 

1.

 

Xitridiomisetlar 



2.

 

Oomisetlar 



3.

 

Zigomisetlar 



Yuksak zamburuglarga ham 3 ta sinf kiradi: 

1.

 



Askomisetlar 

2.

 



Bizidiomisetlar 

3.

 



Deutromisetlar 


Xitridiomisetlar sinfi. 

Bu sinfga juda soda tuzilgan zamburuglar kiradi. Bu zamburuglar vegetativ tanasi ameboidan 

iborat. Ameboid spora hosil qilishdan oldin po‘stloq  bilan qoplanadi. 

Ularning ko‘payishi zoosporalar orqali o‘tadi. Zoosporalar dumaloq va bitta uzun xivchinli 

bo‘ladi. Vegetatsiya davrida ameboid xo‘jayin o‘simlik xujayrasida yashaydi. Ameboidda bir 

xivchinli zoosporalar hosil bo‘ladi. Zoosporalar tashqariga chiqib o‘simlikni zararlaydi. 

Vegetatsiya oxirida xo‘jayin o‘simlikning zararlangan xujayralarida tinchlik davrini kechiradigan 

sporalar hosil bo‘ladi sistalar. Ular turli yo‘llar Bilan hosil bo‘ladi. 

Ayrim holda ameboid mayda sporalarga bo‘linadi, ayrim holda ameboid qalin po‘stloq Bilan 

qoplanadi va sistaga aylanadi (kartoshka). Sista jinsiy protsess natijasida kelib chiqadi.  

 

Tinchlik davrini o‘tgan sistani yadrosi reduksion bo‘linadi va hosil bo‘lgan zigota o‘sib 



gaploid zoosporangilarni hosil qiladi. 

Zoosporangiylardan chiqqan zoosporalar Yana o‘simlikni zararlaydilar. 

 

 

Xitridiomisetlar – obligat parazitlar. Ular rivojlanayotgan yosh organ va to‘qimalarni 



zararlaydi va o‘simlikda uning to‘qimalarni keskin o‘sib ketishiga olib keladi (gipertrofiya). 

Bu sinfga kiruvchi zamburuglar 3 ta tartibga bo‘linadi: 

a.tartib:Plazmodioforalilar. 

Bu tartibga kiruvchi zamburuglarning vegetativ tanasi o‘simlikni zararlangan xujayrasida hosil 

bo‘ladigan ameboidan iborat. 

Ameboid yetilgandan so‘ng tinchlik davrini kechiruvchi sporalarga sistaga bo‘linadi. 

Bu tartib bitta oiladan Plazmodioforatsiya va 2 ta Plazmodiofora va Spongospora avlodlaridan 

iborat. 


1.Plasmodiophora avlodi – bu avlodga kiruvchi zamburuglarning tinchlik davrini kechiruvchi 

sporalar xujayin o‘simlikni xujayralarida erkin joylashgan. Plasmodiophara brassicae – karamda 

kila kasalligini keltiradi. 

 

Kasallangan o‘simliklarning ildizlarida shishlar hosil bo‘ladi (gipertoniya). 



Spongospora – avlod – bu avlod kiruvchi zamburuglarning tinchlik davrini kechiruvchi sporalar 

zararlangan xujayralarda yopishgan holda bo‘ladi. 

Avlod vakili - Spongospora subtiraniae (kartoshkada parsha) kasalligini hosil qiladi. Bu zamburug‘ 

o‘simlikning yer osti qismini zararlab, tuganaklarida, ildizlarida qo‘shimcha ildizlar g‘adir – budur 

shishlar hosil qiladi. 


Download 258,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish