5.3. Hujjatlarning aylanishi
Xo‘jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon so
dir etilishiga asos b o lu v c h i hujjatlar bir necha m as’ul shaxslar-
da, bolim larda, korxonalarda harakatda b o la d i va o ‘z m o lja li
b o ‘yicha xizmat qilib b o lg an id an so ‘ng, belgilangan tartibda arx-
ivga topshiriladi, y a’ni hujjat aylanishi sodir b o la d i. Demak, huj
jatlarning aylanishi birlamchi hujjatlar tuzilib, ulam i qayta ishlab
va umumlashtirib, guruhlashdan so‘ng, arxivga topshirilgungacha
b o lg a n harakatidir.
Buxgalteriya hisobining har bir obyekti hujjatlari alohida ayl-
anish tizimiga ega. M asalan, kassa hujjatlarining aylanishi kirim-
117
chiqim orderlari hujjatlarini rasmiylashtirishdan boshlanib, to kas-
siming hisoboti va moliyaviy hisobotgacha boradi.
Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan
o ‘tishi kerak. Hujjatni tekshirishda quyidagilam i e ’tiborga olish
kerak bo‘ladi.
Shakl nuqtayi nazaridan (hujjat to ‘g ‘ri toMdirilganligi, hamma
rekvizitlar mavjudligi, to ‘liqligi).
Mazmun nuqtayi nazaridan (hujjatlashtirilayotgan jarayon qo-
nuniyligi, iqtisodiy mazmunga ega ekanligi, alohida k o ‘rsatkichlar
mantiqiy bog‘liqligi, arifmetik xatolar y o ‘qligi).
Iqtisodiy mantiqsiz, qonunga xilof jarayonlar aks ettirilgan hu
jjatlar rasmiylashtirishga va jarayonning bajarilishiga qabul qilin-
maydi. Bunday hujjatlar tegishli qaror qabul qilish uchun korxona
boshqarma buxgalteriyalariga topshirilishi shart.
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi
lozim. Bu bilan hujjatni yana qayta ishlashning oldi olinadi. Agar
hujjat q o ‘lda qayta ishlansa, hisob registriga yozilgan muddati,
agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali am alga oshirilsa, ular-
ni ishlashga javobgar nazoratchi tomonidan shtamp orqali belgi
q o ‘yiladi.
Kassa jarayonlariga asos b o iu v c h i kassa kirim va chiqim or-
derlariga, to ‘lov vedomostlariga jarayon amalga oshirilgan zahoti
q o ‘lda yoki shtampda «olindi» yoki « to lan d i» degan so‘zlar mud-
datni (kun, oy, yil) ko‘rsatib aks ettirilishi shart.
Buxgalteriya hisobida hujjatlar harakati, y a’ni tashkil etish yo
ki boshqa korxona, tashkilot va m uassasalardan hisobga, qayta ish
lashga, arxivga uzatish uchun olinishi ro ‘yxat bilan tartibga soli-
nadi.
Hujjat aylanishi ro‘yxatining tuzish ishlarini bosh buxgalter
tashkil etadi va hujjat aylanishi ro ‘yxati korxona rahbari tom oni
dan tasdiqlanadi. Ro‘yxatni tuzishdan m aqsad hisob ishlarini os-
onlashtirish va hujjat aylanishini oqilona tashkil etishdan iborat.
Hujjat aylanishining ro ‘yxati sxema k o ‘rinishida rasmiylashtirili-
118
shi mumkin. Yoki jadval k o ‘rinishida b o iib , quyidagi rekvizitlar-
ga ega b oiad i:
hujjatning nomi;
hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi m as’ul, bajaril-
ishga m as’ul, bajarilish muddati);
hujjatni tekshirish (tekshirishga m as’ul, keltiruvchi shaxs,
keltirish tartibi, keltirish muddati);
hujjatni qayta ishlash (bajaruvchi shaxs, qayta ishlash m udda
ti);
arxivga berish (arxivga beruvchi shaxs, berish muddati);
ro ‘yxatni tasdiqlash b uy rug in in g tartib raqami va muddati;
korxona muhri, korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi.
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro ‘yxatiga asosan, ular
faoliyatiga taalluqli hujjatlarni tuzadi va taqdim etadi. Hujjatning
o ‘z vaqtida to ‘g ‘ri to id irilish i, belgilangan muddatda taqdim etili-
shi, ulardagi m a’lum otlam ing ishonchliligiga javobgarlik shu hujj
atni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi.
Korxona b o ‘yicha hujjat aylanishining ro ‘yxati asosida ishlarn-
ing o ‘z vaqtida bajarilishini bosh buxgalter nazorat qilib boradi.
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va
balanslari arxivga topshirilishi majburiydir. Hujjatlar arxivga top-
shirilgunga qadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki korxona rah
bari tayinlagan moddiy javobgar shaxs m as’ulligida berkitiladigan
shkaflarda saqlanadi.
Q at’iy
hisobdagi
blankalar
esa
ularning
saqlanishini
ta ’minlaydigan seyflarda, metall shkaflarda, maxsus binolarda
saqlanadi. Aniq bir hisob vedom ostiga taalluqli, joriy oyda qayta
ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda y ig llib , arxivga
m a’lumotnoma bilan topshiriladi.
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank k o ‘chirmalari
ular ilovalari bilan birga xronologik tartibda y ig ila d i va taxtlanadi.
B a’zi bir hujjatlar taxtlanmasligi mumkin, ammo ulam i yo‘qotish
yoki suiste’mollikning oldini olish m aqsadida tikib q o ‘yiladi. Kor-
119
xona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va hisobotlami
saqlash tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmas-
ining materiallami saqlash ko‘rsatmasiga k o ‘ra o ‘matiladi.
Hujjatlam ing buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq
xodim lariga berilishi korxona bosh buxgalteriya ruxsati bilan amal
ga oshiriladi. Korxonadan hujjatlami faqat ayrim hodisalami an
iqlash maqsadida dastlabki tergov, prokuratura va sud tashkilotlari
tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan hollardagi qaror-
lariga asosan olinishi mumkin. Hujjat olinishi bayonnom a bilan
rasmiylashtirilib, bir nusxasi korxonaning tegishli m as’ul xodimi-
ga imzo bilan beriladi. Hujjatni olgan tashkilotning ruxsati va vaki-
li ishtirokida tegishli m as’ul xodim olingan hujjatdan nusxa olishi
mumkin. Unda asos va olingan muddat k o ‘rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |